14- уanvar Vatan himoyachilari kuni



Yüklə 31,31 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü31,31 Kb.
#39040
  1   2   3   4
14-Yanvar Mardlar qo’riqlaydi Vatanni ssenariy



I-boshlovchi: Assalom , armiyam, ulug’ ostonam ,

Onamday mehribon, qutlug’ ostonam!

Bag’ringda to’lamiz kuchga, quvonchga,

Bo’lamiz izmingda mardona har dam!



II boshlovchi:Assalom, davrimiz olov yoshlari,

Buyuk kelajakning ijodkorlari!

Assalom, ertaning yaratguvchisi,

Yurtimiz shavkati, nomusi, ori!



I boshlovchi:Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli o’qituvchilar va jamiyki davra ahli!

Bugun maktabimizda katta tantana,Mustqil O’zbekistonimiz vatan himoyachilarining, jasur va mard askarlarining bayramlari.



II boshlovchi:Vatan himoyachilari davlatimiz xavfsizligi va xalqimizning tinch hayotini ta’minlaydilar. Yurt tinchligi vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog’liqdir.

Bayramingiz muborak bo`lsin,aziz harbiylar!


(Bir guruh harbiy kiyimdagi o’g’il bolalar shaxdam qadamlar bilan “Harbiylar qo’shig’i”ni kuylab,sahnaga kirib keladilar).
Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,

Gayrati Amuday jo’shar harbiylar.

Ona yurt - Turonda tinchlik yo’lida

Insoniy burchini o’tar harbiylar!

Naqorat:

Ey,dunyo nazari tushgan hur o’lka,

Sen bilan biz doim elkama-elka.

Yo’lboshching yonida kamarbastamiz,

Metinday mustahkam po’lat safdamiz.

Ahdimiz oqlshga burchli, haqlimiz,

Osuda, tinch yasha, ey yurt, xalqimiz!

Osmon-u falakda, hushyor harbiylar!

Sarhadda, izmida hushyor harbiylar!

Yomon ko’z, yovlardan elni asrshga

Kecha-yu kunduzi tayyor harbiylar!

Naqorat


Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,

Qudrati kundan – kun oshar harbiylar!

Adolat, Halollik, Tinchlik shiori,

Insoniy burchini o’tar harbiylar!


I -bola:Salom, sizga, eng oily kalom,

O’zbekiston mard posbonlari!

Sizga ta’zim, sizga ehtirom,

Ey bahodir, pahlavonlari!



2 – bola:O’z izmida hushyor hamisha

Ezgu ishga safarbar sherlar!

Eyr –u osmon, tog’, davon osha

Mard –u maydon muzaffar erlar!



3 – bola:Yurtimning biz - jasur o’g’lonlarimiz,

Elimiz tinchligin posbonlarimiz,

Sergakmiz, hushyormiz kecha –yu kunduz,

Haq – u adolatning qalqonlarimiz.



4 – bola:Istiqlol mayog’i porlagay abad,

Erkimiz tug’idan nurafshon hayot.

Bunyodkor, mehnatkash ona xalqimiz,

Otalar g’ururi bizga qo’sh qanot.

5 – bola:Tog’ qadar yuksalsin shon – shavkatimiz,

Dovul yo’lin to’sgay kuch – qudratimiz.

Baxt –u farovonlik tutgan yo’limiz,

Jahonda omonlik shul ibratimiz.

6 – bola:Biz,buyuk Turonning mard o’g’lonlari,

Hamisha adolat, haq qalqonlari.

Ona vatan uchun xizmatga shaymiz,

Yashnasin, gullasin yurt qo’rg’onlari!



I boshlovchi:Endi e’tiborlaringizga vatan haqidagi rivoyat asosida tayyorlangan sahna ko’rinishini havola etamiz.

Rivoyatchi:

Qadimgi hoqonlar davrida Mote ismli yosh hukumdor yashagan ekan. Qo’shni hoqon uning yurtiga elchi yuboribdi.



Elchi: Hoqonimiz aytdilarki:”Siz sevimli tulporingiz - sutdek oq, muqaddas otingizni berar ekansiz, bermasangiz, yurtingizga urush qilamiz”.

Yosh hoqon: Menga yurtim, fuqarolarim tinchligi kerak. Shu bitta ot uchun urush qilmoqchi bo’lsang, olaqol.

Rivoyatchi: Mote yurt osoyishtaligi uchun tulporini berib yuboribdi.

Hoqon sevinib, yana elchisini yuborib, bu gal Motening kanizagini so’rabdi va niyatiga yetibdi.

Uchinchi gal elchi kelib, hukmdordan qarovsiz, biror giyoh o’smaydigan,yil bo’yi suvga zor bir parcha yerni so’rabdi.

Vazir va uning ayonlari sukut saqlab qolgan yosh hukumdorga shunday debdilar:“Hoqonim, Siz ulardan sevimli otingizni va kanizagingizni ayamadingiz. Mayli, o’sha bir parcha tashlandiq yerni ham beraylik.”



Hoqon: Yo’q tulpor, kanizak menga tegishli edi, berdim. Ammo bu bir parcha yer - vatan va uning uning sarhadlarida, ota – bobolar, navara – chevaralarning ham haqqi bor.

Ularning haqini boshqalarga berolmayman.

U yer -

Garchi o`sha bir parcha yer

Qizib yotar naq tandir.

Begona yer emas,

Bizlar uchun vatandir.
Rivoyatchi: Hukumdor bir parcha yerni dushmanga bermaslik uchun xalqini safarbarlikka otlantiribdi. Ona yurt ishqini yurakka joylab, jangga kirishgan qo’shinni ko’rib, ularning shiddatiga dosh berolmay dushman yengilibdi.

II boshlovchi:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bob 52 - moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasini himoya qilish - O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdir. ”


Yüklə 31,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin