Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94038
  1   2   3   4
jism-massasi-va-uni-o-lchashda-yo-l-qo-yiladigan-xatolar



ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
80 
JISM MASSASI VA UNI OʻLCHASHDA YOʻL QOʻYILADIGAN XATOLAR 
TAHLILI
 
Tolegenova M.T. 
Nizomiy nomidagi TDPU Fizika va uni oʻqitish kafedrasi oʻqituvchisi 
Ergashova M. 
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi 
Oʻrazqulova D.M. 
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6617764 
 Annotatsiya. Ushbu maqolada jism massa tushunchasi nima ekanligi va uning fizik 
mohiyati yoritilgan va uni oʻlchashda yoʻl qoʻyiladigan asosiy xatolar tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: jism massasi, tarozi, oʻlchash, xatoliklar, geografik kenglik. 
АНАЛИЗ МАССЫ ТЕЛА И ПОГРЕШНОСТИ ЕЕ ИЗМЕРЕНИЯ 
Аннотация. В данной статье объясняется, что такое понятие массы тела и его 
физическая природа, а также анализируются основные ошибки, которые можно 
допустить при ее измерении. 
Ключевые слова: масса тела, весы, измерения, погрешности, широта. 
ANALYSIS OF MASS AND ERRORS IN ITS MEASUREMENT 
 Abstract. This article explains what the concept of body mass is and its physical nature, 
and analyzes the main mistakes that can be made in measuring it. 
Keywords: body mass, scales, measurements, errors, latitude. 
 
KIRISH
Massa - asosiy fizik oʻlcham birliklaridan biri boʻlib, materiyaning inversion garvitatsion
xossalarini aniqlovchi skalyar kattalik. XBS da massasini birligi qilib “kg” olingan. Massa 
jismning inertlik va gravitatsion xususiyatlarini ifodalovchi fizika kattalik. Massa tushunchasini 
fanga birinchi boʻlib I.Nyuton 1687-yilda “Natural falsafaning matematik asoslari” nomli 
asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jism ta’sir etmagunicha tinch yoki toʻgʻri 
chiziqli harakatini saqlaydi. Jismlarning bu xususiyati inertlik deb ataladi. Jism faqat inersial 
xususiyatga ega boʻlibgina qolmay atrofidagi fazoda gravitatsiya maydonini vujudga keltiradi.
Bu maydon oʻz xususiyatlari boʻyicha zaryadlangan jism hosil qilgan elektrostatik maydonga 
oʻxshaydi. Gravitatsiya maydonini vujudga keltiruvchi zaryad gravitatsion zaryad yoki
gravitatsion massa deb ataladi. Nyutonning butun olam tortishish qonuniga asosan, yerning 
gravitatsiya maydoniga, yer sirti yaqinida joylashgan jismga yerning tortishish kuchi ta’sir etadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin