δ = K*P (19) (18) tenglamani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz:
(20) (20) tenglama bosimni o‘lchash induktiv o‘zgartkichning statik xarakteristikasini ifodalaydi.
6-rasm. Sig’imli manometer sxemasi. Lni o‘lchash, odatda, o‘zgaruvchan tok ko‘priklari yoki rezonansli LC- konturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5... 1,0 MPa bosimda membrananin qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim 20...30 MPa bo‘lganda esa 1,3 mm. Membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil etadi. Induktiv bosim o‘zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5)%.
2.Sig‘imli manometrlarning ishlash prinsipi bosim o‘zgarishi bilan yassi kondensator qoplamalari orasidagi masofani o‘zgartirishi natijasida uning sig‘imining o‘zgarishiga asoslangan. Sig‘imli manometrning prinsipial sxemasi 6 - rasmda keltirilgan. O‘lchanayotgan bosim asbobga naycha (1) orqali beriladi va membrana (2) orqali qabul qilinadi. Membrana (2) va elektrod (3) kondensator qoplamalarini hosil qiladi. Kondensator esa o‘lchash sxemasiga ulagich (4) lar orqali bajariladi. Kondensator sig‘imining qoplamalar o‘rtasidagi masofaga bog‘liqligi quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi:
(21)
bu erda, S - qoplamalar yuzi;
- qoplamalar orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi;
l - qoplamalar orasidagi masofa.
Bosim ta'sirida membrana egilib, elektrod (3) ga yaqinlashadi. Membrananing egilishi natijasida l masofa o‘lchanayotgan bosimga nisbatan mutanosib o‘zgaradi. Qoplamalar yuzi va dielektrik singdiruvchanlik o‘lchash jarayonida o‘zgarmaydi.
Shuning uchun, (21) ifodani quyidagicha yozish mumkin:
(22) bu erda,
K=S*ε (23) Shunday qilib, kondensator sig‘imi o‘lchanayotgan bosimga mutanosibdir. S ni o‘lchov axboroti signaliga aylantirish uchun, odatda, o‘zgaruvchan tok ko‘priklaridan yoki rezonansli LC- konturlardan foydalaniladi. Sig‘imli asboblar 120 MPa gacha bo‘lgan bosimni o‘lchashda qo‘llanadi. Membrananing qalinligi 0,05...1 mm. Ulardan tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda foydalaniladi. Sig‘imli manometrlarning ko‘rsatishiga atrof muhitning harorati ta'sir qiladi. Chunki harorat o‘zgarishi natijasida qoplamalar orasidagi masofa o‘zgaradi. Sig‘imli manometlarning yana bir kamchiligi parazit sig‘imlar ta'siridir. O‘lchash xatoligi asbob shkalasining ±0,2...5% idan oshmaydi.
3.Qarshilik manometrlarining ishlash prinsipi sezgir element qarshiligining tashqi bosim ta'sirida o‘zgarishiga asoslangan. Sezgir elementlar qatoriga manganin, platina, konstantan, volfram, yarimo‘tkazgich va boshqalar kiradi. Qarshilik
manometrlarida qo‘llash uchun eng qulayi manganindir. Manganin ΔR elektr qarshilik orttirmasining P bosimga nisbatan chiziqli bog‘lanishiga ega: