Texnik jixatdan tartibga solish



Yüklə 121,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü121,13 Kb.
#164666
  1   2
9-Amaliy mashg\'ulot



9-MAVZU. “TEXNIK JIXATDAN TARTIBGA SOLISH” AGENTLIGI, 
XALQ XО‘JALIGI BOSHQARUVI IDORALARI TARKIBIDA UNING 
О‘RNI. YURIDIK SHAXSLARNING METROLOGIK XIZMATI 
 
9.1. “O‘zstandart” agentligi, xalq xo‘jaligi boshqaruvi idoralari tarkibida 
uning o‘rni 
O‘zbekiston hududida davlat metrologik xizmatini O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zstandart” agentligi boshqaradi. Davlat 
metrologik xizmati tarkibiga “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish” markazi har bir 
viloyatda viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari va Toshkent 
shahrida Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi kiradi. Bundan tashqari, 
DMX tarkibiga O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI), “Etalon” zavodlari kiradi.
DMX tuzilmasida standartlashtirish va metrologiya markazlari faoliyatining 
yo‘nalishini aniqlovchi uch kompleks ko‘zda tutilgan: 
-
standartlar va TSHni joriy etish va rioya qilish ustidan nazorat; 
-
xalq xo‘jaligini metrologik ta’minlash; 
-
tashkiliy-metodik ish. 
“O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasida sobiq Davstandartning 
huquqiy vorisi deb belgilanganligi munosabati bilan, ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan 
tashqari “O‘zstandart” agentligiga avval sobiq Davstandart amalga oshirgan 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarning qator 
vazifa va yo‘nalishlarini qo‘shimcha amalga oshirish yuklatildi. DMX faoliyati 
yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, “O‘zstandart” agentligining asosiy maqsadi 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish yo‘li bilan mahsulot raqobatbardoshliligi va 
o‘lchashlar birliligini ta’minlash muammosini echishda respublika xalq xo‘jaligiga 
ko‘maklashish hisoblanadi: 
-
respublika 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish 
tizimlarining ishlashi va takomillashishini ta’minlash, ularning Mustaqil Davlatlar 
Hado‘stligi davlatlararo standartlari, xalqaro mintaqaviy va chet el standartlari bilan 
uyg‘unlashishi; 
-
standartlar va texnikaviy shartlarda mahsulot va xizmatlarning inson hayoti 
va sog‘ligiga xavfsizligini ta’minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga
moslashuvchanlik va o‘zaro almashinuvchanlikka yo‘naltirilgan majburiy talablarni 
o‘rnatish; 
-
standartlar va texnikaviy shartlarning inson hayoti va salomatligi, atrof-
muhitni 
muhofaza 
qilish, 
mahsulotning 
moslashuvchanligi 
va 
o‘zaro 
almashinuvchanligi bilan bog‘liq majburiy talablari qismida davlat va iste’molchilar 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida respublikaning barcha korxona va 
tashkilotlarida davlat baholashi va sifat tekshiruvi, shuningdek eksportga 
chiqarilayotgan mahsulot sifatining davlat tekshiruvi; 
-
birinchi navbatda sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lgan oziq-ovqat 
tovarlarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va eksportga chiqarilayotgan 
mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish; 


-
respublika standartlarini, TSH, mahsulotga (xizmatlarga) korxona 
standartlarini va ularga o‘zgartishlarni tasdiqlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 
-
respublika xalq xo‘jaligini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash; 
-
o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash, muvofiq darajada saqlash 
va ushlab turish hamda fizik kattaliklar birliklari etalonlarini rivojlantirish va ularni 
namunali o‘lchash vositalariga uzatish; 
-
davlat metrologik nazorati; 
-
moddalar va materiallar standart namunalarini attestatlash bo‘yicha ishlarni 
tashkil etish; 
-
o‘lchash vositalari davlat sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish; 
-
SSM, IMX, sinov markazlari, o‘lchash, tahlil, kalibrlash va boshqa 
laboratoriyalarni akkreditlash; 
-
standartlashtirish, metrologiya va mahsulotni sinash va sertifikatlashtirishni 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, istiqbolli rejalari va uzoq muddatli 
prognozlarini ishlab chiqish; 
-
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qonuniy 
dalolatnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish; 
-
standartlashtirish, metrologiya, sifat boshqaruvi, mahsulotni sinash va 
sertifikatlashtirish sohasidagi yutuqlarning ilmiy-texnikaviy tashviqoti; 
-
mahsulotning davlat nazorati va sertifikatlashtirish natijalarini tahlil qilish 
va bu asosda mahsulot sifati va raqobatbardoshliligini oshirish va sifatni ta’minlash 
tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; 
-
standartlashtirish, metrologiya, sifat boshqaruvi, mahsulotni sinash va 
sertifikatlashtirish sohasida muxandis-texnik kadrlarni tayyorlash; 
-
standartlashtirish, metrologiya, sifat boshqaruvi, mahsulotni sinash va 
sertifikatlashtirish sohasida chet el firmalari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar va ilmiy-
texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish; 
-
standartlar ustidan davlat nazoratining avtomatlashtirilgan tizimini va 
davlat metrologik nazoratini (ASU - davnazorat) yaratish; 
-
metodik boshqaruvni ta’minlash va standartlashtirish, metrologiya, 
mahsulotni 
sinash 
va 
sertifikatlashtirish 
sohasida 
vazirliklar, 
idoralar, 
assotsiatsiyalar, tashkilotlar faoliyatini koordinatlash. 

Yüklə 121,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin