O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
276
DISFEMIZM TUSHUNCHASI VA UNING PRAGMATIK
XUSUSIYATLARI
Jo‘rаevа Nilufar
Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi.
juraeva-nilufar@mail.ru
Аnnotatsiya. Mazkur
maqolada disfemizm tushunchasi, tilshunos olimlarning
bu tushuncha xususidagi fikr-mulohazalalari, uning pragmatik xususiyatlari haqida
so‘z boradi. Shuningdek, disfemiya hodisasi, uning xarakterli xususiyati, disfemiya
diskursiv hodisasi, disfemizm esa ham til, ham nutq hodisasi
ekanligi haqida fikr
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: disfemizm, evfemizm, disfemiya, kakofenizm, ortofemizm.
Abstract. This article talks about the concept of dysphemism, the linguists'
opinions about this concept, its pragmatic features.
The phenomenon of
dysphemia, its characteristic features are also discussed. Dysphemia is said to be a
discursive phenomenon, while dysphemism is both a linguistic and a speech
phenomenon.
Key
words:
dysphemism,
euphemism,
dysphemia,
cacophenism,
orthothemism.
Har bir tilda ixtiyoriy yoki g‘ayri ixtiyoriy ravishda qo‘llanilmaydigan,
chetlab o‘tiladigan so‘zlar mavjud. Ularning aksariyati so‘zlovchi,
qolaversa,
tinglovchi tomonidan «yoqimsiz», «qo‘pol» deb hisoblanadigan so‘zlardir.
Bugungi kunda o‘zida salbiy maʼnoni ifodalovchi so‘zlarning soni tobora ortib
bormoqda. Bu esa tilshunoslikda «disfemizm» deb ataladigan tushunchaning
mohiyati, paydo bo‘lish sabablarini o‘rganishga ehtiyoj tug‘diradi. Nutq
qo‘pollashuvining bir necha sabablari mavjud. Sotsiolog va sotsiolingvistlarning
qayd
qilishicha, «hayotning turli sohalarida ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi
tabaqalanishning chuqurlashishi, manfaatlar to‘qnashuvi, bir guruhning boshqa
guruh ustida hukmronlik qilish istagining mavjudligi» nutqning qo‘pollashishiga
olib keldi [Kvaskova, 2016:353].
Bugungi kunda disfemizmlarning shakllanishi va qo‘llanilishining
umumiy
qonuniyatlari haqida to‘liq va tugal nazariya mavjud emas. Tilshunos olima
A.N.Rezanova disfemizmlarning chuqur o‘rganilmaganlik sababini «axloqiy
normalarga zid tushuncha» deb izohlaydi. Disfemizmlar og‘zaki nutqda keng
tarqalganligiga qaramasdan adabiy nutqda ularning qo‘llanilishi taʼqiqlangan, bu
esa ularning o‘rganilishiga taʼsir etmay qolmaydi.
Ushbu hodisaning eng muhim
jihatlari, yaʼni «disfemiya pragmatikasi – kelib chiqish sabablari, ijtimoiy-tarixiy
va psixologik tarqalishi o‘rganilmay qolishiga olib keladi» [Rezanova, 2008:3].
Olima L.V.
Kvaskovaning fikricha, «og‘zaki nutqda salbiy ko‘rinishdagi
so‘zlarning kelib chiqishiga qarshi kurashish uchun ularning lingvistik va
funksional tabiatini batafsil o‘rganish [Kvaskova, 2016:353].