3. Shaxsiy tarkib xizmat(mehnat) faoliyati davomida va xizmat (ish)dan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim: Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchisi va xizmatchisi, shuningdek,
qutqaruvchisi obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti- harakatlardan tiyilish, axloq
normalariga doimiy rioya qilish;
mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish; murakkab
vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish; xushmuomalalik, e’tiborlilik va
xushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;
oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxur bo‘lish, farzandlarida
vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qatiy nazar,
ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;
jamiyatda axloqning umum e’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.
4. Shaxsiy
tarkib
o‘z
vakolatlarini
amalga
oshirayotganda
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy
harbiy majburiyat va xarbiy xizmat to‘g‘isida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi
Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari Umumxarbiy
nizomlari hamda Mehnat kodeksiga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonunchilik
xujjatlariga amal qiladi.
5. Shaxsiy tarkib Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa