17-Mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi



Yüklə 180,81 Kb.
səhifə1/11
tarix07.01.2024
ölçüsü180,81 Kb.
#207412
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
17 ЯИМ статистикаси


17-Mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi

17.1 Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari.

17.2 Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish.

17.3 Material aylanma mablag’lar zahiralarining ortishi.

17.1 Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari.
YAIM – kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, ushbu mamlakat ichida olingan daromadlar.
YAIM ma’lum davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish deganda, umuman olganda, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalarning xarajatlarni amalga oshirish jarayoni tushuniladi.
Tovarlar – egalik huquqi tarqatilishi mumkin bo’lgan fizik predmetlardir. Xizmatlar – buyurtma bo’yicha turli ishlab chiqarishlar bo’lib, odatda iste’mol qiluvchi birliklar holatining o’zgarishiga olib keladi.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda takroriy hisobga olish muammosi mavjud. Agarda takroriy hisobga yo’l qo’yilsa YaIMni hajmi sun’iy ravishda oshib ketadi. YAIMni hisoblashda takroriy hisoblarga yo’l qo’ymaslik maqsadida uning tarkibiga faqat pirovard mahsulotlar (tovar va xizmatlar) qiymatlari kiritiladi. Yalpi ichi mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash uchun yalpi ishlab chiqarishdan (YaICh) oraliq iste’mol ayriladi hamda mahsulot va importga sof soliqlar qo’shiladi.
Yalpi ishlab chiqarish bu ma’lum davr oralig’ida ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar qiymati.
Oraliq iste’moliga hisobot davrida ishlab chiqarish xarajatlari sifatida sarflangan va to’laligicha iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati kiradi.
Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari miqyosida YaIChdan oraliq ist’mol qiymatining ayirmasi yalpi qo’shilgan qiymat ko’rsatkichini beradi. 2. Yalpi ichki mahsulotni harajatlar usulida hisoblash
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:
YAIM=UPI+IN+JPI+SE ,
bu erda,
YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport – import).

Yüklə 180,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin