Bosimlar farqining muvozanat sharti quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
ΔP = P1 – P2 = H*g*(p-pi) (12) bu erda, ΔP - bosimlar farqi;
p – difmanometr ichidagi suyuqlikning zichligi, kg/m3;
Silindr shaklidagi idishlar uchun bu shart quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
S1*h1 = S2*h2 (13) bu yerda, S1 – manfiy idish kesimining yuzasi;
S2 – musbat idish kesimining yuzasi;
Yoki (14) bu yerda, d va D – manfiy va musbat idishlarning diametri, m.
Agar (14) formulani (11)ga qo’ysak, quyidagiga ega bo’lamiz:
H = (15) (15) ni (12) ga qo’yamiz:
P1 – P2 = ΔP = *g*(p-pi) (16) Ma’lum asbob uchun o’zgarmas bo’lgani uchun ularni K1 va K2 orqali ifodalasak quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
P1 - P2 = ΔP = K1*K2* (17) Shunday qilib, difmanometr idishlaridagi bosimlar farqi qalqovichning siljishi bilan ta'riflanadi. Agar musbat idishning hajmi o‘zgarmas bo‘lib, manfiy idishning diametri va uzunligi o‘zgartirilsa, bosimlar farqini o‘lchash chegaralarini o‘zgartirish mumkin. (11) va (14) tenglamalarni birgalikda yechib, manfiy idishning diametrini topamiz, ya'ni:
(16) (16) tenglamadan D, h va h2 larning berilgan qiymatlarida manfiy idishning kerakli diametri aniqlanadi.
Qalqovichli difmanometrlarning turli maqsadlarga mo‘ljallangan xillari chiqariladi. Simob bilan to‘ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o‘lchash chegarasi 6,3 dan 25 MPa gacha, ortiqcha bosimni o‘lchash chegarasi esa 4 dan 40 MPa gacha. Moy bilan to‘ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o‘lchash chegarasi 40 Pa dan 4 kPa gacha, statik ortiqcha bosimni o‘lchash chegarasi esa 0,25
MPa gacha. Texnik difmanometrlar 1 va 1,5 aniqlik sinfida chiqariladi. Qalqovich siljishi bosimning maksimal farqida difmanometrning barcha turlari uchun 30,5 mm ga teng.
Ko‘rsatishlarni 50 m dan ortiq masofaga uzatish zarur bo‘lgan hollarda elektr va pnevmatik o‘zgartkichli masofaga uzatuvchi difmanometrlar qo‘llanadi.
Asbobsozlik sanoati DP turidagi ko‘rsatuvchi va o‘zi yozar qalqovichli difmanometrlar chiqaradi.7 tur - o‘lchamli almashtiriladigan manfiy idishlar chiqariladi. Ular 25 MPa gacha static bosimda 6,3 kPa dan 0,1 MPa gacha bo‘lgan bosImlar farqini o‘lchaydi. Asboblarning xatoliklari o‘lchash chegarasining ±2% idan oshmaydi.
Yuqorida ko‘rilgan suyuqlikli manometrlarning va difmanometrlarning afzalligi ularning soddaligi va katta aniqlikda o‘lchashda ishonchliligidadir.
Qalqovichli difmanometrlarda to‘ldiruvchi ishchi suyuqlik sifatida simob, vazelin moyi, shuningdek, transformator moyi ishlatilar edi, ammo simobning zararliligi tufayli uning ishlatilishi keskin cheklangan, shuning uchun, qalqovichli asboblar o‘rniga ko‘proq deformatsion asboblar ishlatilmoqda.