Elektr bosim o’lchash asboblari.
Elektr asboblarning ishlash prinsipi bosimni u bilan funksional bog‘liq bo‘lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o‘zgartirishga asoslangan. Bularga induktiv, sig‘imli, qarshilikli, pezoelektr va boshqa manometrlar kiradi. Bosim o‘lchashning eng ko‘p tarqalgan vositalari kuch kompensasiyasi asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez ta'sirchanligi, gabarit o‘lchamlari va massasi bo‘yicha ancha mukammal induktiv, sig‘imli, tenzorezistorli, pezoelektrik o‘zgartkichlardan orqada qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensasiyal i o‘zgartkichlarning va pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvch i qismlarning bo‘lishi o‘lchash vositalarining zarbga chidamliligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini qiyiilashtiradi. Hozir mikroelementli texnikani keng joriy qilish hamda konstruktiv yechimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni o‘lchashning an'anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni yaratishda shart va talablarning turli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o‘lchash o‘zgartkichlaridan (BO‘O‘) foydalanishdan to‘la voz kechish kerakligini anglatmaydi.
5-rasm. Induktiv manometr. 1.Induktiv asboblarning ishlash prinsipi g‘altak induktivligining tashqi bosim ta'siridan o‘zgarishiga asoslangan.5 – rasmda induktiv o‘zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o‘lchash o‘zgartkichining sxemasi ko‘rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana (1) o‘ramli elektromagnit (2) ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. O’lchanayotgan bosim ta'sirida membrana siljiydi, bu induktiv o‘zgartkichli elementning elektr qarshiligini o‘zgartiradi. Agar g‘altakning aktiv qarshiligi, magnit oqimlari hisobga olinmasa va o‘zakda yo‘qotilsa, o‘zgartkich elementning L induktivligini quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlash mumkin:
(18) bu erda, W - g‘altak o‘ramlari soni;
havoning magnit singdiruvchanligi;
S -magnit o‘tkazgich ko‘ndalang kesimining yuzi;
δ - havo oralig’ining uzunligi.
Membrananing deformatsiya kattaligi o‘lchanayotgan bosimga mutanosibligini e'tiborga olib,