11-laboratoriya mashg‘uloti mavzu: Plazmoliz va deplazmoliz hodisasi Asbob va reaktivlar



Yüklə 45,62 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü45,62 Kb.
#149547
11-лаб


11-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI


Mavzu: Plazmoliz va deplazmoliz hodisasi
Asbob va reaktivlar: Mikroskop. Buyum va qoplag’ich oyna. Qizil piyoz, ustara, filtr qog’ozlari. NaCl, KCl yoki saxarozaning 1 n eritmasi
Ishning borishi: O`simlik xujayrasi gipertonik (kontsentratsiyasi xujayra shirasi kontsetratsiyasidan kuchli bulgan) eritmaga botirib kuzatilganda, xujayra sitoplazmasi sellyuloza po’stidan ajraladi. Bu xodisa plazmoliz diyiladi.
Plazmoliz xolatidagi xujayrani suvga yoki gipotonik (kontsentratsiyasi xujayra shirasi kontsetratsiyasidan kuchsiz bulgan)eritmaga botirilganda, sitoplazmaning qaytadan xujayra po’stiga borib taqalishiga deplazmoliz xodisasi deb yuritiladi. Agar xujayra shirasining kontsentratsiyasi eritma kontsentrasiga to`g’ri kelsa, u paytda xujayradagi suv qabul qilinmaydi va tashqariga chiqarilmaydi. Konsentratsiyasi bir-biriga mos bo`lgan eritmalar izotonik eritmalar diyiladi.
Plazmoliz va deplazmoliz xodisalarini kuzatish uchun rangli (antotsianli) piyoz po’stidan yupqa kesib olinadi. Uni buyum oynasi ustidagi bir tomchi suvga qo’yib qoplogich oyna bilan yopiladi.
Mikroskopda xujayralar bir tekis taralgan va tarang xolda ko’rinadi.
Qoplag’ich oynaning bir chekkasiga NaCl, KCl yoki saxarozaning 1 n eritmasidan 1 tomchi tomiziladi. Suv tomchisi qoplagich oynaning ikkinchi tomonidan filtr Qog’ozga shimdirib olinadi. Eritma esa suvning o’rniga kiradi. Shu vaqtda sitoplazma xujayra po’stidan ajralib o’rtaga to’plana boshlaydi., lekin sitoplazma rangsizligi sababli tekshirilayotgan preparatda antotsion xujayra po’stidan ajrala boshlaganday bo’lib ko’rinadi. Bu xodisa tarkibida antotsion bo’lgan xujayradagi vakuolaning va sitoplazmaning ketma-ket qisqarish natijasida yuz beradi. Sitoplazma birdaniga xujayraning markaziga yoki bir chekkasiga o’tib ketmay, avval xujayra po’stining burchaklaridan ko’cha boshlaydi va so’ngra xujayra po’stidan tomomon ajraladi. Sitoplazmaning bazi bir qismlari qsitoplazmatik iplari yordamida xujayra po’stiga bog’langan bo’ladi. Bu ipchalar Gext ipchalari deb ataladi. Odatda bir oz vaqt o’tgach, qoplag’ich oynaning bir chekkasiga bir tomchi suv tomizilib, ikkinchi tomonida dastlab tomizilgan yon NaCl, KCl yoki saxaroza eritmasi filtr Qog’oziga shimdirilib olinadi. Suv qayta shimilish natijasida xujayralar dastlabki xolatga qaytadi. Bu xodisaga deplazmoliz xodisasi deyiladi.
Plazmoliz botiq xamda qavariq bo’ladi. Bu sitoplazmaning qovushqoqlik kuchiga bog’lik. Yosh xujayralarda sitoplazmaning qovushqoqligi yuqori bo’lganligidan ulardagi plazmoliz avval botiq bo’lib so’ngra qavariq shakilga aylanadi. Sitoplazma qovushqoqligi past xujayralarda esa birdaniga qavariq plazmoliz xosil bo’ladi. Bu xodisa xujayradagi sitoplazmaning qovushqoqligi past ekanligini ko’rsatadi.
Plazmoliz shakillari
A) Nоrmal turgor xolatdagi xujayralar:
B) Sitoplazmaning xujayra po’stidan ajralishi, ya`ni botiq plazmoliz
V) Qavarik plazmoliz
G)Sitoplazmaning ayrim uchustkalarida xujayra po’sti bilan bog’langan Gext ipchalari.
D)K va Ca ionlari uchun plozmolemmaning o’tkazuvchanligi


1-rasm. Plazmoliz shakllari:
a) boshlang’ich shakllari;
b) botiq plazmoliz; v) qavariq plazmolіz


Nazorat savollar

  1. Plazmolitik ta`siri ostida hujayrada qanday hodisa ro`y beradi?

  2. Hujayraning plazmolitik reaktsiyasini amaliyotda qanday qo`llash mumkin?

Yüklə 45,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin