Uyg’onishdir. Islomga kirgan kishi bu hisni tushunadi. Musulmon bo’lib tug’ilgan kishi ham diniga ko’ngil qo’ysa bu hisni tushunadi. Allohdan yiroqda bo’lib qayta yaqinlashgan kishi bu hisni tushunadi



Yüklə 33,34 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü33,34 Kb.
#42312
  1   2   3
uygonish


UYG’ONISH

Bu hissiyotni so’z orqali ifodalash qiyin. Umringiz davomida birgina g’orda umrguzaronlik qilib uni butun boshli dunyoingiz deb ishonishni bir ko’z oldingizga keltiring. Tasodifan siz tashqariga qadam bosdingiz. Hayotingizda ilk marta osmonni ko’rdingiz. Daraxtlar, qushlar va zamin uzra nur taratyotgan quyoshni ko’rdingiz. Umringizda birinchi marta angladingizki bir paytlar sizning dunyoga nisbatan qarashingiz yanglish bo’lgan. Siz ilk marotaba yanada teranroq haqqoniylikni hamda yanada go’zalroq voqelikni kashf etdingiz. Tafakkuringiz yuroriroq pog’onaga ko’tarilganini sezasiz. Bir muddat barcha narsa qo’lingizdan kela oladigandek tuyuladi go’yo. Birdan, sizni g’orda kechgan ilgarigi hayotingiz qiziqtirmay qo’yadi. Birinchi marta siz kuchga to’lasiz, to’liq uyg’onasiz va to’liq jonlanasiz. Ushbu tuyg’uni tushuntirish mushkul. Bu esa siz yaqindagina kashf qilgan Haqiqat ila kelayotgan ruhiy lazzat.

Mana shu Uyg’onishdir.

Islomga kirgan kishi bu hisni tushunadi. Musulmon bo’lib tug’ilgan kishi ham diniga ko’ngil qo’ysa bu hisni tushunadi. Allohdan yiroqda bo’lib qayta yaqinlashgan kishi bu hisni tushunadi. Ushbu holatni Ibn al-Qayyim (r.a) ning “Madorij as-solikiyn”(Tariqat soliklari (tasavvuf sulukidagilar) uchun yuksaluvchi zina) kitobida “yaqasa” (uyg’onish) deb ta’riflaydi. Uning aytishicha bu holat Allohga yetishishdagi ilk zinadir. Ayni shu holat ba’zida “kirish ishtiyoqi” deb ham nomalanadi. Bunga sabab, ko’pincha kishi Islomga kirganda yoki Allohga qaytishni boshlaganida, o’zgalarda bo’lmagan kuch-quvvat hamda qiziqish-u ishtiyoqqa liq to’ladi. Kuch-quvvatning paydo bo’lishiga sabab bo’lsa ruhiy lazzat va yuqoridagi holatning natijasi hisoblanadi.

Uyg’onish” zinasining tavsiflari:

Alloh ibodatni oson qildi. Bu jumla orqali ibodat ancha osonlashtirildi. Insonda shunchalik xohish kuchli bo’ladiki, kashf etgan yangi borlig’i uchun xohlagan narsani osonlikcha qurbon qilishga tayyor bo’ladi. Bu ishtiyoq kishini bir lahzada 0 dan 60 gacha olib chiqishi mumkin. Bu xuddi ruhiy steroidlarga o’xshaydi. Sizda bor kuch-quvvat o’zingiz tomonidan emas, balki sizga berilgan yordam tomonidan kelyapti. Bu yordam Alloh taolo tomonidan berilgan. Ayrimlar juda tez yoki katta ko’lamda o’zgarmaslikni maslahat berishadi. O’ylashimcha tez o’zgarish muammo emas. Muammo manmanlikda. Muammo umidsizlikda. Agar Alloh sizga juda ko’p ishlar qila olishingizga qodir qiladigan tuhfa bersa, undan foydalaning. Bu qobiliyat uchun o’zingizdan emas Undan minnatdor bo’ling. Bilingki, sizda mavjud kuch-quvvat vaqtinchalik. Siz juda qisqa muddatda 0 dan 60 ga chiqishingiz mumkin, biroq pasaya boshlaganingizda, umidingizni so’rdirmang va qayta 0 ga tushib qolmang.
Vaqtinchalik. Barcha holatlar kabi bu holat ham vaqtinchalik. Hayot hech zamon bir chiziqda kechmaydi. Allohga bo’lgan yo’l ham. Bu yo’ldan o’tilgan mahal tushkunlik va umidsizlik kelib chiqishi odatda e’tiborga olinmaydi.


Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin