Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Alisher Navoiy



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/10
tarix19.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#157497
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Alisher Navoiy

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Hayoti

Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi.

Alisher Navoiy

Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.

Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Hayoti

Hayoti

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir Alisher“ deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ — amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad (uni Gʻiyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan ekan.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin