10-ma’ruza: Ona tilidan ta’lim shakllari Reja



Yüklə 31,58 Kb.
səhifə1/7
tarix12.05.2023
ölçüsü31,58 Kb.
#111942
  1   2   3   4   5   6   7
10-maruza


10-ma’ruza: Ona tilidan ta’lim shakllari
Reja:
1.Ona tili darslari va unga qo`yilgan talablar.
2.Ona tilidan sirtqi sayohat darslari.
3.Ona tilidan baxs-munozara darslari.
4.Topshiriqlar bellashuvi darsi.
5.Ona tilidan koferenciya darsi.
bilim, malaka va ko`nikmalar. Dars shakli deganda yoki bu fandan o`quv ishini uyushtirish va o`tkazish shakli tushiniladi.
O`quv ishini tashkil etishda “o`quvchi- o`quv materiali-o`qituvchi” munosabatlari muhim o`rin egallaydi.
O`quvchi ta’lim jarayonining sub`ekti – faol ishlovchisidir. Buning ma’nosi, shuki, mashg`ulot jarayonida asosiy ishni o`quvchining o`zi bajaradi. U til hodisalarini kuzatadi, taqqoslaydi, guruhlaydi, umumlashtiradi, qoida va ta`riflar chiqaradi ularni amaliy faoliyatda tadbiq etadi.
O`qituvchi ta’lim jarayonida tashkilotchisi, boshqaruvchisi sanaladi. U o`quvchi faoliyatini tashkil etadi, uning bilim olishi, bu bilimlarning ko`nikma hamda malakaga aylanishga rahbarlik qiladi.
O`quv materiali o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini o`zaro bog`laydi, o`qituvchining vazifasi bu materialni eng oson va qulay yo`l bilan o`quvchiga berish, o`quvchining vazifasi esa uni oson va qulay yo`l bilan qabul qilish hamda amaliy faoliyatda tadbiq etishdan iboratdir.
Ona tilidan o`quvchilarni zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishning shakllari ko`p.
Dars-o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Bundan tashqari, fakultativ mashg`ulotlar, sinfdan tashqari mashg`ulotlar, o`quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash, mustaqil ish, matbuot va ommaviy axborot vositalari, sayohatlar o`quv fanlarini tashkil etishning muhim shakllari sanaladi.
Ona tili darslari – o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O`quvchi ona tilidan zaruriy bilim, ko`nikma va malakalarini asosan dars orqali oladi.
Dars-bir xil sinfdagi o`quvchilar bilan qat`iy jadval asosida o`tkaziladigan mashg`ulot turi.
“Dars” va “Mashg`ulot” tushunchalari garchand bir-biriga yaqin bo`lsa-da ammo ular bir ma’noni ifodalamaydi. Mashg`ulot-darsga qaraganda keng tushuncha. Agar dars berilganda qat`iy jadval asosida va qat`iy vaqt ichida o`tkazilsa, mashg`ulot dars bilan bir qatorda o`quvchilar bilan birga yoki yakkama-yakka holda o`tkaziladigan ta’limiy ishlarni ham o`z ichiga oladi.
Maktab tarixida sinf-dars o`qitishning ishonchli va qulay usuli bo`lib, u davr sinovlaridan o`tgan va o`zini to`la oqlagan. Bu usulning qulayligi shundaki, o`quvchilar jamoa bo`lib, bir vaqtning o`zida sinfdagi barcha o`quvchilarni zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish imkoniyati tug`iladi.
Ona tili darsi o`quvchilarni nutq ko`nikmalari bilan qurollantirishning asosiy vositasidir.
Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani, keyingi yillarda ayrim maktablarda darslar 30 daqiqalik shaklda ham o`tkazilmoqda. Ona tili darslari oldiga muayyan talablar qo`yiladi. Bu talablar ona tili darsining maqsadiga bog`liq. Ma`lumki, boshqa o`quv fanlari singari ona tili mashg`ulotlari ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko`zlaydi.
Darsning ta’limiy maqsadi o`rganilayotgan til hodisasi yuzasidan o`quvchilarda puxta bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, uni amaliy nutqiy faoliyatda qo`llash kabilarni talab etsa, tarbiyaviy maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni puxta egallashga kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab darajasiga ko`taradi.
Rivojlantiruvchi maqsad o`quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarish, yuzaga kelgan o`quv qiyinchiliklarini mustaqil ravishda engish, o`zida qat`iylik, o`z nuqtai nazarini himoya qilishga o`rgatishni talab qiladi.
Ona tili mashg`ulotlari oldiga quyidagi didaktik talablar qo`yiladi:
DTS talablari doirasida:

  • o`quvchilar nutqini o`stirish, imlo savodxonligini oshirish, talaffuz me`yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o`qish uchun zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish

  • ta’lim prinsiplariga qat`iy amal qilish, dars metodlari, vositalari va usullarini to`g`ri belgilash;

  • ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg`unligini ta`minlash;

  • qayta xotirlash, qisman ijodiy va to`liq ijodiy topshiriqlar o`rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o`quv topshiriqlariga keng o`rin ajratish;

  • bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishda o`quvchilar yoshi, o`qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.


Yüklə 31,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin