3 – amaliy: Qonunlashtiruvchi metrologiya soxasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va metrologiya xizmat. Ishning maqsadi



Yüklə 21,01 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2022
ölçüsü21,01 Kb.
#76445
  1   2   3   4
3 AMAL


3 – amaliy:
Qonunlashtiruvchi metrologiya soxasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va metrologiya xizmat.


Ishning maqsadi:
— Metrologiya soxasidagi asosiy xalqaro tashkilotlar va ularning metrologiya tekshiruvidagi axamiyati bilan talabalarni tanishtirish
— Metrologiya soxasida asosiy xalqaro tashkilotlarning asosiy vazifalari bilan tanishtirish
Kerakli qurilma va materiallar:
— Tarqatma material
kompyuter qurilmasi;
— o‘quv kurollari;
2.Nazariy qism.
Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya, G‘arbiy Evropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi. Anashu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari xususida qisqacha ma’lumot beribo‘tish maqsadga muvofiqdir.
2.1Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti — Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mitasi (1918 y), Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi. Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi. 1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro s’ezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari bo‘yicha 32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISAning faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946—1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda. ISOning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni engillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviyva iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: − dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda uyg‘unlashtirishni engillashtirish uchun choralar ko‘rish; − xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin); − o‘z qo‘mita a’zolarining va texnikaviy qo‘mitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish; − sohaviy masalalar bo‘yicha manfaatdor bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi. ISO rahbar va ishchi qo‘mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi — Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo‘mitalari va markaziy sekretariati kiradi. ISOda prezident, vitse—prezident, g‘aznachi va bosh sekretar lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya – ISOning Oliy Rahbari bo‘lib, ISOning yig‘ilishi uch yilda bir marta bo‘ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi. Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida etakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi. ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qo‘mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‘riladi. Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlash—tirish tashkilotining tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi. Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim voqealaridan biri ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi 92— davlat sifatida qabul qilinishi bo‘ldi. ISO xalqaro standartlashtirish tashkilotining strukturasi keltirilgan Endilikda O‘zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a’zolaridan biri hisoblanadi. 1 yanvar 2001 yilga nisbatan ISO xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar soni 138 ga etdi. Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo‘yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o‘zining bir qator me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqdi, bu hujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 21,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin