10-mavzu: Sport bayramlari ssenariylari va ularning tuzishga qo‘yiladigan talablar. Maktab sport bayramlariga tayyorgarlik. Mavzuli bayramlarni tashkillash Reja
10-MAVZU: Sport bayramlari ssenariylari va ularning tuzishga qo‘yiladigan talablar. Maktab sport bayramlariga tayyorgarlik. Mavzuli bayramlarni tashkillash Reja:
Tayanch so‘z va iboralar:ssenariya, bayram ssenariyasi, «balli qizlar», «balli yigitlar», bayramga tayyorgarlik rejasi, taxminiy ssenariy, tashkiliy qo‘mita, musobaqa shartlarini bajarish qoidalari, maxsus seminarlar, bellashuv shartlari, ommaviy sport musobaqalari, ommaviy o‘yinlar, sport ko‘ngil ochishlari, attraksionlar, bayramni yakunlash-qatnashchilarni saflash, g‘olib jamoalar va shaxsiy birinchilik g‘oliblari, Sport bayramlari, bayram tayyorgarligi, tashkiliy qo‘mita, moddiy mablag‘larni aniqlash, mas’ullarni belgilash, sport seksiyalari, musobaqa joyi, lozunglar yozish, bayroqlar tayyorlash, musobaqa jihozlari, turli xil bezaklar, sport burchaklarini bezashshiorlar, fotovitrina, fotomontaj, fotoalbom va kino-video tasmalar namoyish qilish, bayramni ochilishi va yopilishi, bayram kostyumlari, bayram nizomi va dasturi, «sahna pardasi», ommaviy chiqishlar.
1.Bayram ssenariyasi va uni tuzish qoidalari Ssenariya so‘zi, atamasiga «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at»da «kinofilm olish uchun yozilgan adabiy asar, kinofilm ssenariyasi yoki drammatik asar rejasi, syujet sxemasi va unda ishtirok etuvchilarning sahnaga chiqish tartibi, vaqti ko‘rsatilgan ro‘yxat»-deb ta’rif berilgan. «Bayram ssenariyasi» deganda biz bayram ishtirokchilarini (yoki musobaqa qatnashchilarini) tomosha ko‘rsatiladigan joy (sahna, maydon, sayhonlik, sport zali va h.k.)ga chiqish navbati ro‘yxati va vaqti ko‘rsatilgan, bayramgacha bir necha bor tekshirib ko‘rilgan, o‘tkazilayotgan tadbirning rejasi deb atasak xato qilmagan bo‘lamiz.Ssenariya bo‘ladigan tadbir-bayram, musobaqa, tantanali kecha (bayram kechasi), festival, olimpiada, mavzuli bayram, ko‘ngil ochish marosimlari, biror sport turi kuni, fizkulpturachilar kuni (bayrami), «Balli qizlar», «Balli yigitlar» va h.k.larning o‘tkazish tayyorgarligining birinchi kunidan boshlab, o‘sha tadbirning yopilishigacha bo‘lgan barcha faoliyat mazmunini o‘z ichiga oladi. Ssenariyaning mazmuni o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi, vazifalari va tadbir nimaga bag‘ishlanganligi ko‘rsatilgan kichik «Tadbirga kirish» yoki «So‘z boshi» bilan boshlanadi.Sinfdan tashqari ishlar davomida targ‘ibot va tashviqot, sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun jismoniy tarbiya faollari turli xil maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun maktabning tadbirini ssenariyasini tayyorlash, yozish va o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishi kerak va bu malaka qayd qilingan komissiyalarning faollarini tayyorlash seminarlarida asosiy mavzulardan biri bo‘lishi lozim. SHuni hisobga olib, biz quyida sport bayramlarini taxminiy ssenariysini yozish metodikasini tavsiya qildik.