Disfemizm tushunchasi va uning pragmatik xususiyatlari


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI



Yüklə 406,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.03.2023
ölçüsü406,21 Kb.
#86216
1   2   3   4   5
jorev-n.-disfemizm-tushunchasi-va-uning-pragmatik-xususiyatlari

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
277 
«Disfemizm» atamasini izohlash uchun leksikografik manbalarga murojaat 
qilamiz: 
Olima V.N.Yartseva tomonidan tahrir qilingan lug‘atda disfemizmga shunday 
izoh beriladi: «emotsional va stilistik jihatdan neytral so‘zni qo‘pol, iltifotsiz 
so‘zlar bilan almashtirish» [Yartseva, 1998:590]. 
T.V. Matveeva o‘z maqolasida disfemizm to‘g‘risida kengaytirilgan taʼrifni 
beradi: disfemizm – «emotsional holatni qo‘pol ravishda bildirish, stilistik jihatdan 
neytral so‘z yoki iborani qo‘pol so‘z, ibora bilan almashtirish». Muloqot 
jarayonida so‘zlovchi o‘z suhbatdoshini kamsitish, tahqirlash, obro‘sizlantirishni 
maqsad qiladi. Bunda nutq qoidalari buziladi, munosabatlarda beadablik
hayosizlik kuzatiladi [Matveeva, 2010:95].
Bu taʼriflardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, har bir disfemizm uchun 
stilistik jihatdan uning neytral sinonimi mavjud. Biroq olim L.V. Poroxnitskaya 
o‘z maqolasida bu neytral so‘zni har doim ham evfemizm, disfemizm, 
ortofemizmdan chegaralab bo‘lmasligini taʼkidlaydi [Poroxnitskaya, 2013:143]. 
Disfemizmni siyosat sohasida tadqiq qilgan olima T.N. Abakova 
disfemizatsiyani istalgan pragmatik effektga erishish va auditoriyaga maqsadli 
taʼsir qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan taktik til vositasi sifatida tushunish 
mumkin degan xulosaga keladi [Аbakova, 2013:27]. 
O‘z navbatida, olima A.N. Rezanova, disfemizm deganda, biror maqsadni 
ko‘zlab nutq vaziyatiga nomuvofiq, shuningdek, kommunikativ vazifani hal qilish 
uchun to‘g‘ri kelmaydigan tabulashgan til shakllarini, o‘zida kamsitish maʼnosini 
ifodalaydigan yoki salbiy bahoga ega bo‘lgan neytral leksikaning ishlatilishini 
tushunadi [Rezanova, 2008:8]. 
Olima disfemiyaning xarakterli belgisi sifatida denotatning saqlanishini
o‘zgarish faqat konnotativ komponentda sodir bo‘lishini taʼkidlaydi. Bu borada 
tilshunos olim L.Mosievich misolini ko‘rib chiqamiz: С. Берлускони в разговоре 
об избранном президенте США Обаме пошутил насчет его «загорелости», 
что было намеком на цвет кожи афроамериканца. – (S.Berluskoni AQShning 
saylangan prezidenti Obama haqidagi suhbatda uning «qoraygani” haqida 
hazillashdi, bu esa afro-amerika terisi rangiga qilingan ishora edi.) Mazkur holatda, 
konnotativ neytral belgi (zagorelost-oftobda qoraymoq) kontekstda salbiy maʼno 
kasb etadi va disfemizmlar guruhiga kiradi [Mosiyevich, 2009:359]. 
Disfemiya – diskursiv hodisa, disfemizm esa ham til (biror leksik birlikni 
boshqasi bilan almashtirish), ham nutq hodisasi (biror kommunikativ vazifani 
bajarish uchun almashtiruv vositasi).
Disfemiya hodisasi xuddi evfemiyadek kabi chuqur o‘rganilmagan, 
shuningdek fransuz tilshunosligida ham mazkur tushuncha alohida tadqiq obyekti 
bo‘lmagan. Fransuz tilida «disfemizm” tushunchasining etimologiyasiga murojaat 
qilganimizda, ushbu maʼlumotni ko‘rib chiqdik: La notion du Xxe siècle, construit 
sur le modèle de 
euphémisme
 par substitution du préfixe 
dys-
 au préfixe 
eu-
. Mot 
de formation savante forgé à partir du grec ancien 
δυσφημισμός
, dysphêmismos (« 



Yüklə 406,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin