13 -ma’ruza yoritish asboblari turlarini tanlash reja



Yüklə 43,58 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü43,58 Kb.
#206854
  1   2
13 maruza


13 -MA’RUZA


YORITISH ASBOBLARI TURLARINI TANLASH
Reja:
1. Eng ko‘p qo‘llaniladigan 1 -guruh chiroqlarning (LCH)
asosiy parametrlari.
2. YOrug‘lik parametrlari
3. YOrug‘lik va elektrik parametrlarning, manba tarmog‘i kuchlanshiiga va tashqi muhit sharoitiga bog‘liqligi


Eng ko‘p qo‘llaniladigan 1 -guruh chiroqlarning (LCH)
asosiy parametrlari. Elektr parametrlari.
Gaz razryadli chiroqlarida, nominal kuchlanish degan parametr yo‘q. CHunki, chiroqdagi kuchlanish, uni ulash uchun qo‘llaniladigan ishga tushirishni sozlovchi asbob (PRA) xarakteristikalari bilan aniqlanadi.
Jadvalda, chiroqdagi ish kuchlanishi qiymati beriladi va uning eng katta og‘ishi voltda ko‘rsatiladi.


Nominal quvvat
Bu gaz razryadli chiroqlarining asosiy parametri hisoblanadi. LCH chiroqlarining boshqa parametrlari, (ular tajribadan olinadi), chiroqda o‘lchanadi. CHiroq tarmoqqa, namunali o‘lchov drosseli (g‘altak) bilan ulanadi, bunda kuchlanish shunday bo‘lishi, kerakki, chiroq sarflagan quvvat nominalga teng bo‘ladi.
Tarmoqdan sarflangan quvvat, chiroqning o‘zini va PRA ning quvvatlari yig‘indisiga teng.
Har qaysi lyuminessent chiroqlar, quyidagi quvvatlarga ishlab chiqariladi: 15, 20, 30, 40, 65, 80 Vt. CHiroqning quvvatiga qarab, uning uzunligi va diametri o‘zgaradi.


Tok turi
O‘zgarmas va o‘zgaruvchi toklar, gaz razryadli chiroqlari uchun me’yorlanadi. Tok turi o‘zgarishi bilan, ularning xarakteristikalari ham o‘zgaradi.
Bu parametrlaridan tashqari: razryad turi va nurlanish sohasi ko‘rsatiladi.


YOrug‘lik parametrlari
Nurlanishning rangi va spektrial tarkibi.
Hozirgi paytda sanoatimiz, rangi bo‘yicha farq qiladigan, LCH ning 5 xili ishlab chiqaradi:
1. Kunduzgi yorug‘lik chirog‘i (KCH).
KCH chirog‘i o‘zining rangi bilan, kunduzgi (tabiiy) yorug‘lik (quyoshsiz havo rang osmon) etaloni sifatida qabul qilingan; harorati 6500 K bo‘lgan to‘la nur tarqatgichning rangiga yaqinlashadi.
2. Sovuq-oq yorug‘lik chirog‘isi (SOCH). SOCH chiroqlarining nurlanish rang bo‘yicha, harorati 4850 K bo‘lgan (oq bulutlar bilan qoplangan, kunduzgi osmon) to‘la nur tarqatgichning nurlanish rangiga to‘g‘ri keladi. SOCH lampasining rangi, kunduzgi yorug‘lik bilan CHCH yorug‘ligi o‘rtasiga joylashgan.
3. Oq yorug‘lik chirog‘i (OCH). Rang bo‘yicha, OCH chirog‘ining nurlanishi, 3600 K haroratdagi (quyoshli ravshan kun) to‘la nur tarqatgichning nurlanishiga to‘g‘ri keladi. Bu ham, kunduzgi yorug‘lik bilan CHL yorug‘i orasiga joylashgan.
4. Issiq-oq yorug‘lik chirog‘i (IOCH). Uning nurlanishi, rang bo‘yicha, harorati 2700 K bo‘lgan nur tarqatgichning rangiga yaqinlashadi.
5. YAxshi rang uzatishi ta’minlovchi, spektrial tarkibi yaxshilangan nurlanish chiroqlari (LDS. LXBS, LBS, LTBS).
Bu chiroqlar shunday kamchilikka egaki, ularda spektrning uzun to‘lqin qismida nurlanish, hamda simobli razryad nurlanishining ko‘rinarli chiziqlari mavjud, bu esa rang uzatishni buzadi (bo‘yalgan ob’ektlar rangini to‘g‘ri qabul qilish). Rang uzatishni yaxshilash uchun, chiroqlarda lyuminoforlar aralashmasi qo‘llaniladi, shular ichida, spektrning qizil qismida nurlanadigan lyuminoforlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 43,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin