2  Amaliy mashg‘ulot Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlari



Yüklə 32,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü32,41 Kb.
#195134
  1   2   3   4
2Amaliy mashg‘ulot



2

Amaliy mashg‘ulot 
Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlari 
 
Metallarga ishlov berish jarayonlari ikki xil turga bo‘linadi: issiq 
holda va sovuq holda ishlov berish. Ularning bir-biridan farqi 
quyidagicha:
1.
Issiq holda metallarga ishlov berish jarayoni rekrisstallizatsiya 
haroratsidan yuqori haroratlarda amalga oshiriladi.
2.
Sovuq holda ishlov berish jarayoni esa o‘z o‘rnida 
rekrisstallizatsiya haroratsidan past haroratlarda amalga oshiriladi.
Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarining turlari. 
Bosim bilan ishlov beriladigan metall qo‘llaniladigan tehnologiyaga 
qarab quyidagilarga bo‘linadi (2.1-rasm):
2.1

rasm. Metallarga bosim bilan ishlov berishning asosiy turlari: 
1) prokatka;
2) bolg‘alash;
3) presslash;
4) kiryalash;
5) hajmiy shtamplash;
6) list shtamplash;
7) kombinatsiyalashgan usullar bilan ishlov berish;
Prokatlash. 
Prokatka deganda plastik metallarni prokatlash 
mashinasi (stani)ning aylanuvchi jo‘valari orasidan ezib o‘tkazishilishi 
tushuniladi. Bunda zagotovkaning ko‘ndalang kesim yuzasi kichrayib
bo‘yiga uzayadi va qisman eniga ortadi. 


Prokatlashning bo‘ylama, ko‘ndalang va ko‘ndalang

vint usullari 
mavjud. Bu usullar ichida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning 75-80% 
bo‘ylama prokatlashga to‘g‘ri keladi (2.2-rasm).
2.2

rasm. Prokatlash jo‘valarining turlari 
 
a)
 
bo‘ylama prokatlash. 
Bu usulda zagotovka bir o‘qda parallel 
o‘rnatilgan va qarama-qarshi tomonga aylanuvchi silindrik jo‘valar 
orasidan ezib o‘tkazib ishlanadi. Natijada uning ko‘ndalang kesim yuzi 
kichrayib, bo‘yiga va qisman eniga ortadi. Shuni qayd etish joizki, agar 
listlar, polosalar prokatlashda olinadigan bo‘lsa, prokat stanining 
silindrik jo‘valari tekis va silliq, turli profilli buyumlar (masalan, 
shveller, qo‘shtavr) olinadigan bo‘lsa, o‘yiqli bo‘ladi: 

Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin