beradi, ayniqsa,
kuzgi boshoqlash davrida, ko‘p yillik o‘tlar qishlab chiqqandan keyin o‘g‘itlansa, erta bahorda solingan azotli o‘g‘it suv yetarli bo‘lganligi uchun tez eriydi va ildiz qatlamiga tushadi.
Qo‘ng‘irboshli ekinlar oziqlantirishga talab sezsa, ikkinchi marotaba nay o‘rash davrida ham qo'shimcha oziqlantiriladi. Bunda vegetativ organlarida oziqa moddalar yig‘iladi, so‘ngra u generativ organlarda to‘planadi. Donning tarkibida azot miqdorini oshirish uchun uni ekin ustiga sepishadi. Ko‘p yillik o‘tlarda azotli o‘g‘itIar birinchi o‘rimda qo‘llaniladi, natijada ikkinchi o‘rimi tez yetiladi.
Ikkinchi o‘rimidan keyin ham azotli o‘g‘itlar solinadi. Azotli o‘g‘itlaming bir yillik me’yorini 60% birinchi o‘rimda, 40% ikkinchi o‘rimda qo‘llanadi. 0 ‘rimlar soni ko‘p bo‘lsa, yillik normaning 45% birinchi o‘rimda, 35% ikkinchi o‘rimda va 20% uchinchi o‘rimda solinadi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ekilganda bor va molibden bilan albatta, oz miqdorda qo'shimcha oziqlantiriladi. Buning uchun gektariga 6 kg borat kislotasi yoki 1 kg bor va ammoniy molibdati 200 g/ga 200 litr suvda eritib o‘simlikning balandligi 25-30 sm bo'lganda purkaladi, ammo bu oziqlantirishni shonalash davridan kechiktirmaslik kerak.
Ma’lumki, hosil fotosintez jarayonida shakllanadi. Fotosintez jarayoni faol o‘tishi uchun karbonat angidrid, suv va quyosh energiyasi bo‘lishi kerak. Dala sharoitida ekinzor butun bir fotosintetik tizimni tashkil qiladi. Bu tizimning tarkibi murakkab bo‘lib doimo o'zgaruvchan bo‘ladi.
Agar har bir o‘simlikning oziqlanish maydoni kengaysa, yorug‘likdan
foydalanish faollashadi, natijada rivojlanish tezlashadi. Ammo har bir tup o‘simlikning mahsuldorligi oshgani bilan tup soni me’yordan kamaytirilsa, gektardan olinadigan hosil oshmasligi mumkin.
Yuqori hosil yetishtirish va uni boshqarish ekinzorlarda (biotse- nozda) fotosintetik jarayonning o‘tishiga bog‘liq boMadi. Yuqori hosil yetishtirish va uni boshqarish biotsenozning fotosintetik faoliyatini muqobil sharoitda o‘tishiga bog‘liqdir.
32