14 asr ikkinchi yarmida z. M. Bobur davrida ta’lim tarbiya va pedagogik fikrlar



Yüklə 64,91 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü64,91 Kb.
#184780
  1   2   3
14 ASR IKKINCHI YARMIDA Z.M.BOBUR DAVRIDA TA’LIM TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR


14 ASR IKKINCHI YARMIDA Z.M.BOBUR DAVRIDA TA’LIM TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR
Reja:

  1. Z.M.Bobur o`zbek adabiyotida

  2. Bobur o`zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoir

  3. Bobur ta’lim-tarbiyaga doir g’oyalarini o’z boshidan kechirgan



Z.M.Bobur o`zbek adabiyotida A.Navoiydan keyingi eng yorqin va mahobatli yulduzdir.
Mashhur muarrix Mirzo Haydar ta`biri bilan aytganda,
"Turkiy she`rni Amir Alisherdan keyin hech kim Bobur darajasida
yozgan emas".
Bobur yashab ijod etgan zamon Movarounnahr va Xuroson tarixida g’oyat ziddiyatli bir davr edi.
Ana shunday sharoitda yosh Zahiriddin bir necha marta Samarqandni qo`lga kiritib, uning shuhratini ko`tarish maqsadida Sulton Ali mirzo, Boysunqur mirzo, Shayboniyxonlar bilan kurashib, gohida yengdi, gohida yengildi. Biroq amir-u beklar orasidagi parokandalik uning bir joyda muqim hukmdor bo`lishiga imkon bermadi. Nihoyat, 1504-1505 yillarda Afg’onistonga yurishlari natijasida hokimiyatni o`z qo`liga oldi. Bobur Afqonistonda o`z mavqeini mustahkamlab olgach, 1526-yilda esa Hindistonga yurish qilib, u yerda boburiylar saltanatiga asos soldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida temuriylar sulolasiga mansub Farg’ona
viloyatining hukmdori Umarshayx Mirzo va uning rafiqasi Qutlug’ Nigorxonimlar oilasida dunyoga keldi.
Z.M.Bobur qanchalik qiyinchilikda, og’ir kunlarni boshidan kechirmasin, u o`z davrining yetuk bilimdoni, noziktabiat shoir, yirik badiiy va chuqur mazmunli ilmiy asarlar ijodkori darajasiga ko`tarildi.
Bobur o`zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir.
U lirikaning g’azal, ruboiy, tuyuq, qit`a, fard, masnaviy, muammo kabi janrlarida qalam tebratdi. O`zbek tilida yozgan she`rlarini to`plab devon tartib bergan.
Mazkur devonga 119 ta qazal, 231 ta ruboiy va boshqa janrdagi asarlari kiritilgan.

  • "Boburnoma"da o`z avlodlari, ota-onasi haqida qiziqarli ma`lumotlar yozib qoldirgan Bobur otasi Umarshayx Mirzo haqida shunday yozadi:

  • "...ravon savodi bor edi. "Xamsatayn" va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o`qub edi. Aksar "Shohnoma" o`qur edi. Ta`bi nazmi bor edi, vale she`rg’a parvo qilmas edi".

  • 1494 yilda otasi Umarshayx Mirzo Axsi qo`rg’onida jarga qulab, fojiali ravishda halok bo`ldi. Otasi vafotidan keyin to`ng’ich farzand Z.M.Bobur taxtga o`tirdi.

Bobur ota tomonidan Amir Temurning, ona tomonidan Chingizxonning avlodidir. Uning tomirida Markaziy Osiyodagi ikki buyuk fotihning qoni oqqan.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yilda otasi Mirzo Umar Shayx hukmronlik qilgan Ôarg’onada tug’ilgan. 11 yoshida otadan yetim qolgan. U “Boburnoma” kitobining ilk satrlarida shunday yozgan: “... sarvari koinotning shafoati bilan va chahoriyori bosa-folarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sekkiz yuz to’qson to’qquzda, ya’ni 1494 yil iyunida Ôarg’ona viloyatida o’n ikki yoshda podshoh bo’ldim”.
Bobur yoshlik chog’laridanoq juda ko’p mushkullik va qiyinchi-liklarni boshidan kechirishga majbur bo’lgan. O’zining bobo meros mulki hisoblanmish Samarqandni ikki marta zabt etgan va ikki martasida ham qo’ldan bergan. Nihoyat, u yigirma bir yoshida ota yurtini tark etib, Xindikush osha Qobulni ishg’ol qilgan. 1511 yilda Bobur Samarqandni qaytarib olishga yana bir bor uringan. Bu gal g’alaba nash’asini surgan bo’lsa ham, kelgusi yil-dayoq Samarqandni qo’lidan chiqargan. Shu tariqa Bobur Samarqand-ni uch karra zabt etib, uch karra boy bergan.
Bobur Xindistonda yirik davlat tuzgan va o’zi podshoh bo’lib, Jamna Yamuna daryosi bo’yidagi Agra shahrida poytaxt qurgan.
Bobur 1530 yil kuzida qattiq xastalanib, podsholikni katta o’g’li Xumoyunga topshirgan va 26 dekabrda o’z qarorgohida vafot etgan.
Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga ma’rifatparvar shoh va nozik didli shoir ham bo’lgan. U o’z asarlarida go’zallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni o’rganishga da’vat etgan.
Bobur asarlarining mavzuchi rang-barang bo’lib, ularda insonning ma’naviy qiyofasi, ilm-fanning foydasi, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan “Xatti Bobruiy” asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harf-larining osti va ustiga qo’yiladigan diakritik belgilar zol-zabar o’rniga harflar kiritishni taklif qilgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yo’lini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. Chunki uni islomga shak kelitrish bilan barobar deb hisoblandi.
Bobur Xindistonda madaniyat va ma’rifat o’rnatdi. U juda erta hayotdan ko’z yumgan bo’lsa-da o’zining ishlari bilan “Bobur-noma” deb atalgan asari bilan tarixda unutilmas nom qozondi.
“Boburnoma” asosan Xindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi bo’lib, unda muallif oddiy va jonli til bilan o’zining yoo’l qo’ygan xatolarini, qozon-gan g’alabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Asar Avliyo Avgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nüyutonning yodnomalari qatoridan o’rin olgan. Mazkur kitob umri davomida ko’pdan-ko’p yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo’lsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir.
Bobur qirq yetti yilu o’n oy umr ko’rgan bo’lsa, “Boburnoma” uning hayotidan atigi o’n sakkiz yilini qamragan. Kitob Bobur-ning o’z qo’li bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalari keng o’rin olgan. Bir asarida:

Yüklə 64,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin