Sistema aniqligiga qo‘yilgan talab asosida berilgan struktur sxema uchun kuchaytirgichning kerakli uzatish koeffisiyenti vahamda ochiq va berk sistema uchun uzatish funksiyalari aniqlansin. Turg‘unlik chastota mezoni yordamida berk sistemaninig turg‘unligi EHMda aniqlansin hamda ochiq sistemaning LAX va LFXsi orqali o‘tkinchi jarayon sifatiga baho berilsin.
Sistema sifatiga qo‘yilgan talablar orqali ochiq zaruriy sistemaningLAX si qurilsin.
Korrektlangan ochiq sistema LAChXsi va LFChXsi qurilsin va ular asosida o‘tkinchi jarayon sifati baholansin. Struktur sxema qurilsin va EHMda o‘tkinchi jarayon hisoblansin. O‘tkinchi funksiya orqali sistemaning sifat ko‘rsatkichlari hisoblansin.
Korrektlangan sistemaning xatolik bo‘yicha uzatish funksiyasi topilsin va qaror rejimda xato quyidagi kirish ta’sirlarida hisoblansin.
a)x(t)=1(t); b) x(t)= t; v) x(t)= t2 Nochiziqli sistemaning struktur sxemasi tuzilsin (Berilgan chiziqli sistemadagi kuchaytirish elementi tegishli statik xarakteristikali nochiziqli element bilan almashtiriladi). Sistemaning chiziqli qismi uchun amplituda-faza xarakteristikasiWch(j) va nochiziqli zveno uchun ekvivalent amplituda-faza xarakteristikasi Wn(j)hisoblanadigan ifoda topisin (1-ilova).
Sistemada avtotebranishlar hosil bo‘lish imkoniyati hamda uning amplituda va chastotasi topilsin. Avtotyebranishlar turg‘unligi va parametrlarini aniqlash uchun Goldfarb usulini qo‘llash mumkin. Hisoblash aniqligini oshirish uchun Wch(j) va xarakteristikalarni kesishish nuqtalari atrofida kattaroq masshtabda alohida qurilishi lozim.
Hisoblarni tushuntirishda fikrni aniq ifodalashga alohida e’tibor berish zarur. Qisqartma nomlar birinchi marta ishlatilishida to‘liq yozilishi kerak. Rasmlar tagida ularning mazmunini aks ettiruvchi yozuvlar hamda ketma-ketlik nomeri bo‘lishi shart. Masalan, rasm.2. Berk sistemaning o‘tkinchi jarayon grafigi. Adabiyotlarga ilova (1) tarzida beriladi.
Tushuntirish xatida materialllarni joylashtirish tartibi: Muqova (2-ilova), o‘qituvchi imzolagan kurs ishi vazifasi, kirish, hisob qismi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija.