11 – amaliy mashg’ulot Mavzu



Yüklə 23,14 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,14 Kb.
#207430
  1   2
11 – amaliy mashg’ulot


11 – amaliy mashg’ulot


Mavzu: Maxsus fanlardan kurs ishi (loyihasi) ni o’tkazish metodikasini o’rganish


Amaliy mashg’ulot maqsadi: Magisrantlarda maxsus fanlardan kurs ishi (loyhasi)ni tashkil etish metodikasi bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Kerakli materiallar: maxsus fanlardan kurs ishi (loyihasi) ni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Mavzuga doir o’quv axboroti
Kurs ishi (loyiha)sini bajarishdan asosiy maqsad-o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan muayyan fan bo‘yicha ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarini muayyan topshiriqni yechishda qo‘llashdir.
Kurs ishi (loyiha)sini bajarishda muhim masalalardan biri uning mavzusini to‘g‘ri aniqlashdir.
Kurs ishi (loyiha)sining mavzulari mazkur fanning o‘quv vazifasiga javob berishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilm-fanning dolzarb muammolari bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Kurs ishi (loyiha)lari mavzularining amaliyligi - bu avvalambor ularning ilmiyligi, zamonaviyligi va talabalarda mustaqil ijodiy ishga ko‘nikmani shakllantirishga yo‘naltirilganligidir. Topshiriqlarning takroriyligi, yildan-yilga bir hil mavzularning takrorlanishi kurs ish (loyiha)larini ahamiyatini kamaytiradi.
Kurs ishi (loyiha)larning mazmuni sifatida ta’lim yo‘nalishi va fan xususiyatidan kelib chiqib sanoat korxonalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili, bino, inshootlar, muxandislik kommunikatsiyalari mashina, apparatlar va stanoklarning konstruksiyalarini yechimlarini ishlab chiqish hamda zaruriy hisob-kitoblar va chizmalarini rasmiylashtirish olinishi mumkin.
Kurs ishi (loyiha)sining mavzusiga bo‘lgan asosiy talablardan biri, bu uning bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan masalalarni birgalikda yechishga bag‘ishlanganliligi.
Kurs ishi (loyiha)lari mavzularining tarkibi sanoat va boshqa korxonalarning amaliy masalalari, talabalar malakaviy amaliyotlarining natijalari, kafedra a’zolari va talabalar to‘garaklarining ilmiy ishlari, xorijiy va mamlakatdagi ilm-fan va texnika yutuqlarini aks ettirgan adabiyotlar asosida tuzilishi lozim.
Ishni bajarish uchun ta’lim yo‘nalishlariga asosiy yo‘riqnoma va ma’lumotlar kafedra tomonidan rasmiylashtiriladigan kurs ishi (loyiha)sining topshirig‘ida aks ettiriladi.
Topshiriqda ishning nomi, uning xajmini va mazmunini aniqlovchi tafsilotlar yaqqol belgilanishi lozim. Shu bilan birga topshiriqda loyihaning hisob-chizma qismini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar, chizmalar soni va ko‘rinishi belgilanishi muhimdir.
Xar bir topshiriq ilmiy va uslubiy jixatdan sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilgan bo‘lib, talabaning tayyorgarlik darajasiga va loyihani bajarish uchun ajratilgan vaqtga muvofiq kelishi lozim.
Topshiriq mahsus blankalarda (1-ilova) rasmiylashtirilishi va yo‘riqnoma va boshlang‘ich ma’lumotlar bilan ta’minlanishi lozim. Yo‘riqnoma va boshlang‘ich ma’lumotlar zarur bo‘lgan tanqidiy baholash va taxlilsiz ko‘chirib olish va foydalanishni oldini olish maksadida juda ham batafsil bo‘lishi kerak emas.
Kurs ishi (loyiha)si hisob-tushuntiruv yozuvi va grafik qismidan tashkil topishi lozim (arxitekturaviy loyiha asosan grafik ijrodan iborat bo‘ladi, grafik ijroga yozma tushuntirish qismi hajm jixatdan chegaralanmagan xolda beriladi).

Yüklə 23,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin