11-ma`ruza. Yuridik shaxslar metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini attestatlash xukukiga akkreditatlash. Reja
11-ma`ruza.
YUridik shaxslar metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini attestatlash xukukiga akkreditatlash.
Reja:
Akkreditlangan metrologik xizmatga kuyiladigan talablar.
YUridik shaxslarni metrologik xizmatlarini akkreditlashi tartibi.
Akkreditlangan metrologik xizmatlarni faoliyatini tekshirish.
Akkreditlangan metrologik xizmatga kuyiladigan talablar Sifatni nazorat qilish Evropa tashkiloti EOKK (Evropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) bo‘lib, uning birinchi konferensiyasi 1957 yilda chaqirilgan va shu yilning o‘zida uni nizomi ham tasdiqlandi.
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK Rukovodstvo 2.86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
– akkreditlovchi idoralarni ro‘yxatga olish;
– metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
– o‘lchash vositalarini kalibrlash;
– O‘z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‘rnatish;
– O‘z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash;
– akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda talablarga rioya qilinayotganligini inspeksion tekshirish.
Metrologiya bo‘yicha Milliy idora (O‘zstandart Agentligi), SMS ITI, hududiy SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o‘z vazifalarini ushbu hujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O‘z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi.
O‘z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan:
– O‘z KT ning Markaziy idorasi;
– O‘z KT ning Kengashi;
– O‘z KT ning akkreditlash idoralari;
– kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari.
YUridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
– O‘V ni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi;
– kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlaydi;
– kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va me’yoriy hujjatlar jamg‘armasini shakllantiradi va rivojlantiradi;
– me’yoriy hujjatlarning o‘lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
– kadrlar tayyorlash va kadrlar malkasini oshirish ishlarini bajaradi;
– kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo‘ladi:
– korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‘lgan O‘V ning holatiga;
– bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga;
– korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga;
– kalibrlash intervallarining to‘g‘ri o‘rnatilganligiga.
O‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‘z belgisiga ega.
Bu belgining shakli va o‘lchamlarini metrologiya bo‘yicha milliy idora tasdiqlaydi.
O‘z KT ning belgisi blanklarga, shtamplarga, shuningdek O‘z KT ning boshqa hujjatlari va ob’ektlariga tamg‘alab bosiladi. O‘z KT ning belgisini tamg‘alash (qo‘llanish) joyi va tartibini O‘z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi.
YUridik shaxslarni metrologik ishlarni va xizmatlarni bajarish huquqiga attestatlash va akkreditlash:
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalarini tayyorlash, xaridga chiqarish va ijaraga berish ishlarini tadbirkorlik sub’ektlari qonunga muvofiq beriladigan litsenziya asosida bajaradi. O‘lchash vositalarini qiyoslash, sinashlarni o‘tkazish, O‘V ni va sinashlarni, o‘lchashlarni bajarish metodikalarni metrologik attestatlash, O‘V ni kalibrlash huquqiga yuridik shaxslarni akkreditlash jarayonida metrologik tekshirish akkreditlanadigan sub’ekt tomonidan so‘ralgan faoliyat uchun me’yoriy hujjatlarda belgilangan metrologik me’yorlar va qoidalarning bajarila olish mumkinligini tekshirish va baholashdan iborat. Metrologik tekshirish O’z DSt 16.4:2001, O’z DSt 8.006:1999 va O‘z RH 51-016-93 bo‘yicha bajariladi. Metrologik xizmatlar, markaz, laboratoriyalarni sinashlar bo‘yicha ishlarni, o‘lchash vositalari va metodikalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash yoki davlat metroogik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik faoliyatning boshqa muayyan turlarini bajarishga akkreditlash bo‘yicha qaror davlat metrologik xizmatining xulosasi bor bo‘lganda qabul qilinadi. YUridik va jismoniy shaxslarni me’yoriy va texnik hujjatlarini metrologik ekspertizadan o‘tkazish, qiyoslash, kalibrlash, ta’mirlash, sinashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash (agar bularni davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llanish mumkin bo‘lsa) ishlarni o‘tkazish huquqiga akreditlash O‘zstandart Agentligi o‘rnatgan tartibda amalga oshiriladi.
Metrologik nazorat:
Metrologik nazorat – O‘lchash jarayoni elementlarining holatini va qo‘llanilishini hamda o‘rnatilgan metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish bo‘yicha vakolatlangan idoralar faoliyati.
Davlat metrologik xizmati o‘tkazadigan metrologik nazoratga quyidagilar kiradi:
– o‘lchash vositalarini chiqarish, ularning holati va qo‘llanlishi, attestatlangan o‘lchashlarni bajarish metodikalari, o‘lchashlarning birxilligini ta’minlash, metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
– akkreditlangan metrologik xizmatlar, markazlar va laboratoriyalar metrologik faoliyatining muayyan turlarini bajarayotganda metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinayotganligini tekshirish;
– savdo ishlarini bajarayotganda tasarrufidan chiqariladigan mollar miqdorini nazorat qilish;
– har qanday idishda qadoqlangan mollar miqdorini nazorat qilish.
O‘zstandart Agentligining qarori bo‘yicha, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada, zarur bo‘lgan hollarda, metrologik nazoratning boshqa turlari va shakllari o‘rnatilishi mumkin.
O‘lchash vositalarini chiqarish, ularning holati va qo‘llanilishi, sinashlar, o‘lchashlarni bajarish metodikalari, o‘lchashlar birliligini ta’minlash, metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat metrologik nazoratini o‘tkazishda mos me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilayotganligi tekshiriladi va baho beriladi.
Bunda quyidagilar tekshiriladi:
– o‘lchov birliklarining to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi;
– o‘lchash va sinash vositalarining holati;
– o‘lchash va sinash metodikalarining qo‘llanilishi va ularga rioya qilinishi;
– sinashlar, metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlashni o‘tkazish metrologik shart-sharoitlariga rioya qilinayotganligi;
– o‘lchash vositalarini chetdan keltirish, ishlab chiqarishda tayyorlab chiqarish, sotish, ta’mirlash, ijaraga berishda metrologik qoidalarga rioya qilinishi;
– metrologik ishlarni bajaruvchi xodimlarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi.
Metrologik nazoratning bunday turlarini o‘tkazish va mazmunini O‘zstandart Agentligi belgilaydi.
Akkreditlangan metrologik xizmatlar, markazlar va laboratoriyalarning faoliyati ustidan metrologik nazorat akkreditlangan sub’ekt tomonidan metrologik me’yorlar va qoidalarning bajarilayotganligini tekshirish va baholashdan iborat.
Savdo ishlarini bajarishda tasarrufdan chiqariladigan mollar miqdori ustidan Davlat metrologik nazorati iste’molchining huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi va massa, hajm, uzunlik va boshqa fizik kattaliklarda ifodalangan mollar miqlorining to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish, foydalaniladigan o‘lchash vosiatlarining to‘g‘riligini aniqlashdan iborat.
Nazoratning bunday turlarini o‘tkazish tartibini O‘zstandart Agentligi o‘rnatadi.
Har qanday idishda qadoqlangan mollar miqdorini, ularni qadoqlashda va sotishda davlat metrologik nazorati, qadoqlangan idishni ochish bilan bog‘liq bo‘lgan, idishdagi molning massasi, hajmi, uzunligi yoki boshqa ko‘rsatkichlari molning etiketkasida ko‘rsatilgan hollarda o‘tkaziladi.
Davlat metrologik nazoratining ko‘rsatilgan turini o‘tkazish tartibi O’z DSt 8.022:2002 de belgilangan.
YUridik shaxsning metrologik xizmati amalga oshiradigan metrologik nazoratda, odatda, quyidagilar o‘tkaziladi:
o‘lchash vositalarining holatini va qo‘llanilishini tadqiq qilish;
o‘lchashlarni bajarish metodikalarining holati va qo‘llanilishini tekshirish;
o‘lchashlarning to‘g‘ri bajarilayotganligini baholash;
o‘lchash vositalarining qiyoslash va kalibrlashga o‘z vaqtida taqdim etilishini tekshirish;
o‘lchash vositalaridan foydalanish sharoitlariga, kalibrlashni o‘tkazish qoidalariga, kalibrlash va o‘lchash laboratoriyalarida ishlarni bajarish shart-sharoitlariga rioya qilinishini tekshirish;
metrologiya bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning talablariga rioya qilinishini tekshirish.
Metrologik xizmatlar to‘g‘risidagi nizomlarda yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda metrologik nazorat bo‘yicha boshqa ishlar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Bu maqsadda yuridik shaxs metrologik xizmatni yoki boshqa kichik bo‘linmani tashkil qiladi,
O‘zstandart Agentligi ishlarning mazkur turiga akkreditlagan chet tashkilotlarning xizmatlaridan, shuningdek davlat metrologik xizmati xizmatlaridan foydalanadi.
Alohida yuridik shaxslarning metrologik idoralari tarmog‘i va ularning o‘lchashlar birliligini va o‘lchash vositalari birxilligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati yuridik shaxslar metrologik xizmati deb ataladi. Bunday xizmatlar deyarli barcha vazirliklar va idoralarda tuzilgan. Bu respublikaning yagona metrologik xizmatining tegishli vazirlik, idoraning korxona va tashkilotlarida o‘lchashlar birliligi va talab etilayotgan aniqligini ta’minlashga chaqirilgan tarkibiy qismlaridir. Ularning faoliyati muvofiq standartlar va idoraviy metrologik xizmatlar haqidagi namunali qoidalar bilan reglamentlangan.
Vazirlik yoki idora tomonidan tashkil qilingan idoraviy metrologik xizmatga quyidagilar kiradi:
vazirlik yoki idoraning metrologik xizmatini boshqarish yuklatilgan bosh metrolog bo‘limi;
korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish bo‘yicha bosh metrologlar bo‘limi.
Vazirlik bosh metrologi xizmati tarmoq korxonasi va tashkilotining metrologik ta’minoti bo‘yicha butun faoliyatining tashkiliy-metodik boshqaruvini amalga oshiradi. Ular o‘z qo‘l ostida bo‘lgan korxonalarda o‘lchashlar holati va metrologik ta’minotining tahlilini tashkil qiladi, tarmoq metrologik ta’minotining kompleks dasturlarini tuzadi, “Xalq xo‘jaligini metrologik ta’minlash” bo‘limi bo‘yicha davlat va tarmoq standartlashtirishi rejalarini ishlab chiqadi. Bosh metrolog xizmatlari idoraviy metrologik tekshiruvni, hujjatlarning metrologik ekspertizasini, o‘lchashlarning biriktirilgan sohasida o‘lchash texnikasi darajasini oshirishga, vazirlik, idora yoki firma korxonalarida ta’minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil qiladi. Metrologiya masalalari bo‘yicha ular “O‘zstandart” agentligining tegishli xizmatlari bilan munosabat saqlaydilar.
Metrologik xizmatning bosh va tayanch tashkilotlari tarmoq metrologik ta’minoti dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar.
Idoraviy metrologik xizmatlar DMX bilan yaqin aloqaga ega, bu erda ushbu xizmatlarning respublika metrologik xizmati tarkibidagi vazifalari, huquqlari va majburiyatlari ko‘rsatiladi. Idoraviy metrologik xizmatlar faoliyati ustidan tekshiruvni Davlat metrologik xizmati joylarda amalga oshiradi.
Akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlari) O‘z SMTda quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishadi:
Mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish va sinov dalolatnomalarini berish;
Sertifikatlashtirilgan mahsulot namunalarini, agar bu sertifikatlashtirish tartibida nazarda tutilgan bo‘lsa, inspeksion (tekshirish) sinovlarini o‘tkazish;
Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirishda (sinovlarni o‘tkazishning to‘g‘riligi borasida) ishtirok etish;
Sinash laboratoriyalari (markazlari) sifatida «O‘zstandart» agentligi va uni hududiy idoralarining laboratoriyalari, ilmiy-tekshirish va konstruktorlik tashkilotlarining sinov markazlari, boshqa laboratoriyalar va mulkchilik ixtiyoriy shaklidagi markazlar akkreditlanishi mumkin. Sinov laboratoriyaning tashkiliy tuzulmasi 1-rasmda «Mahsulot sifati markazi» MCHJ (misolida) kelitirilgan.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |