Sportcha yurish texnikasini o’rgatish.
Sportcha yurish – siklik tur, u maxsus chidamlilikni namoyon qilishni taqozo
etadi, ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Sportcha yurish texnikasini kattalar hamda o‘smirlar ham o‘rganaverishlari
mumkin.
O‘rgatishning asosiy vazifasi – to‘g‘ri sportcha yurish texnikasini o‘rtatish,
turli xil siljish tezligida ortiqcha kuchan- may, bemalol yurishni o‘rgatishdir.
Bundan tashqari, har qaysi shug‘ullanuvchi uchun optimal tezlikni (yurish sur’ati va
qadam uzunligini) aniqlab olish kerak. Bu vazifani hal etish uchun quyida
o‘rgatishning uslubiy ketma-ketligi ko‘rsatilib, xususiy vazifalar, vositalar va
uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan.
1-vazifa. Sportcha yurish texnikasi bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. Sportcha yurish texnikasining xususiyatlarini tushuntirish.
2. Sportcha yurishni ko‘rsatish (o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatish,
kinogramma, kinohalqalarni ko‘rib chiqish).
3. Sportcha yurish texnikasini bajarishga urinib ko‘rish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. O‘qituvchi yoki tez yuruvchi sportcha yurish
texnikasini tushuntirgandan keyin bir necha marta yurishni namoyish qiladi. Yurish
odatdagi musobaqa tezligida va sekinroq ijro etiladi. Yurishning texnikasini
bajarishga urinib, shug‘ullanuvchilar 50-60 metr masofani ikki-uch marta bosib
o‘tadilar, o‘qituvchi esa ular diqqatini asosiy xatolarga (yakka tayanch fazasida va
vertikal paytda oyoqlar bukilganligiga, gavdaning oldinga yoki orqaga
engashganligiga, barcha harakatlar umuman tangroq ekaniga va h.k.) jalb qiladi.
2-vazifa. Sportcha yurish paytida oyoqlarni to‘g‘ri harakatlan-tirishga
o‘rgatish.
Vositalari:
1. Oyoqni yerga tik qo‘yib va vertikal paytgacha shunday holatni saqlab
yurish.
2. Shu mashqning o‘zini tezlikni asta-sekin oshirib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Yurishni bajarish paytida yerga oyoqni tovondan
boshlab qo‘yib, keyinchalik asta-sekin, go‘yo yumalayotganday, butun oyoq tagini
qo‘yish kerak. Shug‘ullanuvchilarga oyoqni yerga qo‘yayotgan paytda uni faol
to‘g‘rilash kerakliginini eslatish foydalidir. Boldirni (ilikni) oldinga tez chiqarishni
yerga oyoq qo‘yayotganda uni yozishga qiynalayotganlarga tavsiya qilish mumkin.
3-vazifa. Sportcha yurishda tosning harakatiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Vertikal o‘q atrofida tosni zo‘r harakatlantirib, keng qadamlar bilan yurish.
2. Vertikal o‘q atrofida bir qadar burilishdan keyin oyoqni olg‘a qo‘yib, to‘g‘ri
chiziq bo‘ylab yurish.
3. Odatdagi tik turgan holatda tana og‘irligini oyoqdan-oyoqqa galma-gal
o‘tkazib turish (qo‘llarning harakatisiz).
4. Shuning o‘zini oyoqni tovondan boshlab yerga qo‘yib, kichikroq qadam
bilan oldinga siljib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Har bir mashq, texnika elementining o‘zlash-tirilishiga
qarab, bir necha marta takrorlanadi. Bu mashqlarni bajarishdagi masofa – 50-100
metr. Agarda shug‘ullanuvchilar tanani oyoqdan-oyoqqa hech qanday tangliksiz
bemalol o‘tkazsalar (chiranmasdan), unda uchinchi va to‘rtinchi mashqlarni qoldirib
o‘tish mumkin. Ikkinchi mashqni stadiondagi yugurish yo‘lkasining oq chizig‘i
bo‘ylab bajarish mumkin. Ikkinchi va to‘rtinchi mashqlarda oyoq tagi uchini tashqi
tomonga burmay, to‘g‘ri qo‘yish kerak.
4-vazifa. Sportcha yurish paytida qo‘llar va yelkalarning to‘g‘ri harakatiga
o‘rgatish.
Vositalari:
1. Joyida turib qo‘llar harakatiga taqlid qilish.
2. Qo‘llarni orqaga qilib yurish.
3. Qo‘llarni qariyb to‘ppa-to‘g‘ri qilib yurish.
4. Yelka va qo‘llarni faol ishlatib sportcha yurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Birinchi mashqda ko‘ndalang harakatlarga yo‘l
qo‘ymaslik. Harakatlar ortiqcha kuch kelmaydigan erkin bo‘lishi kerak. Ikkinchi
mashqni bajarayotgan paytda shug‘ulla-nuvchilarga yelkalari bilan faol harakat
qilish zarurligini uqtirish kerak. Bunda qo‘llar orqada bo‘lsa ham bo‘laveradi.
Uchinchi mashqda qo‘llar harakati keng va erkin bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan
mashqlarda yurish masofasi – 100 metr.
5-vazifa. Sportcha yurish texnikasini takomillashtirish.
Vositalari:
1. Turli xil tezliklarda (sekin, o‘rtacha, tez) sportcha yurish.
2. Burilishlarda, qiya yo‘lkalarda (pastga ham, yuqoriga ham), shosseda
sportcha yurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Texnikani takomillashtirishda quyi-dagilarga e’tibor
berish kerak:
a) gavda va boshning harakati;
b) gavda, oyoq va qo‘llar harakati mayin, bemalol bo‘lishi;
v) qadam yetarli darajada uzun bo‘lishi, oyoqni olg‘a uzatish yengil bo‘lishi
(bunda oyoq tagi mumkin qadar yerga yaqin o‘tishi kerak);
g) tovonni o‘z vaqtida (erta emas) yerdan ko‘tarish.
Dostları ilə paylaş: |