Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix01.08.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#138257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5

10.
 
Raxbarlar quyidagilarga majbur: 
buysunuvidagi shaxsiy tarkibga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda o‘rnak 
bo‘lish; 
jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish; shaxsiy tarkibni 
qonunga xilof xatti-xarakatlarni amalga oshirishga undamaslik hamda ulardan bunday 
harakatlarni bajarishni talab qilmaslik; 
kadrlarni maxalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat 
belgilari bo‘yicha tanlash, tayinlash yoki tavsiya etishga yo‘l qo‘ymaslik; 
harbiy (mehnat) jamoasida guruxbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va 
qo‘llab-quvvatlash) ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish 


 
jarayonida boshqa salbiy omillarning oldini olish; 
shaxsiy tarkibning faoliyatiga baho berishda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul 
qilish; 
shaxsiy tarkib tomonidan korrupsiya va boshqa suiste’molchiliklar sodir etilishining 
oldini olish choralarini ko‘rish; 
buysunuvidagi shaxsiy tarkibni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish choralarini 
ko‘rish; 
vakolati doirasida shartnomalar tuzish, tanlovlar o‘tkazish yoki rozilik berish 
masalalariga xolis, adolatli va qonuniy yondashish. 
11.
 
Raxbarlar buysunuvidagi shaxsiy tarkibga qo‘pol muomalada bo‘lishi, haqorat 
qilishi, shaxsiyatiga tegishi, ularga asossiz tanbeh berishi yoki ayblashi hamda kamsitishi 
mumkin emas. 
12.
 
Vazirlik Markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida 
yuqori xarbiy intizomni joriy etish uchun boshliq (komandir): 
reja va rejadan tashqari (yo‘llanma bilan) maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish; 
qo‘l ostidagilarning shaxsiy fazilatlarini o‘rganishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni harbiy nizomlarda ko‘rsatib berilgan qoidalar asosida qo‘llab-quvvatlashi; 
jamoani jipslashtirish, turli millatga mansub harbiy xizmatchilar o‘rtasida do‘stlikni 
mustahkamlash; 
gender tenglikni ta’minlashi; 
shaxsiy tarkibdagi xarbiy intizom va axloqiy-ruhiy holatni bilishi, qo‘l ostidagilarning 
boshliqlar talabi va harbiy intizomni mustahkamlash buyicha vazifa va usullarini yakdil 
anglab yetishlariga erishishi, ularning harbiy intizomini mustaxkamlashiga raxbarlik qilishi va 
shaxsiy tarkibning axloqiy-ruxiy holatini bilishi, rag‘batlantirish va intizomiy ta’zir choralarini 
qo‘llash amaliyotiga o‘rgatishi; 
xizmat (mehnat)ni o‘tash qoidalarining buzilish hollarini zudlik bilan bartaraf etishi
boshqarma (tuzilma) jangovarligi va faoliyatiga raxna soluvchi har qanday xatti-xarakatning 
qat’iyat bilan oldini olish, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishi va jinoyat, boshqa kor-hol va 
xatti-xarakatlarni ogoxlantirish bo‘yicha ish olib borish; 
qo‘l ostidagilarni harbiy intizom talablarini so‘zsiz bajarishi va yuksak ijrochilik ruxida 
tarbiyalash, ularda shaxsiy g‘urur, harbiy sha’n va harbiy burch tuyg‘ularini o‘stirishi va 
qo‘llab-quvvatlashi; 
boshqarma (tuzilma)da harbiy intizomning, ayniqsa harbiy xizmatchilar orasida o‘zaro 
munosabatlarda nizom qoidalarining, ijtimoiy adolat ko‘rinishlarining buzilishiga 
murosasizlik kayfiyati yaratilishi va bunda oshkoralikdan keng foydalanishi; 
o‘z qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holati va intizomini muntazam taxlil 
qilib borishi; 
o‘z vaqtida va xolislik bilan bu haqda o‘zidan yuqori lavozimdagi boshliqqa hisobot 
berishi, jinoyat va kor-hollarda esa zudlik bilan xabar qilishi lozim. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin