Ishlab chiqarish va ularning tarmoqlarida metrologik ta’minot. Metrologik ta’minotning maqsadi. Metrologik ta’minotning asoslari. Reja



Yüklə 191,5 Kb.
tarix10.02.2023
ölçüsü191,5 Kb.
#83760
Ishlab chiqarish va ularning tarmoqlarida metrologik ta’minot. M


1-ma’ruza. Ishlab chiqarish va ularning tarmoqlarida metrologik ta’minot. Metrologik ta’minotning maqsadi. Metrologik ta’minotning asoslari.


Reja.

  1. Metrologik ta’minot xakida tushuncha, uning vazifalari.

  2. Metrologik ta’minotning maksadi.

  3. Metrologik ta’minotning asoslari.



Tayanch so‘zlar: Metrologik xizmat, metrologik ta’minot, ISO (ISO), MEK, MOZM, o‘lchashlar birliligi, etalon, standart namuna, metrologik nazorat, kalibrlash, litsenziya.



  1. Metrologik ta’minot xakida tushuncha, uning vazifalari.

O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.


Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:

  • o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.

Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:

  • o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;

  • o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

  • hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;

  • o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;

  • o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.



Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:

  1. Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;

  2. Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kattaliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.

  3. Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;

  4. Me’yoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.




  1. Metrologik ta’mnotning maksadi.



Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:

  • mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish;

  • detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;

  • moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash;

  • atrof-muhitni himoya qilish;

  • salomatlikni saqlash va hokazolar.

Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.



  1. Metrologik ta’minotning asoslari.

Metrologik ta’minot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi bilan, O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi, standartlashtirish va sertifikat-lashtirish soha tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.


Tizimning boshqa davlatlarning o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimlari va xalqaro organlar bilan o‘zaro hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, «O‘zstandart» agentligining me’yoriy hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Metrologiya to‘g‘risidagi Konunning koidalari, shuningdek metrologiya normalari va koidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshkaruv organlari amaldagi konun xujjatlariga muvofik javobgar bo‘ladilar.
Ma’muriy-hududiy standartlashtirish ob’ektlariga hududni boshqarish, hudud uchun xos mahsulot sifatini ta’minlash buyicha me’yorlar va qoidalar kirishi mumkin.





Nazorat uchun savollar.
1.Metrologik ta’minot ta’rifini aytib bering.
2.Metrologik ta’minot vazifalarini sanab bering.
3.Metrologik ta’minotning maksadi nimalardan iborat?
4.Metrologik ta’minotning asoslarini aytib bering.
Yüklə 191,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin