18
MELISSA OFFICINALIS
L O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH USULI
Haydarov Mavlonjon Mashrabovich
FarDU, Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori
Sayramov Fayzullo Baratjon o’g’li
Turg’unboyeva Madina Davronbek qizi
Po’latova O’g’iloy Akmaljon qizi
FarDU, Zootexniya fakulteti talabalari.
Annotatsiya:
Maqola dorivor limono’t o’simligini hayotiy shakli, geografik
tarqalishi, kimyoviy tarkibi, tibbiyotda qollanilishi, o’simlikni o’stirish texnologiyasi,
dorivor o’simlikdan mahsulot tayyorlash usuli va ishlatilishi hamda o’simlik xom
ashyolaridan samarali foydalanish yo’llari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar
:
dorivor
limo’no’t, labguldoshlar oilasi, ko’p yillik o’t, efir moyi,
tarqalishi, yetishtirish texnologiyasi.
Dorivor limono’t o’simligini yer ustki qismining damlamasi ovqat hazm bo’lishi
buzilganda uni tartibga solish, kamqonlik, bazi asab va yurak kasalliklarini davolash
uchun hamda tirishga qarshi ta’sir etuvchi, og’riq qoldiruvchi sifatida qo’llaniladi.
Dorivor limono‘t - Melissa Officinalis L„ yasnotkadoshlar -Lamiaceae (labguldoshlar
-
Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik.
Poyasi bitta yoki ko‘p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz
o‘tkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo‘lib, qisqa bands bilan
poya
va shoxlarida qarama-
qarshi o‘mashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul
bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashib, to‘p gulni hosil qiladi, Mevasi - 4 ta
yong‘oqcha.lyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda etiladi.
Geografik
tarqalishi. 0‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida va
boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog‘li turn aril arda toshlar soyasida va
boshqa soya yerla
rda o‘sadi. 0‘zbekistonning Toshkent: va Surxondaryo
viloyatlarida uchraydi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsuiot 30
sm gacha
uzunlikdagi shoxlangan, serbarg va to‘rt qirrali poya bo‘laklari, barglar va gullar
aralashmasidan tashkil topgan. Barglari tu
xumsimon, o‘tkir uchli, yirik arrasimon
qirrali bo‘lib, uzun bandi yordamida poya va shoxlarida qarama-qarshi joylashgan.
Gullari uzun, tukli gul bandli va osilgan ko‘rinishida bo'Hb, siyrak to‘pgulga
joylashgan. Kosachasi tikanli tishli,
gultojisi ikki labli, oq rangli. Mahsuiot namligi
10% dan, umumiy kuli 9,7% dan, xlorid kislotaning 10% li eritmasida yerimaydigan
19
kuli 0,3% dan, mahsulotning qoraygan qismlari 10% dan, poya va yon shoxchalar
bo‘laklari 30% dan, organik aralashmalar 1% dan va mineral aralashmalar 1% dan
ko‘p hamda tarkibidagi titrlanadigan polifenollar
yig‘indisi 11 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Maydalangan mahsuiot uchun 7 mm
dan yirik bo‘lgan qismlar 10%dan va teshigining diametri 0,5 mm bo'lgan elakdan
o‘tadigan mayda qismlar 10% dan ortiq bo‘lmasligi lozim.Kimyoviy tarkibi. Er ustki
qismi tarkibida 0,01-0,33% efir moyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe,
xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex vaboshqalar), triterpeniar,
flavonoidlar
(lyuteolin-7-glikozid va boshqalar), 5-10
% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida
20-
27% yog1 bor. Limono‘tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, famezol va ulami
sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegol, geranial, neral va boshqa
1ефеп1аЫап tashkil topgan. Ishiatiiishi. Limono‘t dorivor preparatlari Ibn Sino
aytishicha yurakni mustabkamlaydi va unga yordam beradi,
shuningdek, traxoma,
xiqichoq tutish, og‘izdan yomon hid kelishi va boshqa kasalliklami davolaydi. Xalq
tabobatida limono‘t bilan nevroz, bronxial astma, ayollami toksikoz, klimaks, yurak
urishini buzilishi va boshqa kasailiklar davolanadi. Limono‘t damlamasi klinik
sharoitida sinovlardan o‘tgan va uni tibbiyot amaliyotida tinchlantiruvchi va qon
bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida qo‘llashga 0‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan.Dorivor preparatlari. Damlama.Doriyor
limono‘t o‘simligini o‘stirish texnologiyasiDorivor limono't o‘simligini 0‘zbekistonning
barcha tuproq-
iqlim sharoitida ekib o'stirish mumkin. 0‘simiikdan yuqori hosil yig‘ib
olish uchun unga sho‘rlanmagan, mexanik tarkibi o‘rtacha, unumdor, dukkakli va
g'allasimon ekinlardan bo‘shagan yerlami tanlash tavsiya etiladi.Dorivor limono‘tni
bir dalada 5 yilgacha saqlab hosil olish mumkin. G‘simlik ekiladigan yerlami kuzda
25-28 sm chuqurlikda sifatli qilib haydaladi. Haydash oididan gektar hisobiga 20 30
tonnadan chirigan mahalliy go‘ng va 50 kg dan fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
Ekis
h oididan yerlami tekislash, bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlar urug‘ini
kamaytirisb maqsadida uzunasigava ko‘ndalangiga diskali borona bilan 6-8 sm
chuqurlikda yumshatiladi va molalash lozim bo'ladi. Limono‘t yorug‘sevar, namsevar
va ko‘p yillik o‘simlik bo‘lganligi uchun urug‘idan yoki shingillarini bo‘lib ekish yo‘li
bilan ko‘paytiriladi. Limono‘tni mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshlarida tuproq
harorati 12-
15°S bo‘lganda ekiladi. UrugMarni sabzavot ekadigan seyalkalarda 2-3
sm
chuqurlikda
ekiladi. Urug‘lar tuproqqa bir tekis tushishi uchun donador
superfosfat bilan aralashtirib ekiladi. Gektariga 6 kg urug‘ sarflanadi.Agar tuproqda
nam etarli bo‘lmasa urug‘lami unib chiqishi uchun sug‘orishjo‘yaklari tortilib tezlik
bilan sug‘oriladi. Urug‘lar ekilgandan keyin maysalar 10-12 kunda unib chiqadi.
0‘simlikda 3-4 ta chin barg hosil bo‘lganda qator oralari yumshatiladi va 20-25 sm
20
oralig‘ida 2-3 tadan o‘simlik qoldirib yagana qilinadi. Dorivor limono‘tni shonalash
davrida gektar hisobiga 30 kg da
n azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
Vegetatsiya oxirigacha o‘simlik 9-10 marta sug‘oriladi. Har 3-4 marta sug‘orilgandan
keyin, o'simlik oralari kultivatsiya qilinadi va begona o‘tlardan tozalanadi.Limono‘t
iyun-avgust oyida gullaydi, mevalari iyul-avgustda
etiladi. Uning xom-ashyolari (er ustki qismi) iyul-avgust oylarida orib
olingandan
keyin azotli, fosforli va kaliyli o‘g'itlar bilan oziqlantiriladi va
sug‘oriladi.Limono‘tning xom-ashyosi juda nozik bo‘lganligi uchun tezlik bilan
quritilmasa sifati buziladi.Ikkinchi yili erta bahorda oralari yumshatiladi va begona
o‘tlardan tozalanib vegetatsiya davomida gektar hisobiga 70 kg azot, 50 kg fosfor,
va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi hamda 7-8 marta sug‘oriladi.Dorivor limono‘t
ekilgan maydonlaming gektaridan 1 tonnagacba barg yig‘ib olish mumkin.
Mahsuiot tayyorlash. 0‘simlik to‘liq gullagan vaqtida yuqori uchidan 2,0-30 sm
uzuniikda (poyaning pastki bargsizqismi olinmaydi) qirqib olinadi va soya, havo o‘tib
turadigan yerda quritiladi.