12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə1/19
tarix18.12.2022
ölçüsü312,25 Kb.
#75995
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI


12-МАVZU: RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI


REJA:



  1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari

  2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni

  3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari

  4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli



Ish haqi, tarif stavkasi, nominal ish haqi, real ish haqi, mehnat, sug’urta, nafaqa, Sey va Klark nazariyasi, «Yashash uchun vosita minimumi»


Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari
Наг kuni qariyb 143 millionga yaqin Amerikaliklar ishga boradilar. Biz minglab turli hil korxonalarda turlicha kasblarda faoliyat ko’rsatamiz va turli miqdordagi ish-haqi olamiz. Bizning soatbay yoki oylik maoshlarimizni qanday belgilanadi? Nima sababdan etakchi oliy ligadagi beysbol o’yinchisi yiliga $15 million yoki undan ko’proq pul topadi-yu, vaholanki, oddiy maktab o’qituvchisining yillik daromati atigi $50000ni tashkil etadi. Nima ucliun muhandislik va buxgalteriya hisob yо’nalishini tamomlagan talabalarning boshlang’ich oylik maoshlari jurnalistika va jamiyatshunoslik yo’nalishini tamomlarnikidan yuqoriroq? Ishchi kuchiga bo’lgan talabni belgilovchi asosiy omillar namoyon bo’lgach, endi bu savollarga javob berish maqsadida ishchi kuchiga bo’lgan taklifni muhokama qilamiz. Umuman olganda, har bir kasbda yillik yoki oylik maoshlarni belgilashda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’zaro ta’sirga ega hisoblanadi. Birgalikda, o’sha ishchi va xizmatchilarga to’lanadigan ish-haqilar Amerika resurs ta’mino’lchilariga to’lanadigan barcha daromatlarning 71 foizini tashkil etadi. Belgilangan tartibdagi ish haqilar korxona yoki biror muassasa boshliqlariga ishchi kuchi uchun belgilagan narxlar hisoblanadi. Ish haqlar nafaqat bevosita naqd pul tolovlari, oylik maoshlar, mukofotlar, vositachilik haqi va miialliflik gonorarini o’z icliiga oladi, balki pullik ta’tillar, sog’liq sug’urtalari va nafaqalar kabi qo’shimcha imtiyozlarni ham qamrab oladi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, ish haqi iborasi soatbay asosda hisoblanishi mumkin bo’lgan barcha to’lov va foydalarni anglatadi.
Bu bizga tarif stavkasi mehnat xizmatlarining har bir soati uchun to’lanadigan narx hisoblanishini yodga soladi. Shuningdek, keling endi tarif stavkasi bilan mehnat daromadi orasidagi farqni aniqlab olaylik. Mehnat daromadi ishlangan soat miqdorini soatbay tarif stavkasiga ko’paytirish orqali topiladi. Yana, bundan tashqari, nominal ish haqi bilan real ish haqi orasidagi tafavutnni aniqlab olish zarur. Nominal ish haqi bir yil, bir soat yoki bir kunda olinadigan pul mablag’i miqdori hisoblanadi. Real ish haqi esa ishchi nominal ish haqiga sotib olinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmat turi arming miqdori hisoblanadi; real ish haqi nominal ish haqining “sotib olish imkoniyati”ni ko’rsatadi. Sizning real ish haqingiz nominal ish haqi va siz harid qiladi gan tovar va xizmatlarning narxlariga bog’liiqdir. Aytaylik, ma’lum yil mobaynida nominal ish haqingiz 5 foizga ko’tarildi, ammo ayni shu yili narxlar darajasi 3 foizga oshdi. Unda sizning real ish haqingiz 2 (=5%-3%) foizga ko’tarilgan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo'Isak, nandarning umumiy darajasi o'zgarmay qolaveradi. Ya'ni, biz faqat real ish haqilarni muhokama qilamiz1. Ish haqining mazmunini to'g'ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to'g'risida tasawurga ega bo'lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo'yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko'pchiligida ouch omilo deb nomlanuvchi nazariya keng tanjalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri frants olimi J.B.Sey oishlab chiqarishning uch omili" degan g'oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, er va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o'rtasida taqsimlanadi, deb ko'rsatadi. Uning bu g'oyani amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo'shilgan omil (so'nggi qo'shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g'oyasiga asos bo'lib xizmat qiladi. Klark o'zining “Boyliklarning taqsimlanishi" nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o'rtasida ularning har bin yaratgan mahsulot miqdoriga (ya'ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko'rsatdi.
Sey va Klark g'oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:
a) kapital, er va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchalasi tovar yoki xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko'rsatiladi;
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi o'rtasida mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko'payishi asoslanadi.
Ammo bu g'oyalarning kamchiligi ham mavjud bo'lib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to'g'ri kelmaydi.
1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi Klark etarli darajada rivojlanmagan davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama taysiflni va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xii xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va er tovar nafliligini yaratishda passiv mishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, War faqat eskirishiga teng,
2. Klark tomonidan yaratilgan qo’shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko’r-ko’rona xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to’xtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to’g’ri kelmaydi.
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to’g’rirog’i milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o’rtasida taqsimlanadi.
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko’rsatadilar. Lassalchilar, birinchi dan, boylik faqat gina mehnatning natijasi bo’hnasdan, uni yaratishda er (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekanligini unutdilar. Ikkinchidan, ulaming yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlash zarur degan g’oyalari mutlaqo noto’g’ri bo’lib, bunday holatda mahsulotni ko’paytirishga ishlab chiqaruvchilar o’rtasida hech qanday qiziqish bo’lmasligi o’z-o’zidan tushunarlidir, Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Ittifoqda mahsulot va daromadlar davlat qo’lida bo’lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g’oya hukmron bo’ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi. Davlat, parti ya va xo’jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko’pcliilik q ism ini o’z xohishlaricha davlat foydasiga taqsimladilar va turli yo’llar bilan o’zlashtirib, undan foydalandilar, shu vaqtning o’zida mehnatkashlar o’z mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar. Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalami hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatishga harakat qilamiz:

  1. umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash har doim bir xil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarislming moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, erga esa davlat mulki mavjud bo’lgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta umumjamiyat manfaatlarini ko’zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;milliy mahsulotdan eng awalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i, amortizatsiya summasi ajratib qo’yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;

v) undan keyin turli xil tabiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni bir maromda to’xtovsiz amalga oshirishni kafolatlash uchun sug’urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hay otini va melmatini qo’riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sog’liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko’pdan-ko’p davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi).
Yalpi iclilci mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, er egalari va ishchi kuchi egalari o’rtasida taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari - mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko’rmishini oladi. Ish haqlar mamlakat lar, hududlar, kasblar va yakka tartibdagi jismoniy shaxslar orasida turli hil darajada belgilanadi. AQShda tarif stavkalari Xitoy yoki Hindistondagidan ancha ko’proq. Tarif stavkasi AQShning janubiga qaraganda shimoliy va sharqiy qismida ham biroz yuqoriroq hisoblanadi. Suvsozlarga AQSh Milliy Futbol Ligasi (AMFL) o’yinchilariga qaraganda kam ish haqi to’lanadi. Bir doktor boshqasiga qaraganda ayni bir soatda bajargan ishi uchun turlicha ish haqi olishi mumkin. Tarif stavkalari, shuningdek, jins, irq va etnik kelib chiqish orasida ham farq qilishi mumkin. O’rtacha olganda ish haqining umumiy darajalari turli darajadagi tarif stavkalarini o’z ichiga oladi. Bu shuningdek, bank ishchilari, sartaroshlar, g’isht teruvchilar, va jarrohlarning ish haqlarini ham tashkil etadi. Bunday ish liaqlarini o’rta hisobda ko’rsatgan holda mamlakatlar va hududlar orasidagi ish liaqlarini.9 osongina taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz.



Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin