Muhandislik texnologiyalari



Yüklə 370,77 Kb.
səhifə1/14
tarix02.06.2023
ölçüsü370,77 Kb.
#123067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
“ISHLAB CHIQARISHNING MUVOZANAT HAJMINI ANIQLASH USULLARI KEYNSCHA(1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: “ISHLAB CHIQARISHNING MUVOZANAT DARAJASINI ANIQLASH USULLARI. KEYNSCHA VA KLASSIK MODELLAR”


Ilmiy rahbari: dots. Tursunov A.M.
Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari”
fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)
bo`yicha 1-kurs 146-22 guruh talabasi
Axtamov Umidjon
TOSHKENT-2023

MUNDARIJA


KIRISH 2
I-BOB. MAKROIQTISODIY MUVOZANATNING MODELLARI. ISHLAB CHIQARISHNING MUVOZANAT XAJMINI ANIQLASH USULLARI 5
1.1.Iqtisodiy muvozanat tushunchasi va uning turlari 5
1.2. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlik 12
1.3.Ishlab chiqarishning muvozanat darajasini aniqlash usullari 28
II-BOB KLASSIK VA KEYNSIY MODELLARDA MAKROIQTISODIY MUVOZANAT 34
2.1. Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli 34
2.2. Makroiqtisodiy muvozanatning Keyns modeli 41
XULOSA 51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 52


KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yаngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘si sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadi belgilangan1.
Ushbu vazifalarni bajarishda erishishda O'zbekistonda ishlab chiqarishning muvozanat hajmini aniqlash usullari bilan bog‘liq masalalar alohida ahamiyat ega. Chunki Iqtisodiyotning inqirozsiz, barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlar o‘rtasida ma’lum muvozanat talab etiladi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli.
Makro darajadagi umumiy iqtisodiy muvozanat mamlakatning butun iqtisodiyotining muvofiqligi hisoblanadi. U barcha sohalar, tarmoqlar va firmalarning normal rivojlanishini ta’minlaydigan, iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilarini, shuningdek, barcha bozorlarda o‘zaro bog‘liq muvozanatlarni o‘z ichiga oladi. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda iqtisodiy nisbatlar alohida o‘rin tutadi.
Iqtisodiyotda muvozanat holatini ta’minlashda yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlik xamda uni darajasini aniqlash usullarini tadqiq qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi: Ishlab chiqarishning muvozanat hajmini aniqlash usullari bilan bog‘liq masalalarni nazariy asoslar va amaliy jixatlarini tadqiq etish, umumlashtirish va asosida tegishli xulosalarni chiqarishdan iborat

Yüklə 370,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin