Tekshirdi: ass. Xolbekov. S Imzo: ______ Guruh: 27-20 Bajardi: Hojiyev Dilshod
2023-yil
MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………3 I BOB. Bosim o`lchash asboblari tasnifi 1.1 Bosim va uni o’lchash asboblari………………………………............4 1.2 Bosim o’lchash va uning zamonaviy usullari……………………………………………………………………22 II BOB. Bosim o`lchash asboblari tahlil qilish 2.1 Bosim o’lchash asboblarini qiyoslash va kalibrlash…………………………………………………………………29 2.2 Kalibrlash labaratoriyalariga qo’yiladigan talablar ……………………………………………………………………………38 XULOSA…………………………………………………………………45 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….......46
KIRISH. Metrologiya yuqori aniqlikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va b. tabiiy fanlar yutuqlaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obyektlari xossalarining mikdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalarining haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi. Metrologiya o’lchashlar fani sifatida faqat o'lchanadigan fizik kattaliklarni o'rganadi, ya'ni fizik jihatdan amalga oshiriladigan va takrorlanadigan kattalik birligi maxsus texnik vositalarda (etalonlarda) o’lchandi va baholanadi. Xususiyatlarni nuqtali baholash (maktab o'quvchilarining bilimlari, sportchilarning chiqishlari, shamol kuchi va boshqalar), ekspert va organoleptik baholash (ta'm, hid va boshqalar), shuningdek mahsulot sifatini kvalimetrik baholash metrologiya ob'ektlari qatoriga kirmaydi. Kurs ishim bosim o’lchash asboblarini hamda ularning zamonaviy turlarini metrologik ko’rsatgichlarini tadqiq qilish mavzusida bo’lib, ushbu mavzuni o’rganishimdan asosiy maqsad, sanoatda bosim eng muhum parametrlardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarida bosim temperaturadan keyingi eng ko’p nazorat qilinadigan parametr hisoblanadi. Hozirgi kunda bosim o`lchash asboblarini keng qo`llayotgan bu meditsena sohasida bo`lmoqda