Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasiga amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish 2 turga ajratiladi
ijtimoiy-iqtisodiy;
tashkiliy-texnik
Korxonani boshqarish - bu xo`jalik rahbar organlari, korxona ma’muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va sotsial natijalarga erishishni ko’zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o`zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo`nalishida tartibli ta’sir ko`rsatishdir.
Korxonani boshqarish - bu xo`jalik rahbar organlari, korxona ma’muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va sotsial natijalarga erishishni ko’zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o`zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo`nalishida tartibli ta’sir ko`rsatishdir.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv obekti ko`p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo`lib u:
· moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlari);
· tashkiliy meҳnat tayyorlarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga qo`yish o`qitish va hokazolar);
· xizmat ko`rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta’mirlash, tashish va ҳokazo);
· mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni o`z ichiga oladi;
Boshqaruvchi yoki boshqaruv subekti -
bu bir gurux kishilar hamda boshqaruv organlaridan iborat bo`lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar yordamida boshqariluvchi oboektga ta’sir o`tkazadi. Boshqarish obektlari bo`lmasa, uning subektlari ham bo`lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning negizida boshqaruvchi kichki tizim yotadi.
Korxonada band bo`lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat:
Korxonada band bo`lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat:
· ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko`rsatuvchilar;
Xodimlarni rejalashtirish - bu inson omiliga bo`lgan extiyojni oldindan aniqlashdir.
Bu jarayon 3 bosqichdan iborat:
1. Mavjud xodimlarni baxolash
2. Istiqbolda xodimlarni mehnatga bo`lgan talabini rejalashtirish.
3. Xodimlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.
Menejer mehnati va uning xususiyatlari
Menejerning mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnatini ajralmas qismi, menejmentning funktsiyalari operativ bajarilishi to`g`ri tashkil qilinishiga bog`liq bo`ladi va ishlab chiqarish natijasiga ta`sir ko`rsatadi.
Menejerning mehnati aqliy, ijodiy xarakterlarni o`zida mujassam etadi.
Boshqaruv mehnatini ishchilari bevosita moddiy ta`sir ko`rsatmaydi, ammo ularning mehnati samarali bo`ladi.
Boshqaruv mehnatini natijasi egri hisoblanadi, agar ishlab chiqarish faoliyati mehnat kollektivining ko`rsatkichlari bilan boshqaruvchilik mehnatining o`ziga xos xususiyati ham qiyin, bir xillari uni aniq o`lchovini belgilash mumkin emas.
Boshqaruvchilik mehnatining predmeti ishlab chiqarishning moddiy elementi emas, balki axborot, har-xil hujjatlar, boshqaruv echimlari ҳisoblanadi.
Korxonalarda menejer mehnati ko`pgina masalalarni hal qilishga qaratilgan bo`ladi:
– texnik, ya`ni uskunalardan foydalanishi, ishlab chiqarish maydonlari bilan bog’liq, ishlab chiqarishni tashkillashtirish va x.k.;
– texnologik, ya`ni loyixalashtirish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq;
– iqtisodiy, ya`ni korxona ichki va tashqi muhitida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishdir;
– tashkiliy, ya`ni ishlab chiqarish va meҳnatni tashkil qilishda boshqaruv strukturasini takomillashtirish bilan bog’liq;
– ijtimoiy, ya`ni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish bilan bog’liq va x.k.