1Falsafa qachon va qayerda fan bo‘lib shakllangan? er. oldingi VI-V asrlarda, Yunonistonda
2.Insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari, undagi o‘rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi nima? dunyoqarash
3.Dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limot qaysi? Plyuralizm
4.Sharqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi qanday xususiyat kasb etdi? teosentrik (yunon. theos – markazdan o‘rin olgan xudo)
5.Dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar qanday ataladi? materialistlar
6.Qadimgi Hind falsafida vedalar kimning so‘zlari sifatida e’tirof etiladi? Braxmaning
7.Qadimgi Xind falsafasi qanday qismlardan iborat? veda va upanishadlardan
8.Qadimgi Yunonistonda falsafiy maktab dastlab qayerda maydonga keldi? Ioniyada
9.Qaysi qonun ob’yektiv xarakterga ega bo‘lib, u insonga ham, insoniyatga ham boqliq emas? tabiat qonuni
10.Konfusiy falsafasining markazida nima turadi? Axloq
11.Antik faylasuflarni ko‘rsating Fales, Anaksimandr, Anaksimen
12.Ontologiya tushunchasini falsafada birinchi bor kim qo‘llagan? X. Volf
13.Bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadigan yo‘nalish qanday ataladi? epistemalogiya 14.Falsafiy dunyoqarash olamni nimalarga tayangan holda tushuntiradi? aql va bilimga
15.Yunonistonda antik falsafa qachon yuzaga kelgan? miloddan avvalgi VII-VI asrlarda
16.Inson tomonidan anglab yetilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi nima hisoblanadi? Tabiat qonunlari
17.Gnoseologiyaning asosiy muammosi qanday? bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi degan masalani yechish