Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi


XIZMAT FAOLIYATIDAGI TASHQI KO‘RINISH VA KIYINISH USLUBIGA



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix01.08.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#138257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5

XIZMAT FAOLIYATIDAGI TASHQI KO‘RINISH VA KIYINISH USLUBIGA 
OID ODOB-AXLOQ QOIDALARI 
21.
 
Shaxsiy tarkibning xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi 
fuqarolarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat 
xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak. 
22.
 
Shaxsiy tarkibning tashqi ko‘rinishi xizmat (mehnat) sharoitlari va vazirning 
tegishli buyrug‘iga muvofiq, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning 
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga 
ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, 
kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim. 
23.
 
Shaxsiy tarkibning xizmat (ish) joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid 
qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida tegishli 
buyruq asosida belgilanishi mumkin. 
 
 MANFAATLAR TO‘QNASHUVI 
 
24.
 
Shaxsiy tarkib mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar 
to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l 
qo‘ymasligi kerak. 
25.
 
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda harbiy xizmatchi va xizmatchilar 
o‘zining raxbarini darxol xabardor qilishi shart. 
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan raxbar bu 
to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishga 
majbur. 
 
SHAXSIY TARKIBNING MANFAATINI HIMOYA QILISH 
 
26.
 
Shaxsiy tarkibni xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq taxdid, xaqorat, tuxmat 
va qonunga xilof boshqa xatti-xarakatlardan himoya qilish Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
tizimidagi raxbariyat tarkibi tomonidan amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin