2.2 Kalibrlash labaratoriyalariga qo’yiladigan talablar. Har bir kalibrlash jarayoni maxsus kalibrlash labaratoriyalarida amalga oshiriladi. O‘lchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradigan laboratoriyalarni akkreditlash o‘lchashlarning birliligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Laboratoriyalarni akkreditatlash ularning akkreditatlash sohasida o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazishga vakolatli ekanligini, shuningdek bu laboratoriyalarning o‘lchash vositalarini kalibrlashning natijalaridan manfaatdor bo‘lgan tomonlarga qaram emasligini (mustaqilligini) tan olishdir.
O‘lchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradigan laboratoriyalarni akkreditatlash sohasi kalibrlanadigan o‘lchash vositalarining turlari va o‘lchash sohalari bo‘yicha guruhlar (tiplar) nomenklaturasini o‘z ichiga oladi. Zarurat bo‘lganda akkreditatlash sohasiga kalibrlanadigan o‘lchash vositalarining aniq tiplari kiritilishi mumkin. Akkreditatlangan laboratoriyalar faqatgina akkreditatlash sohasiga kiritilgan o‘lchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradi. O‘lchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradigan laboratoriyalarning akkreditatlanganligini tasdiqlaydigan hujjat besh yildan oshiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
“O‘zstandart” Agentligi tomonidan belgilangan tartibda vakil qilingan - kalibrlash laboratoriyalarini akkreditatlash bo‘yicha idora akkreditatlash bo‘yicha ishlarni ularni tekshiruvdan o‘tkazish asosida va ularning faoliyatini akkreditatlash idorasi tomonidan keyinchalik inspeksion tekshirish sharti bilan tashkil qiladi. Akkreditatlangan kalibrlash laboratoriyalarining faoliyatini inseksion tekshirishni o‘tkazish tartibi akkreditatlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi bilan bir paytda o‘rnatiladi.
Kalibrlash labaratoriyalariga qo’yiladigan talablar va ularni akkreditatsiyadan o’tkazish shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 292 – sonli qarorida keltirilgan Nizomga hamda O‘z DSt ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash labaratoriyalarini kompetentligiga qo’yiladigan umumiy talablar” standartida keltirilgan.
Men amaliyotda bo’lgan “Olmaliq KMK” AJ ning metrologik xizmati ham O‘z DSt ISO/IEC 17025 standarti asosida 2016 – yil akkreditatsiyadan o’tgan shu bilan bir qatorda “Olmaliq KMK” AJ ISO 9001:2015 sertifikatini ham olgan. Bunda ular faqatgina “Olmaliq KMK” AJ ga metrologik xizmat qilishi ko’zda tutilgan bo’lib, o’lchash vositalarini kalibrlash huquqiga ega. Mazkur metrologik xizmat barcha turdagi ishchi o’lchash vositalarini kalibrlash buquqqiga ega bo’lib akkreditatsiya sohasidan ularning ro’yhati keltirilgan. Ushbu metrologik xizmatni kombinatda “Markaziy Metrologiya Labaratoriyasi” (MML) olib boradi hamda shu sohadagi barcha ishlarga javobgar hisoblanadi. MML akkreditatsiya sohasi doirasidagi o’lchash vositalarini kalibrlash huquqiga ega shu bilan birga qiyoslashdan o’tkazilishi zarur bo’lgan o’lchash vositalarini qiyoslashdan o’tkazish bilan ham shug’ullanadi.
MML ning qoshida bir qancha labaratoriyalar mavjud bo’lib, ular ham bir qancha talablarga javob berishi zarur. Ya’ni labaratoriya me’yoriy hujjatlar bazasiga, namunaviy o’lchash vositalariga, kalibrlash huquqiga ega hodimlarga ega bo’lishi kerak.
Kalibrlash ishlarining tashkil qilinishi va bajarilishining sifat tizimi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Sifat tizimining hujjatlari uni bajarishi lozim bo‘lgan hodimlarga yetkazilishi lozim. O‘rnatilgan talablarga muvofiqlik kalibrlash ishlarini tashkil qilish va bajarishning sifati bo‘yicha qo‘llanmada keltirilgan aniq ma’lumotlar, faktlar, protseduralar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Tasdiqlovchi ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda muvofiqlikni deklaratsiyalashga yo‘l qo‘yilmaydi
Kalibrlash lаbоrаtоriyalаri аlоhidа binоlаrdа yoki umumiy binоlаrning аjrаtilgаn xоnаlаridа jоylаshtirilishi vа trаnspоrt yo’llаridаn uzоqlаshtirilishi lоzim. Shu mаqsаddа qiyoslаsh lаbоrаtоriyalаri xоnаlаrini birinchi qаvаtdа jоylаshtirish mаquldir.
Ishlаb chiqаrish binоlаri yuzаsining hisоbi sаnitаriya mе`yorlаrigа muvоfiq rаvishdа bir ishchigа 10 - 12 m2 hisоbidаn аmаlgа оshirilаdi. Bittа xоdim bir vаqtdа 2 - 3 qurilmаgа xizmаt ko’rsаtаdigаn hоllаrdа yuzаni bittа qurilmаgа 4,5-6 m2 hisоbidаn аniqlаnаdi. Xоnаlаrning bаlаndligi 3 m dаn kаm bo’lmаsligi lоzim. Lаbоrаtоriya xоnаlаri yorug’ bo’lishi lоzim, birоq quyosh nurlаrining to’g’ridаn-to’g’ri tushishigа yo’l qo’ymаslik kеrаk. Shu sаbаbli xоnаlаrning dеrаzаlаri shimоl tоmоndа bo’lаdigаn qilib tаnlаsh mаqsаdgа muvоfiqdir. Sun`iy yoritish sоchilgаn bo’lishi lоzim. Yoritilgаnlik ish o’rni sаthidа cho’g’lаnmа lаmpаlаrdа 150 lk dаn, lyuminеssеntli lаmpаlаrdа esа 300 lk dаn kаm bo’lmаsligi kеrаk. Оptik sаnоq qurilmаlаri bilаn ishlаshdа qоrоng’ulаshtiruvchi qurilmаlаr qo’llаnishi ko’zdа tutilishi lоzim. Xоnаlаrning dеvоrlаri yorqin tusli mоyli bo’yoqlаr bilаn bo’yalаdi. Dеvоrlаrning qоlgаn qismi vа shift оq bo’yoqqа bo’yalаdi.
Lаbоrаtоriyadа tеmpеrаturа rеjimigа аlоhidа tаlаblаr qo’yilаdi. Bаrchа o’lchаsh vоsitаlаri mе`yoriy tеmpеrаturаdа, оdаtdа, 20°C dа qiyoslаnishi lоzim. Hаvоning nisbiy nаmligi 40-80%, chеgаrаlаrdа bo’lishi lоzim.Shuni hisobga olgan holda har bir labaratoriya xonasida temperatura va namlikni kunlik qayd qilish daftari mavjud bo’lib, labaratoriya xonasiga javobgar hodim tomonidan yuritib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.Tеmpеrаturаni, nаmlikni va hаvоning tоzаligini ushlаb turishning eng sаmаrаli usuli kоnditsiоnеrlаrdаn fоydаlаnishdir.
Elеktr - rаdiо o’lchаsh аsbоblаrini qiyoslаshdаgi o’zigа xоs tаlаb bu mаgnit vа elеktr mаydоnlаr ta’sirining bo’lmаsligidаn ibоrаtdir. Shu mаqsаddа lаbоrаtоriyadа bаrchа аsbоblаrning yеrgа yaxshi ulаnishi ko’zdа tutilishi lоzim. Kuchli elеktrоmаgnit mаydоnlаr mаvjud bo’lgаnidа binоlаrni ekrаnlаshtirishni qo’llаsh lоzim. Оsоn elеktrlаnаdigаn sintеtik to’shаmаlаrni ishlatmaslik zarur. Bundаy qоplаmаlаr qo’llаnilgаn tаqdirdа stаtik zаryadlаrni chiqаrib оlish qurilmаlаri ko’zdа tutilishi lоzim. Xоnаlаrdаgi elеktr o’tkаzish simlаri ichki bo’lishi kеrаk. Ish o’rinlаrigа 6, 12, 127, 220 V li kuchlаnishlаr kеltirilgаn bo’lishi kеrаk.
Xоnаlаrni tаnlаsh vа jihоzlаrni o’rnаtishdа quyidagi xаvfsizlik tеxnikаsi qоidаlаri vа yong’in xаvfsizligi qоidаlаrigа riоya qilinishi lоzim:
- o’tishlаr kеngligi 1,5 m dаn kаm bo’lmаsligi kerak;
- stаtsiоnаr qurilmаlаr аtrоfidаgi bo’shliq 1 m dаn kаm bo’lmаsligi kerak;
- qurilmаlаrdаn vа аsbоblаr o’rnаtilgаn stоllаrdаn dеvоrlаr, dеrаzа vа isitish tizimlаrigаchа bo’lgаn mаsоfа 0,2 m dаn kаm bo’lmаsligi lozim;
- ish stоllаri оrаsidаgi mаsоfа bir ish o’rinli stоldа 0,8 m dаn, ikki ish o’rinli stоldа 1,5 m dаn kаm bo’lmаsligi kеrаk.
O’lchаsh vоsitаlаrini kalibrlashgа аjrаtilаdigаn vаqt mе`yorini ilmiy аsоsdа tаnlаsh kаttа аhаmiyatgа egа.Vаqt mе`yorlаri ishlаb chiqilаyotgаndа, o’lchаsh vоsitаlаrini kalibrlash turli mеtоdlаr bilаn, turli kalibrlash vоsitаlаrini qo’llаsh bilаn o’tkаzilishi mumkinligi hisоbgа оlinishi lоzim. Kalibrlash dаvоmiyligi uning turigа bоg’liq. Bu hоldа bittа o’lchаsh vоsitаsining o’zigа bir nеchа vаqt mе`yorlаri o’rnаtilishi mumkin. Kalibrlash ishigа vаqt mе`yori uning mе`yoriy shаrоitlаrdаgi dаvоmiyligini, shuningdеk, uning nаtijаlаrini ishlаb chiqish vа tаxt qilishni o’z ichigа оlаdi. Birоq ushbu nаtijаlаrni kеyin umumlаshtirish, o’lchаsh vоsitаlаrini kalibrlovchilаrning ish o’rinlаrigа оlib kеlish yoki ulаrning kalibrlаsh o’tkаzilаdigаn jоylаrgа bоrish dаvrlаrini hisоbgа оlmаydi.
Kalibrlash ishlarini bajaradigan kalibrlash laboratoriyalari O‘z DSt ISO/IEC 17025, bo‘yicha kalibrlash laboratoriyalarining vakolatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga mos kelishi, ya’ni:
a) resurslarga, rahbar va hodimlarga ega bo’lishi va ular tegishli holatlarda kalibrlash labaratoriyasi bilan bog’liq qarorlar qabul qilishi;
b) barcha turdagi axborotlarning maxfiyligini ta’minlash imkonini beruvchi siyosat va protseduralarni belgilashi, ularni elektron uzatilishi va maxfiyligini saqlanishini ta’minlashi;
d) kalibrlash laboratoriyasining tashkiliy va boshqarish strukturasini, uning korxona strukturasidagi o‘rnini va ishlab chiqarish sifatini boshqarish tizimidagi, texnik faoliyatdagi va yordamchi xizmatlar bilan o‘zaro bog‘lanishlarini belgilashi;
e) kalibrlashlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ishlarni bajarishda band bo‘lgan barcha hodimlarning javobgarligi, vakolatlari va o‘zaro munosabatlarini belgilashi;
f) kalibrlashni o‘tkazadigan hodimlarning har bir kalibrlashning uslublari va protseduralari, maqsadlari, shuningdek kalibrlashning natijalariga baho berish bilan tanish bo‘lgan xodimlar tomonidan nazorat qilinishini ta’minlashi;
g) kalibrlash laboratoriyasi ishining talab qilinadigan sifatini ta’minlash uchun umumiy javobgarlikni zimmasiga oladigan texnik ma’muriyatga ega bo‘lishi;
h) bitta hodimni sifat bo‘yicha boshqaruvchi qilib tayinlashi lozim, u boshqa funksiyalar va majburiyatlaridan qat’iy nazar, sifat uchun javobgarlikni zimmasiga olishi va sifat tizimini joriy qilish va uning doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan vakolatlarga ega bo‘lishi lozim.
O‘z DSt ISO/IEC 17025 standartiga ko’ra kalibrlash ishlarini o‘tkazish sifatini quyidagi omillar belgilaydi:
- inson omili;
- xonalar va atrof - muhit;
- kalibrlash uslublari;
- kalibrlash vositalari;
- o‘lchashlarni kuzatib borish;
- kalibrlanadigan o‘lchash vositalari bilan muomala qilish.
Kalibrlash labaratoriyasida boshqa o’lchash vositalari bilan bir qatorda bosim o’lchash asboblarini kalibrlash metodikalari bo’lishi kerak. Ular doimo nazorat qilinib, kerakli o’zgartirishlar kiritilib turilishi zarur.
Labaratoriya rahbariyari maxsus asboblar bilan ishlaydigan, ularda o’lchashlarni olib boradigan, o’lchash natijalarini baholaydigan hamda bayonnomalarni imzolaydigan hosimlarni vakolatlarini belgilab beradi va ularni malakasini doimo oshirib borishini ta’minlaydi. Har bir hodim ma’lum bir yo’nalishda kalibrlashga huquqli hisblanadi. Hodimlar bosim o’lchash asboblarini turi, tipi,ularning tuzulishi, ishlash prinsipi hamda maxsus kalibratorlari haqida to’la ma’lumotga ega bo’lishi zarur.
Atrof - muhit sharoitlari noto‘g‘ri natijalarga olib kelmasligi yoki har qanday o‘lchashlarning talab etilgan sifatiga noqulay ta’sir qilmasligini laboratoriya ta’minlashi kerak va quyidagilarga e’tibor berishi kerak: biologik sterilligi, chang, elektromagnit halaqitlar, radiatsiya, namlik, elektr ta’minoti, harorat, shovqin va titrash darajasi. Agar atrof - muhit sharoitlari kalibrlashlar natijalariga xavf tug‘dirsa o‘lchashlar to‘xtatib qo‘yilishi kerak. Bir - biriga mos kelmaydigan ishlar bajariladigan yondosh uchastkalar bir - biridan puxta ajratilgan bo‘lishi kerak. Bosim o’lchash asboblarini kalibrlash uchun maxsus kalibratorlardan yoki namunaviy manometrlardan foydalaniladi. Kalibratorlar va namunaviy manometrlarning o’zi esa qiyoslashdan o’tkaziladi. Kalibrlash labaratoriyalar bosim o’lchash asboblarini kalibrlashga moslashtirilgan bo’lishi kerak. Ya’ni xonani o’zi belgilangan me’yorlarga to’la javob berishi kerak hamda bosim o’lchash asboblarini kalibrlash metodikalari bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Bosim o’lchash asboblarini kalibrlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga to’la rioya qilish kerak. Masalan, moyda va kislorodda tekshiriladigan o’lchash vositalarini kalibrlash boshqa boshqa labaratoriya xonalarida olib borilishi zarur. Chunki, bunday holatda moy va kislorod o’zaro reksiyaga kirishib, portlab ketishi mumkun. Yoki elektr asboblari ham alohida ta’minlangan, himoyalangan xonalarda kalibrlanadi. O‘zaro ifloslantirilishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
Laboratoriyada tartib va tozalikni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
Labaratoriyada mijozlar ehtiyojiga ko’ra yoki oldindan qabul qilingan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kalibrlashlarning tanlangan usuli o‘zgarsa, tasdiqlashni takrorlash lozim. Laboratoriyada o‘lchash asbob - uskunalarni kerakligicha ishlashini va ifloslanishi yoki buzilishini oldini olish maqsadida ulardan xavfsiz foydalanish, transportda tashish, saqlash, qo‘llash va rejali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha protseduralar ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.Agar asbob - uskuna o‘ta yuklanishga duchor qilingan yoki noto‘g‘ri qo‘llanilgan, shubxali natijalar ko‘rsatgan, nuqsonli bo‘lgan yoki belgilangan chegaralardan chiqqan bo‘lsa, u ishlatishdan chiqarib qo‘yilishi kerak. Buning oldini olish maqsadida labaratoriyada foydalaniladigan o’lchash vositalari o’z muddatidab davlat nazoratidan o’tkazib turilishi kerak.
