o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni
kamsitmaslik, ularning ta’siridan saqlanish, fuqarolar huquqlari,
majburiyatlari va qonuniy
manfaatlarini hisobga olish;
o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti-
harakatlardan saqlanish;
davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa ma’lumotlarning oshkor
etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda
foydalanmaslik;
axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jaxon axborot tarmog‘i va
axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashning
belgilangan tartibiga amal qilish;
biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid
ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining
oldini olish choralarini ko‘rish;
ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashqilotlari
hamda mansabdor shaxslar
faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi
mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik;
xizmat (harbiy, maxsus) kiyimidagi foto va videotasvirlarni internet tarmog‘idagi
turli
ijtimoiy saytlar (feysbuk, telegramm, tvitter, yutub, odnoklasniki va boshqalar)ga akkaunt
sifatida yoki boshqa maqsadlarda joylashtirish;
fuqarolar va xamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlar,
tug‘mat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik;
harbiy (mehnat) va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda
so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish;
o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va
tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
vazirlikning mulki va moliyaviy mablag‘lari, shuningdek, davlatning boshqa mulkini
xarbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ishlatishga yo‘l
qo‘ymaslik;
jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda
belgilangan tartibda hamda
muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;
harbiy (mehnat) jamoada ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga
ko‘maklashishi;
harbiy
(mehnat)
jamoada
hamkasblarining
sha’ni
va
qadr-qimmatini
obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi;
xizmat (ish) joyiga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan
holda atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinish yoki sport
kiyimida kelishga, ommaviy sport yoki park xo‘jalik kunlari bundan mustasno yo‘l qo‘ymasligi
kerak.
Dostları ilə paylaş: