2-Boshlovchi: Alisher Navoiy, ey buyuk ustoz Poyingizga ta’zim etgani keldik Madhingiz tillarda jaranglatib soz Ruhingiz shod etgani keldik



Yüklə 15,52 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü15,52 Kb.
#121815
Mir Alisher Navoiy


Alisher Navoiy
1-Boshlovchi: Assalom, Navoiy, g’azal sultoni
Yetibdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq so’z istak edi.
Muborak yoshingiz biz imkon berdi.
2-Boshlovchi: Alisher Navoiy, ey buyuk ustoz
Poyingizga ta’zim etgani keldik
Madhingiz tillarda jaranglatib soz
Ruhingiz shod etgani keldik.
1-Boshlovchi: Assalomu Aleykum! Buyuk mutaffakir, daho shoir, g’azal mulkining sultoni-Mir Alisher Navoiy tavalludining mo’jaz tantanasiga yig’ilgan aziz mehmonlar.
2-Boshlovchi: Assalomu Aleykum! Sharqning buyuk allomasi, Davron elining jismida jon bo’lgan Nizomiddin Mir Alisher ehtiromining mo’tabar ustozlar!
1-Boshlovchi: Barchangiz bugungi deb nomlanuvchi nazm va navo kechamizga xush kelibsiz!
2-Boshlovchi: Zamon bir qalqidiyu olamga nur taratdi, go’yo, Navoiy dunyoga keldi.
1-Boshlovchi: Besh asrki, bu kun so’nmay dunyoni munavvar etib kelmoqda.
2-Boshlovchi: Bu ko’hna quyosh abadiy ekan, yana ko’p davrlar bu nur bo’lib shoir bo’lib ash’orlar bitadi.
1-Boshlovchi: Navoiy qalbining navosi-abadiy so’nmasdir.
2-Boshlovchi: Mir Alisher o’z davridanoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib, xalqimiz timsoliga aylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z iste’dodiga yarasha bahramand bo’lmoqda. Zero, Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.
1-Boshlovchi: Biz shunday ulug’ mutaffakir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz, bugungi adabiy kechamiz Navoiyga, she’riyat dahosiga bo’lgan ehtiromimizning bir ko’rinishidir. Bugun oz bo’lsa ham Navoiy bobomizni ruhini shod eta olgan bo’lsak o’zimizni baxtiyor hisoblaymiz. Biz ham bobomizdek o’qish, o’rganish, komil inson bo’lishga harakat qilamiz. Navoiy bobomizga bag’ishlab tayyorlagan bayram tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun Rahmat !
Yüklə 15,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin