Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57



Yüklə 39,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.12.2023
ölçüsü39,63 Kb.
#184266
  1   2
korxonalarda-boshqaruv-usullarini-qollash



JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
Page 2/5 
KORXONALARDA BOSHQARUV USULLARINI QO'LLASH 
Siddikov A.A. 
SamISI “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi 
Annotatsiya.
Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib 
borayotgan korxonalar boshqaruv tizimini takomillashtirish, korxonalarda boshqaruv 
usullarini qo’llash orqali samaradorlikka erishish imkoniyatlari bo’yicha muallif 
tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Kalit so’zlar:
menejment, iqtisodiyot, korxona, boshqaruv usullari. 
Abstract.
In this article, the author's opinions on improving the management 
system of enterprises operating in our country today, the possibilities of achieving 
efficiency through the use of management methods in enterprises, and suggestions 
and recommendations are developed. 
Key words:
management, economy, enterprise, management methods. 
Hozirgi paytdagi Respublikamiz milliy iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan 
sanoat korxonalarida ham boshqaruv tamoyillarini tubdan qayta ko’rib chiqishni 
taqozo etmoqda. Bu borada Respublikamiz Prezidenti quyidagilarni ta‘kidlab o’tdi: 
―... korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni 
yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. 
Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo’naltirilgan va 
mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir. 
Bu o’rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq 
dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo’yilmoqda. O’z navbatida, bu 
mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini 
ta‘minlash imkonini beradi.
Shuning bilan birga modernizatsiya va xalqaro standartlarga o’tish nafaqat 
ishlab chiqarish vositalariga balki boshqaruv tizimiga ham bevosita bog’liqdir. 
Mamlakatimizda beqiyos iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda 
yangicha dunyoqarashdagi zamonaviy rahbarlar faoliyati muhim ahamiyatga egadir. 
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, “O’zbekistonimizning 
ertangi kuni ma‘naviy-madaniy barkamol, ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash 
qobiliyatiga ega bo’lgan, zamonasining ilmiytexnika taraqqiyoti talablariga mos, 
kasb-kor mahoratini o’zida mujassam etgan, g’ururi baland, iymoni butun, irodasi 
baquvvat, chinakam vatanparvar, insofli va oriyatli insonlar qo’lida deb aytsak, aslo 
mubolag’a bo’lmas. 
Respublikamizda bozor munosabatlarining joriy etilishi natijasida iqtisodiyot 
tarmoqlarida xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik tuzilmalari jadal 
rivojlanmoqda. Albatta bu o’zgarishlarning markazida inson, uning mehnati, undagi 
tadbirkorlik salohiyati yotadi. Bu jarayonda yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni tadqiq etish menejment fanining vazifasidir. Iqtisodiy adabiyotlarda 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
Page 2/6 
tashkilot, korxona, firma, korporatsiya, kompaniyalar tirik organizmga qiyoslanadi. 
Unga ko’ra tashkilot yoki korxona tug’ilishi, ulg’ayishi va tanazzulga yuz tutishi 
tabiiy holdir.
Menejment fanida tashkilotga – yagona maqsad yo’lida birlashgan insonlar 
majmui deb ta‘rif beriladi. Demak, har qanday korxona inson resurslaridan tashkil 
topadi. Shunday ekan, tashkilot muvaffaqiyatini ya‘ni belgilangan maqsadga 
etishishini ko’p jihatdan undagi kishilarning tayyorgarligi, xohishi va ishbilarmonligi 
ta‘minlaydi. Bu esa tashkilot yetakchilari, ya‘ni rahbarlardan ishga alohida mas‘uliyat 
bilan yondashishni talab etadi.
Xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan boshqarish tushunchasiga turlicha 
ta‘riflar beriladi jumladan M.X.Meskon, M.Albert, F. Xedourilar: “Boshqarish – bu 
tashkilotning maqsadlarini aniqlash va ularga erishi uchun rejalashtirish, tashkil etish, 
motivatsiya va nazorat jarayonidir” deb ta‘rif beradilar. P.F.Druker esa boshqaruvga 
“... betartib olomonni samarali va mahsuldor guruhga aylantiruvchi alohida faoliyat 
turidir” deb hisoblaydi. S. G’ulomov o’zining “Menejment asoslari” nomli kitobida 
menejmentga shunday ta‘riflar beradi: 
1. Menejment - bu iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan 
alohida boshqaruv turidir.
2. Menejment iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda 
olishni ko’zda tutadi.
3. Menejment – bu maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki bu mehnatni 
samarali tashkil qilishga yo’naltirilgan boshqaruv.
4. Bu mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishni o’z vazifasi deb 
biluvchi boshqaruvdir.
5. Menejment – bu yuqori malakali boshqaruvdir. Bu tashkiliy faoliyat turi 
bo’lib, uning muhim bo’g’ini, bu aniq boshqaruv sharoitlarini, yangiliklar loyihasini 
ishlanishi, tashkilot taraqqiyotining taktikasi va strategiyasi, shuningdek, boshqalarni 
har tomonlama va aniq tahlil qilishdir.
6. Menejment o’zining egiluvchan va uddaburon boshqaruv tizimi deb biladi, 
o’z vaqtida qayta tuzilish, bozor kon‘yunkturasi, hamda raqobat kurashi, ijtimoiy 
taraqqiyot omilini ziyraklik bilan seza olish qobiliyatiga ega.
7.Menejment – bu shunday faoliyatki, bunda inson xarakatlarini tayyorlash, 
tashkil qilish va to’g’ri yo’lga solish haqidagi san‘atdir.
M.Qosimov tomonidan: “Menejment – bu tashkilotning maqsadiga 
erishishidagi munosabatlar va faoliyatlarni rejalashtirish, resurslardan samarali 
foydalanishni tashkil etish, mehnat taqsimotini oqilona muvofiqlashtirish, xodim 
orasida moyillik mexanizmini adolatli qo’llash va ularning bajarilishini nazorat 
qilishdir. Buning uchun hodisalar, jarayonlar, munosabatlar va xizmatlar haqida 
ma‘lumotlar to’planadi, ularga ishlovlar beriladi, tahlil qilinadi, o’rganiladi, 
boshqaruv echimlari qabul qilinadi rahbarlar rahnamolik qiladi”, – deb ta‘rif beriladi. 
Har bir sanoat korxonasi ichida o’ziga xos boshqarish nuqtai nazari bor. 
Korxonadagi ichki bo’lim va bo’linmalardagi turli jarayonlar, me‘yorlar, yechim 
qabul qilish, kommunikatsiya kabilar boshqaruv apparatiga bevosita ta‘sir ko’rsatadi. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
Page 2/7 
Bu jarayonda salmoqli o’rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab 
chiqarishni boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning 
rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi. 
Sanoat korxonalarida boshqaruvning funksional strukturasini quyidagi 1 – rasm 
orqali aks ettirish mumkin: 

Yüklə 39,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin