13 Mavzu Korxona pul oqimlarini boshqarish Reja: Pul oqimlarining mohiyati va turlari



Yüklə 150,58 Kb.
səhifə1/5
tarix14.10.2023
ölçüsü150,58 Kb.
#155372
  1   2   3   4   5
13-mavzu (1)


13 Mavzu Korxona pul oqimlarini boshqarish
Reja:
1. Pul oqimlarining mohiyati va turlari
2. Faoliyat turlari boʻyicha pul oqimlarini baholash
Tayanch so`z va iboralar: pul oqimlari, kirim, chiqim, moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari, investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari, asosiy faoliyat boʻyicha pul oqimlari.
1. Pul oqimlarining mohiyati va turlari
Moliyaviy xoʻjalik faoliyati amaliyotida har qanday operatsiya yoki boshqaruv qarori pul mablagʻlari harakatiga sabab boʻladi. Pul mablagʻlari harakatining uzluksiz, toʻgʻri va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan tadbirkorlik faoliyati va uning iqtisodiy natijalari barqarorligini oldindan belgilab beradi. Moliyaviy menejmentda pul mablagʻlari harakati dinamikasini tavsiflash uchun maxsus “pul oqimlari” kategoriyasidan foydalaniladi. Buning natijasida har qanday biznes boʻyicha pul oqimlari kirimi, chiqib ketishi va pul mablagʻlari qoldigʻini aks ettirish mumkin boʻladi.
Pul oqimlari kompaniyalarni boshqarishda muhim rol oʻynaydi. Inson organizmi bilan oʻxshatganda pul oqimlarini xoʻjalik sub’ektining “qon aylanish tizimi”ga tenglashtirish mumkin. Bu oʻxshatish toʻliq oʻzini oqlaydi. Ya’ni qon inson organizmi hayotiyligini ta’minlagani kabi pul oqimlari barcha biznes-jarayonlarni aylanib oʻtishi hisobiga biznesning hayotiyligiga xizmat qiladi. Bu jarayonda har qanday belgilangan intizomga rioya qilmaslik holati jiddiy muammolarni yuzaga keltirish orqali faoliyatni toʻxtatishgacha sabab boʻlishi mumkin.
Boshqaruvchilar, kreditorlar, investorlar, analitiklar va boshqa korxona faoliyatidan manfaatdor shaxslar uchun haqiqatdagi pul oqimlari harakati korxona faoliyatini, uning bozor qiymatini baholashda, shuningdek kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini prognoslashda asos boʻlib xizmat qiladi. Aynan shuning uchun ham pul oqimlarining mohiyatini tushunish, ularning tiplarini oʻzaro farqlash va ularning yakuniy miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur bobda pul oqimlarining mohiyati, turlari, korxonalarda pul oqimlarining aylanish jarayoni, shuningdek ularning tahlilini amalga oshirish imkonini beruvchi hisobotlarni shakllantirish metodlari xususida toʻxtalib oʻtamiz.
“Pul oqimi” tushunchasi moliyaviy menejmentda fundamental tushuncha hisoblanadi. Har qanday kompaniya joriy toʻlovlarni amalga oshirish, xom ashyo va materiallarni xarid qilish, ish haqlarini toʻlash, uzoq muddatli aktivlarni sotib olish, majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplash uchun yetarli miqdordagi pul mablagʻlariga ega boʻlishi lozim. Pul mablagʻlarining etishmovchiligi avtomatik tarzda likvidlilikning yoʻqotilishiga, bu esa oʻz navbatida tez moslashuvchan mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatining boy berilishiga, faoliyatning esa tashqi sub’ektlar, masalan kreditorlarga bogʻliq boʻlib qolishiga sabab boʻladi. Bunday vaziyat natijasida bankrotlik, majburiy restrukturizatsiyalash, qoʻshib olinish va boshqa holatlar yuzaga kelishi mumkin. Aynan shuning uchun ham pul oqimlari, ularning barcha shakllari va turlari moliyaviy boshqaruvning eng muhim ob’ektini oʻzida aks ettiradi.
Pul oqimlari tushunchasi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoki sub’ektning alohida operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan vaqt boʻyicha taqsimlangan pul mablagʻlari harakatini anglatadi.
Pul oqimlarini bir necha belgilari boʻyicha tasniflash mumkin.
Harakat yoʻnalishlari boʻyicha pul oqimlarini musbat va manfiy pul oqimlariga boʻlinadi. Musbat pul oqimlari korxonaga pul mablagʻlarining kelib tushishi, ya’ni kirimini anglatadi. Manfiy pul oqimlari esa pul mablagʻlarining korxona ixtiyoridan chiqib ketishi, ya’ni toʻlovlarni nazarda tutadi.
Hisoblash ususliga bogʻliq ravishda pul oqimlarini yalpi (barcha toʻlovlar va tushumlar yigʻindisi) va sof pul oqimlariga ajratish mumkin.
Ma’lum bir davr boʻyicha sof pul oqimlari miqdorini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: 𝐶𝐹𝑛=Σ𝐶𝐼𝐹𝑡−𝐶𝑂𝐹𝑡𝑛𝑡=0
bu erda, CFn – cof pul oqimlari, n – pul oqimlari soni, t – davr, CIF – pul oqimlari kirimi, COF – pul oqimlari chiqib ketishi.
Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati turlari boʻyicha pul oqimlari quyidagicha farqlanadi:
- operatsion yoki asosiy faoliyat boʻyicha pul oqimlari;
- investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari;
- moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari.
Pul oqimlarining bunday tasnifi pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishga asos boʻlib xizmat qiladi.
Operatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari operatsiyani amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni chegirgan holda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan olingan pul mablagʻlarini oʻzida aks ettiradi.
Investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari esa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish, asosiy vositalarni sotish, moliyaviy aktivlar boʻyicha foiz va dividendlar, moliyaviy aktivlarni sotish boʻyicha pul mablagʻlari harakati bilan tavsiflanadi.
Moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari uzoq va qisqa muddatli qarzlarni jalb qilish, aksiya, ulush, paylarni sotish, shuningdek mulkdorlarga toʻlovlar, qarzlarni qoplash va boshqalar boʻyicha pul mablagʻlari harakatini oʻzida aks ettiradi.
Korxonalarning turli xil faoliyatlari kesimida pul mablagʻlari harakatining umumiy sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm).


Yüklə 150,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin