16-bob. Mehnat munosabatlarini boshqarish



Yüklə 25,72 Kb.
səhifə1/12
tarix15.02.2022
ölçüsü25,72 Kb.
#52589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
16-MAVZU.MEHNAT MUNOSABATLARINI BOSHQARISH


16-BOB. MEHNAT MUNOSABATLARINI BOSHQARISH
16.1.Mehnatni boshqarish xususiyatlari.Mehnatni boshqarish funktsiyalari
Mehnatni boshqarish boshqaruv munosabatlarining turlaridan biridir. Mehnatni boshqarish obyektiv zaruriyati birgalikdagi mehnat, uning kooperatsiyasi rivojlanishi jarayonida yuzaga keldi. Bunda shu narsa ayon bo’lib qoldiki, boshqarishning maqsad, mazmun va funktsiyalari ishlab chiqaruvchi kuchlar va mehnatning o’zi rivojlangan sayin o’zgarib, avvalo, ishlab chiqarishning har bir mazkur turiga xos bo’lgan mehnatning ijtimoiy tuzilishi bilan belgilanadi. Bevosita mehnat faoliyati, uning tashkil etilishi, shart-sharoitlari va natijalari, ishchi kuchini tiklash, ijtimoiy mehnat munosabatlari mehnatni boshqarish obyektlari hisoblanadi.

Mehnat ishlab chiqarishning tarkibiy qismi (omili) sifatida ishlab chiqarish tashkilotchisini, ishlab chiqarish boshqaruvchisini boshqa omillar — kapital, er, asosiy ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va shu kabilar bilan tengma-teng qiziqtiradi. Ammo mehnat ishlab chiqarishning boshqa omillaridan jiddiy farqlanadi: unda fuqaro huquqi va erkinliklari, o’z manfaatlari va adolat to’g’risidagi tasavvurlari, ish beruvchi bilan munosabatda o’zini himoya qilish uchun birlashish huquqi va shu kabilar bor. ¨llanma ishchi o’zining mehnat qobiliyatini sotadi, zimmasiga qonunda belgilangan yoki kontraktda aytib o’tilgan shartlarda mehnat qilish majburiyatini oladi.

Mehnat bozorida ham, ishlab chiqarishda ham, ishdan keyin ham kishi bir butunligicha qoladi. Boshqarish amaliyotida bu bilan hisoblashish kerak bo’ladi. Mehnat omilining boshqa omillar bilan birikmasini emas, balki mehnat munosabati tufayli yuzaga keladigan tirik odamlarning jamiyat va bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarning butun majmuasini boshqarishga to’g’ri keladi.

Mehnat bilan chambarchas bog’langan jarayonlar va munosabatlar doirasi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va munosabatlarni amalga oshirishda mehnat bilan bog’liq shart-sharoitlarni amalga oshirish (tashkil etish, haq to’lash, intizom, borasida, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi) munosabatlarida ustuvorlik qilinsa, bunday sohani ijtimoiy mehnat sohasi deyish mumkin.




Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin