Ikkinchi o‘rimidan keyin ham azotli o‘g‘itlar solinadi. Azotli o‘g‘itlaming



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə2/3
tarix02.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#171497
1   2   3
O\'simlikshunoslik Atabayeva X.N. Xudayqulov J.B-33-38 (1)

U = FP x ChPF


U - hosil, t/ga;
FP - fotosintetik imkoniyat, ming m.kv. kun/ga;
ChPF - fotosintezning sof mahsuldorligi, g/m. kv. kun.
Amaldagi fotosintetik potensial quyidagi formula bo‘yicha topiladi:

kun.

FP = ScT


Sc - o‘rtacha barg yuzasi, ming. kv. m/ga; T - o‘suv davri,


Sc = (S1-S2)


Si, S2 - hisob davrining boshlanishida va oxiridagi barg yuza­

si, ming. kv. m/ga. Shunday qilib:


34

и = Sc x T x ChPF7

Barg yuzasi bir tup o‘simlikda kv. sm hisobida aniqlanadi, bir gektarda ming. kv. m/ga hisobida yuritiladi. Ekinlarning fotosintetik potensialiga baho berishda «barg indeksi» aniqlanadi.


Ekinlarda assimilatsiya yuzasining asosiy qismini barg tashkil qiladi, aynan bargda fotosintez jarayoni ro‘y beradi. Bargdan tashqari, fotosintez o‘simlikning barcha yashil rangli qismida o‘tadi (poya, barg, qiltiq, meva va hokazo). Assimilatsiya yuzasi deganda, odatda barg yuzasi tushuniladi. 0 ‘suv davrida barg yuzasi oshib boradi. Maysalanish davridan boshlab barg yuzasi oshadi. 0 ‘simlik o‘sishdan to‘xtaganda barg yuzasi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi, keyin sekin kamayadi, chunki barg sarg‘ayib to‘qiladi. 0 ‘simlik to‘la pishganda ko‘p ekinlarda barg to‘kilib, umuman qolmaydi.
0 ‘suv davrida barg yuzasi keskin o'zgarib turadi, bu suv bilan ta’minlanishga, oziqlanish va boshqa agrotexnik tadbirlarga bog‘liq bo'ladi. Qurg‘oqchilik sharoitida barg yuzasi 5-10 ming kv.m/ga yetishi mumkin, suvli yerlarda va azot bilan to‘la ta’minlanganda 70 ming kv.m/ga yetadi. Agar barg indeksi 4-5 ga teng bo‘lsa, demak, ekinning fotosintetik imkoniyati muqobil tizimda bo‘lib FARni yaxshi o‘zlashtiradi.
Qo‘ng‘irboshli ekinlarda barg yuzasi, sut pishish davrida, dukkakli-don ekinlarda poyaning yuqorigi qismida dukkak shakllanganda, ko‘p va bir yillik o'tlarda gullash davrida barg yuzasi eng yuqori bo‘lgan davri hisoblanadi. Bu davrlardan keyin barg yuzasi kichraya boshlaydi.
Barg yuzasini uzoqroq muddatda yuqori ko‘rsatkichda bo'Iishini agrotexnik tadbirlar bilan qisman boshqarish mumkin. Suvli sharoitda ayrim yillarda barg yuzasi katta bo‘lib vegetativ organlari yaxshi rivojlanadi, ammo meva, urug‘ kam bo‘ladi. Yem- xashak o‘tlardan ko‘kat olish uchun barg yuzasi 60-80 ming kv.m/ga boiganligi maqsadga muvofiqdir.
Demak, yuqori hosil olish jarayoni barg yuzasining o‘suv davrida o‘zgarishi bilan bog‘liq.

7 Г.С.Посйпанов «Расгениеводство».М.Колос. 1997. 41 с.


35
Ekinning fotosintetik potensialini (FP) o‘suv davri uchun yoki ma’lum bir davrlararo aniqlash mumkin. Masalan, shonalash davrida soya o‘simligida barg yuzasi 30 ming. kv. m/ga bo‘Igan, gullash davrida 40 ming. kv. m boMgan. Shonalash davridan gullash davrigacha 10 kun deb qabul qilinsa, shu davr uchun soya ekinining FP (30-40) : 2 x 10-35 ming kv. m. kun/ga teng bo‘ladi. Umuman, o‘suv davri 100-120 kun bo‘lgan ekinlar uchun FP o‘rtacha 2,0-2,5 mln. kv. m. kun/ga teng bo‘ladi. Suvli yerlarda bu ko‘rsatkich 3-4 mln. kv. m. kun/ga teng bo'lishi mumkin.
Fotosintez mahsuldorligi don ekinini fotosintetik faoliyati ko'rsatkichidir.
Fotosintez mahsuldorligi deb - bir sutkada bir kvadrat metr barg yuzasi to‘plagan quruq organik moddaning miqdori (gramm hisobida)da aytiladi. Boshoqli ekinlarda o‘rtacha fotosintez mahsuldorligi 5-7 g/m2/kun. Makkajo'xorida bundan yuqori bo‘ladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin