2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli
mantiqiy
asoslari
Ishdan maqsad: Kompyuterlarni tashkil
qilishning raqamli mantiqiy
asoslari
.
Аytsang - unutaman, ko`rsatsang - eslab qolaman, o`zim bajarib
- anglab etaman. Nazariy qism:
Arifmetik mantiqiy moslama (AMM)– son bilan hisoblanadigan va
ramzli axborot ustidan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni
bajarish uchun mo‘ljallangan;
Olti sathli kompyuter.
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan
adabiyotlarda
kompyuter arxitekturasini
, bir nechta sathlar ierarxiyasidan
iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan.
Ko‘pgina
zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir.
Kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda
ifodalangan chizmasi keltirilgan.
Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi.
Raqamli
mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni
uzgichulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - И, ИЛИ, НЕ (AND, OR,
NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi.
Asosiy mantiqiy elementlar.
Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira
elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va
D kabi
triggerlar. Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir.
SR-triggeri.
Registr.
Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli
bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan
dasturlarni bajaradi
,
ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni
bajaradi.
Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos
bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal
xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb
nomlangan sxemalar mavjud.
Arifmetik mantiqiy qurilma(AMQ) – oddiy arifmetik va mantiqiy
amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar
birgalikda ma’lumotlarni
ishlash ketma-ketligini
, ya’ni ma’lumotlar
traktini shakllantiradi.
Arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ) – oddiy arifmetik va mantiqiy
amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma
bilan birga registrlar
birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar
traktini shakllantiradi.