13 – amaliy mashg’ulot Mavzu: “Besh ballik” tizim bo’yicha baholash metodikasini o’rganish Amaliy mashg’ulot maqsadi



Yüklə 15,97 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü15,97 Kb.
#206353
13 – amaliy mashg’ulot


13 – amaliy mashg’ulot


Mavzu: “Besh ballik” tizim bo’yicha baholash metodikasini o’rganish


Amaliy mashg’ulot maqsadi: Magisrantlarda talabalar bilimini “besh ballik” tizim bo’yicha baholash metodikasi bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Kerakli materiallar: Besh ballik baholash bo’yicha Nizom, baholash qaydnomasi namunalari.
Mavzuga doir o’quv axboroti
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash “besh ballik” tizimini belgilaydi.
Mazkur Nizom 2018-2019 o’quv yilida, shuningdek keyingi o’quv yillarida oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qo’llaniladi.
Besh ballik” tizim asosida talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash
Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqilishi lozim.
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakulьtet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.
Baholash natijalarini qayd qilish
Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni o’zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o’qituvchi qo’shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.
Professor-o’qituvchi Jurnalda talabaga qo’yilgan baholarni shu kunning o’zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, bunda professor-o’qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko’p bo’lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim.
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi.


Amaliy mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari:

1. OTMlarda talabalar bilimini “besh ballik” tizim bo’yicha baholash qachondan boshlangan?.


2. Besh ballik tizim bo’yicha baholash turlarini ta’riflang?
3. Besh ballik tizim bo’yicha baholash mezonlarini aytib bering?
4. Baholashni qayd etish va rasmiylashtirishni tushuntiring?
Yüklə 15,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin