O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA
VAZIYATLAR VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI FAVQULODDA
VAZIYATLAR BOSHQARMASI
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
HARBIY XIZMATCHI VA XIZMATCHILARNING
ODOB-AXLOQ QOIDALARINI BO‘YICHA
YO‘RIQNOMA
TOSHKENT -2023
MAZKUR YO‘RIQNOMA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYaTLAR
VAZIRINING 2022-YIL 25-OKTABRDAGI “FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGI HARBIY
XIZMATChI VA XIZMATChILARNING ODOB-AXLOQ QOIDALARINI TASDIQLASh
TO‘G‘RISIDA”GI 497-SONLI BUYRUG‘I TALABLARI ASOSIDA IShLAB ChIQILDI.
UMUMIY QOIDALAR
1.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchi va xizmatchilarining odob-axloq
qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Odob-axloq qoidalari) vazirlik harbiy xizmatchi va
xizmatchilarining (keyingi o‘rinlarda - shaxsiy tarkib) kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati
davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish
uslubining qoidalarini belgilaydi.
Odob-axloq qoidalari vazirlik tizimida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish,
jamoatchilik ongida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga nisbatan bo‘lgan xurmat va ishonchni
oshirish hamda shaxsiy tarkibning axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini
olishga qaratilgan.
2.
Shaxsiy tarkib o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga
oshirishi shart:
qonuniylik;
O‘zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilish, xizmat
vazifasiga fidoiylik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy
rioya etish;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqliq adolatlilik, halollik va xolislik;
korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;
davlat va xizmat sirini qat’iy saqlash;
mansab vakolatlarini suiste’mol qilmasliq manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.
Dostları ilə paylaş: |