2-bob. “Yoshlar daftari”ni shakllantirish



Yüklə 13,61 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü13,61 Kb.
#181675
312-qaror 2-bob


2-bob. “Yoshlar daftari”ni shakllantirish
4. “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi:
oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;
o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;
zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;
“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;
davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;
psixologik maslahatga muhtoj;
nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;
yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.
5. “Yoshlar daftari”ga yoshlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi. Bunda yoshlarning yashab turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasligi ularni “Yoshlar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan toifadagi ariza beruvchilar elektron platforma orqali:
ariza beruvchining bevosita o‘zi tomonidan elektron platformaga tegishli ma’lumotlarni kiritish;
ariza beruvchi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining “1093” qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilish;
yoshlar yetakchisining ko‘magida elektron platformaga ariza beruvchining tegishli ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan “Yoshlar daftari”ga kiritiladi.
6. Ariza beruvchi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi uning “Yoshlar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini uch kun muddatda o‘rganib chiqadi va ariza beruvchining “Yoshlar daftari”ga kiritilishini tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Ariza beruvchining ushbu murojaati asosida uning ma’lumotlari tegishli integratsiya qilingan ma’lumotlar bazalari orqali tasdiqlangan hollarda ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga avtomatik tarzda kiritiladi va bunda yoshlar yetakchisining tasdiqlashi talab etilmaydi.
7. Ariza beruvchiga “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi yoki kiritish rad etilganligi haqida asoslangan xabar, shu jumladan, SMS-xabarnoma yuboriladi.
8. Ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilganda tizim tomonidan avtomatik tarzda ariza beruvchi ushbu Nizomga muvofiq olmoqchi bo‘lgan yordam turini olish haqidagi ariza uning nomidan shakllantiriladi va ushbu yordam turini berish yoki bermaslik yuzasidan tavsiya berish uchun ariza beruvchining yashab turgan joyidagi mahallaning yoshlar yetakchisiga yo‘naltiriladi, ushbu Nizomning 3-bobi 2, 4, 5, 6, 10, 13-paragraflarida belgilangan subsidiya va yordam turlari bundan mustasno.
Yüklə 13,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin