Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tarixi. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari



Yüklə 1,51 Mb.
tarix05.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#108130
Mirjalol Shonozarov


Bajardi:Shonozarov M.
Tekshirdi:Ulug`murodov F
Mavzu:
Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari va xorijiy davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi
Reja:
  • Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tarixi.
  • Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
  • Raqamni iqtisodiyotning boshqa davlatlari tutgan o`rni

Hozir butun dunyo bo‘ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda.
 yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechiradi.
Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga bosqichma-bosqich chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko‘rsatilmoqda:
  • axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;
  • yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar va boshqalar singari);
  • o‘ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish;
  • autsorsing, o‘zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini keng targ‘ib qilish;
  • muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan professional tarmoqlarni yaratish.

Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.
«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.
Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.
Singapur davlati
Mamlakatda kelajak qo‘mitasi bor. Tashkilot doim chetdan sarmoyalarni ko‘proq jalb etish va bu jarayonni tobora soddalashtirishni nazorat qilib keladi. Mamlakat milliy xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun suv bilan havodek zarur kiberxavfsizlik bo‘yicha aholini yoppasiga o‘qitishni tavsiya qilgan ham shu qo‘mita.
Mamlakat raqamli servislarni rivojlantirishga juda jiddiy yondashmoqda (xususan, ta’lim sohasidagi), Singapurning HetNet rejasi esa internetga hech qanday to‘siqsiz, uzluksiz ulanishni ta’minlaydi
Banklar so'nggi yillarda sezilarli darajada o'sdi va avval Shveytsariyada o'tkazilgan ko'plab aktivlar Shveytsariyaning yangi solig'i tufayli Singapurga ko'chirildi. Biotexnologiya sanoati GlaxoSmithKline, Pfizer, Merck & Co.
bu yerda barpo etilgan barcha korxonalar va neftni qayta ishlash iqtisodiyotda katta rol o'ynaydi.
Singapur kichik hajmiga qaramay, hozirgi kunda AQShning o'n beshinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. Mamlakat Janubiy Amerika, Evropa va Osiyodagi qator mamlakatlar bilan kuchli savdo bitimlari tuzdi. Bugungi kunda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning uchdan ikki qismidan ziyodi va to'g'ridan-to'g'ri eksport sotuvi hisobiga faoliyat yuritayotgan 3 mingdan ziyod ko'p millatli korporatsiyalar faoliyat yuritmoqda.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin