O’lchash vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o’lchov birliklarining qo’llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash labaratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui.
O’lchash vositlarini kalibrlashdan asosiy maqsad, ularni haqiqiy qiymatlarini aniqlashdan iborat davlat nazoratini bir turi hisoblanadi. O’lchash vositalarini kalibrlash deb o’lchash vositalarini metrologik xarakteristikalarini haqiqiy qiymatlarini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan operatsiyalar majmuasiga aytuladi. O’lchash vositalarini kalibrlash etalonlar, namunaviy va yordamchi o’lchash vositalari, standart namunalar va namunaviy moddalar yordamida o’tkaziladi. O’lchash vositalarini kalibrlashni davlat metrologik xizmatlari yoki yuridik shaxslar metrologik xizmatlari amalga oshiradi. Buning uchun mazkur xizmat yuzasidan akkreditatsiyadan o’tgan bo’lishi kerak. O’lchash vositalarini kalibrlash yuzasidan akkreditatsiyadan o’tish shartlarini “O’zstandart” agentligi belgilaydi yoki O’z DSt ISO/IEC 17025 standarti asosida o’rnatiladi. Kalibrlash ishlarini amalga oshirish uchun mutaxasislar tegishli kvalifikatsiyan o’tkaziladi. Kalibrlash natijasiga ko’ra mazkur o’lchash vositalaridan foydalanish bilan bog’liq qaror qabul qilinadi. Kalibrlash ishlari uchun to’lovlar shartnomada kelishiladi shu asosida amalga oshiriladi.
O’lchash vositalarini kalibrlash ham dastlabli va qayta kalibrlash turlarga bo’linadi. Dastlabki kalibrlashdan me’yoriy hujjatlarda belgilangan aniq tipli namunaviy o’lchash vositalari, ta’mirdan chiqqan namunaviy o’lchash vositalari va respublika hududida foydalanishda bo’lgan, ishlab chiqarilgan va ta’mirdan chiqqan o’lchash vositalari o’tkaziladi.
Qayta kalibrlash esa o’lchash vositalarini davriy va navbatdan tashqari kalibrlashga bo’linadi. O’lchash vositalarini davriy kalibrlash metrologik tekshiruvi va nazorati doirasida “O’zstandart” agentligining tavsiyasiga ko’ra amalga oshiriladi. O’lchash vositalarini kalibrlashga qabul qilish uchun akt kerak bo’ladi. Quyidagi holatlarda o’lchash vositalarini navbatdan tashqari kalibrlash amalga oshiriladi:
- kalibrlashlararo oraliqlarni to’g’rilash zarur bo’lganida;
- kalibrlash tаmg’аsi buzilgаnidа yoki kalibrlash hаqidаgi guvоhnоmа yo’qоtilgаndа;
-o’lchаsh vоsitаlаrini uzоq sаqlаshdаn kеyin (bittа kalibrlashlаr o’rtаsidаgi оrаliqdаn оrtiq) ishlаtishgа yo’l qo’yilgаnidа;
-kalibrlаsh o’rtаsidаgi оrаliqning yarmigа tеng muddаt o’tgаnidаn so’ng o’lchаsh vоsitаlаrini butlоvchi qismlаr sifаtidа qo’llаnilgаndа.
O’lchash vositalarini kalibrlashga ekspluatatsion hujjati bilan yoki boshqa metrologik xarakteristikalari ko’rsatilgan hujjat bilan taqdim qilinadi. O’lchash vositalarini kalibrlashga yuridik shaxslar, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslar ariza bilan murojaat qilishi mumkun. Arizachi o’z arizasida o’lchash vositalarini aynan qaysi metrologik xarakteristikalarini kalibrlash kerakligini ko’rsatishi kerak.Shu bilan birga o’lchash vositasini me’yoriy hujjatlardagi aniq talablarga ko’ra muofiqligini baholashi ham mumkun. Topshiriladigan ariza namunasi
О‘z DSt 8.029:2014 standartining A ilovasiga muofiq rasmiylashtiriladi. Ariza mazkur o’lchash vositasini kalibrlash huquqiga akkreditlangan labaratoriya tomonidan o’tkaziladi.
O’lchash vositalarini kalibrlash labaratoriyasining kalibrlashga muvofiq metodi bilan amalga oshiriladi.O’lchash vositalarini kalibrlash metodlari:
- bir yoki bir necha o’lchash vositalarini guruhlariga;
- bir yoki bir necha o’lchash vositalarini tiplariga;
- yagona nusxadagi o’lchash vositalariga nisbatan reglamentlanishi mumkun.
O’lchash vositalarini kalibrlash metodlari O’zbekiston Respublikasi Stanartlashtirish Davlat Tizimi qonun – qoidalariga muvofiq tuzuladi. Ular xalqaro, davlatlararo yoki davlat standartlariga mos bo’lishi kerak. O’lchas vositalarini kalibrlash metodlariga umumiy talablar О‘z DSt 8.029:2014 standartining B ilovasiga ko’ra tuzuladi. Ularni rasmiylashtirish О‘z DSt 1.6 standartiga ko’ra amalga oshiriladi.
O’lchash vositalarini diapazoni va metrologik xarakteristikalarni aniqligi baholash (o’lchash natijalarini nomuofiqligi, sezgirligi, xarakteristikalarini to’g’ri chiziqliligi va boshqalar) , o’rnatilagan kalibrlash jarayoni, kalibrlash metodlari va muvofiqligi arizachi talablariga mos holda belgilanadi.
Kalibrlash metodikasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:
- qo’llash doirasi;
- me’yoriy hujjatlarga ilovalar;
- atama va ta’riflar;
- kalibrlash operatsiyasi;
- kalibrlash vositalari;
- xavfsizlik talablari;
- hodimlarga talablar;
- kalibrlash sharoiti;
- kalibrlashga tayyorgarlik;
- kalibrlashni o’tkazish;
- o’lchash natijalarini qayta ishlash;
- kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish;
- o’lchashlarni noaniqligi.
O’lchash vositalarini kalibrlashni o’tkazish quyidagi ketma – ketlikda o’tkaziladi:
- o’lchash vositalarini kalibrlash uchun topshirilgan arizada aynan qaysi metrologik xarakteristikalar kalibrlanishi belgilanadi;
- kalibrlashni texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda namunaviy o’lchash vositalari yoki etalonlar tanlanadi;
- metodlar arizachi bilan kelishgan holda qayta ishlanadi;
- o’lchash vositalarini ekspluatatsion hujjatiga muvofiqligi tekshiriladi;
- o’lchashlar amalga oshiriladi;
- aniqlik xarakteristikalarini baholashga ko’ra o’lchash natijalari qayta ishlanadi;
- kalibrlash natijalarini rasmiylashtiriladi;
- arizachiga o’lchash vositalari va kalibrlash natijalari taqdim etiladi.
Kalibrlashdan quyidagi o’lchash vositalari o’tkaziladi:
- ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida ishlatiladigan o’lchash vositalari;
- savdoda va hisobga olishda ishtirok etadigan o’lchash vositalari;
- tayyor mahsulotning sifat ko’rsatgichlarini baholashda qo’llaniladigan o’lchash vositalari;
- etalonlar va korxonalarning namunaviy o’lchash vositalari;
- atrof – muhit xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan o’lchash vositalari;
- bosim, temperatura va elektr energiyasini o’lchash jarayonlarida foydalaniladigan o’lchash vositalari.
Bosim o’lchash vositalarini kalibrlashda uning haqiqiy xarakteristikalari aniqlanadi. Bosim o’lchash vositalari maxsus kalibrlash labaratoriyalarida, me’yoriy hujjatlar asosida kalibrlanadi. Kalibrlash ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.Ushbu jarayonda bosim o’lchash asboblarining haqiqiy metrologik xarakteristikalari, o’lchashlar noaniqligini baholanishi va o’lchash vositasini metrologik yaroqliligi tekshiriladi. Bosim o’lchash vositalarini kalibrlash jarayonida kalibrlanishi talab qilinayotgan o’lchash vositaning aniqlik kalssidan kamida ikki marta aniqroq bo’lgan namunaviy yoki etalon o’lchash vositasidan foydalaniladi. O’lchash vositasining o’lchash diapazoniga ko’ra avval bir qancha tekshirilishi zarur bo’lgan nuqtalar belgilab olinadi. Bunday nuqtalar soni to’rttadan kam bo’lmasligi kerak. Shundan so’ng, namunaviy asbobning mazkur belgilangan nuqtalaridagi ko’rsatgivhlari gradirovka jadvalidan yozib olinadi va ushbu ko’rsatgichlar bilam kalibrlanayotgan o’lchash vositasining ko’rsatgichlarilari solishtiriladi. Ular o’rtasidagi farq ruhsat etilgan qiymat orasida bo’lsa yaroqli deb topiladi.
Kalibrlash natijalari O’z DSt ISO/IEC 17025 standarti talablariga ko’ra protokollar asosida rasmiylashtiriladi va О‘z DSt 8.029:2014 standartining D ilovasiga ko’ra kalibrlash sertifikati taqdim etiladi. O’lchash natijalari protokol orqali rasmiylashtiriladi. Kalibrlash sertifikatida setifikat nomeri, o’lchash vositasining nomi, tipi, zavod raqami, namunaviy o’lchash vositasi haqida ma’lumot, kalibrlash usuliyati, buyurtmachi haqida ma’lumot o’z aksini topadi. Arizachi o’lchash vositasini qo’shimcha xarakteristikalariga ko’ra baholanishini talab qilishi mumkun.
Kalibrlash kleymalari О‘z DSt 8.008 standartidagi namunalariga ko’ra uriladi.
O’lchash vositalarini kalibrlash natijalari Respublika hududida hamda shartnoma asosida boshqa davlatlarda ham tan olinadi.