Xalqaro birliklar tizimiga laboratoriya tomonidan o‘tkazilgan kalibrlash va o‘lchashlarning kuzatuvchanligini ta’minlash uchun, kalibrlash laboratoriyalari uchun asbob – uskunalarni kalibrlash dasturi yaratilgan va ishlab turgan bo‘lishi lozim.Kalibrlash laboratoriyasi o‘z etalonlari va o‘lchash vositalari aloqasini SI birliklarining dastlabki etalonlari bilan bog‘laydigan kalibrlashlar yoki solishtirishlarning uzluksiz zanjiri vositasida belgilaydi. Bunga milliy etalonlar yordamida erishiladi. O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha chet tashkilotlar xizmatlaridan foydalanishda birliklar o‘lchamlarini uzatish bunday xizmatlar o‘z kompetentliligi, o‘lchash imkoniyatlari, kuzatuvchanligini namoyish eta oladigan laboratoriyalar tomonidan taqdim etilishi bilan ta’minlanadi.
Hozirgi vaqtda SI birliklarida bajarilishi mumkin bo‘lmaydigan kalibrlashlarning aniqlangan turlari mavjud. Bu hollarda kalibrlash muvofiq fizik kattalik birliklari etalonlaridan birliklar o‘lchamlarini berish yo‘li bilan o‘lchashlar ishonchliligini ta’minlashi lozim.
Kalibrlash labaratoriyalarini faoliyati akkreditatsiyadan o’tkazgan idora tomonidan isnpeksion nazorat yo’sinida doimo nazorat qilib turiladi.
Yuqoridagi talablarga to’la javob bera oladigan kalibrlash labaratoriyalarida amalga oshiriladigan kalibrlash ishlari natijalari har tomonlama ishonchli bo’lishi bilan birga, ko’p holatlarda birdek tan olinadi.
XULOSA
Bosim o'lchagichining ishlashi yuqori yuklarga bog'liq bo'lganligi sababli, qurilmaning noto'g'ri ishlashi uning ishlash muddatini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin. Avvalo, qurilmaning texnik hujjatlarida ko'rsatilgan ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga amal qilish kerak. Agressiv vositalarning bosimini o'lchash uchun mo'ljallanmagan yoki doimiy tebranishlarga bardosh bera olmaydigan, juda yuqori yoki past haroratni o'lchaydigan asboblarni ishlatmang.
Ya'ni, yangi qurilmani tanlashda, u ishlaydigan sharoitlarni hisobga olish kerak. Bosim o'lchagichlarning to'g'ri ishlashiga ta'sir qiluvchi eng muhim omillardan biri bu bosimni uzluksiz etkazib berishdir. Shu sababli, arzon avtomobil o'lchagichlari tezda ishdan chiqadi. Agar qurilma ish sharoitlariga mos ravishda tanlangan bo'lsa, unda u belgilangan barcha vaqt davomida to'g'ri ishlaydi. Hozirgi zamonaviy hayot har sohada aniqlikka va mukammal natijalarga
erishishni taqazzo qilmoqda. O'lchashlarning yagonaligini ta'minlash va shu
asosda o'lchash natijalarining metrologik kuzatilishi O’TXQ ning muhim va asosiy
masalalaridan biri ekanligi hammamizga ma’lum. Har xil davlatlarda o’lchov birliklarining turli tumanligi bozor iqtisodiyoti,
sog’liqni saqlash, ilm-fanni rivojlantirish, atrof-muhit muxofazasi va boshqa
sohalarda bir qator xatoliklar va noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Kurs ishi so’ngida shuni xulosa qildimki, dunyo bozorida
raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini oshirish uchun metrologiya, standartlashtirish
va sertifiktlashtirish sohasi faoliyatini rivojlantirishimiz zarurdir