II BOB. Bosim o`lchash asboblari tahlil qilish 2.1 Bosim o’lchash asboblarini qiyoslash va kalibrlash. Respublikamizda o’lchashlarning yagonaligini ta’minlashning muhum vositasi o’lchash vositalarini tekshirish hisoblanadi. Tekshirishlarni reglamentlashtirilgan haolda tshakil qilish va o’tkazishning asosiy hujjati bo’lib, ГОСТ 8.513 – 84 “O’lchashlarni yagonaligini ta’minlash davlat tizimi. O’lchash vositalarni tekshirish. Tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish tartibi” xizmat qiladi. Bunda standart tekshiruvning besh turi nazarda turilgan: birlamchi,davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert.
Birlamchi tekshirish o’lchash vositalarini – ishlab chiqarish va ta’mirdan chiqqan, chetdan keltirilgan, foydalanilayotgan va saqlashdagi barcha turlari qamrab olinadi.
Davriy tekshirish bu – o’lchash vositalaridan foydalanish yoki ularni saqlash vaqtida ma’lum vaqt oralig’idan so’ng o’tkaziladigan tekshirish. Bunday tekshirishlar ma’lum bir belgilangan davrda amalga oshiriladi. Tekshirishlar orasida intervallar o’lchash vositasi uchun individual belgilanadi.
Navbatdan tashqari tekshiruv bu – navbatdagi davriy tekshirish muddatigacha amalga oshiriladigan tekshirish hisoblanadi. Navbatdan tashqari tekshirish quyidagi hollarda majburiy holda o’tkaziladi:
- o’lchash vositalarining sozligini tasdiqlash lozim bo’lganda;
- agar o’lchash vositasining tekshirishlar orasidagi untervalning yarmidan o’tgandan keyin komplektlovchi buyum sifatida o’rnatilsa;
- ishonch kleymasi, plombalari shikastlanganda va o’lchash vositasining davriy tekshiruvdan o’tganligini tasdiqlovchi hujjat yo’qolganida;
- o’lchash vositasini konservatsiyalanganligiga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda davriy tekshiruvdan o’tkazish imkoni bo’lmagan saqlashdan keyin foydalanishga kiritishda;
- o’lchash vositalarini uzoq muddatli saqlashga berish va saqlash davrida qaytadan konservatsiyalashda;
- tekshiruvlar orasidagi intervalning yarmigacha, o’lchash vositalarini iste’molchi – ishga tushmagan korxona – tayyorlovchiga berishda;
- saqlashdan keyin ombordan olingan o’lchash vositalarini foydalanishga kiritishdan avval.
O’lchash vositalarini inspeksion tekshiruvi deb, Davlat nazorati va idora nazorati o’tkazilayotganda amalga oshiriladigan tekshiruvlarga aytiladi. U ishlab chiqarish yoki ta’mirdan chiqarilayotgan hamda muomalada bo’lgan o’lchash vositalarini sozligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ekspert tekshiruvi o’lchash vositalarining metrologik tavsiflariga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda sozligi, ularning qo’llashga yaroqliligi bo’yicha baxsli savollar yuzaga kelganida amalga oshiriladi.
O’lchash vositalarini tekshirish me’yoriy – texnik hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Umumiy qo’llashga mo’ljallagan o’lchash vositalari uchun bunday hujjatlar davlat standartlari yoki “O’zsatandart” ning tekshirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalari hisoblanadi.