2-kurs talabasi Ilmiy rahbari: Pardabayev Jasur



Yüklə 92,24 Kb.
səhifə1/3
tarix14.06.2023
ölçüsü92,24 Kb.
#130230
  1   2   3
Ижтимоий педагокнинг касбий фаолияти воситалари


Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti

Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi


_______________________”fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ijtimoiy pedagokning kasbiy faoliyati vositalari
Bajardi: 2-kurs talabasi________________________________
Ilmiy rahbari: Pardabayev Jasur
Topshirgan sanasi: ________________
Himoya qilgan sanasi: ________________
Baho: ____________

Toshkent-2023




REJA:

  • Kirish

I-BOB Ijtimoiy tadqiqotlar
1.1 Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiyhayotga ta'siri.
1.2 Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifalari
II-BOB Pedagogik tadqiqotlar

2.1 Ijtimoiy pedagog faoliyatida foydalanadigan


metodlar.
2.2 Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishining o‘ziga xosligi

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.



Kirish
Ijtimoiy pedagogika–garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo‘q qilinishi kiradi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda.
Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo‘lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi:
1) kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi
sifatida e’lon qilinishi;
2) aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir
qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;
3) sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining
yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;
4) “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy qilinishi.
O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi
prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o‘rin tutmoqda. Ularda insoniylik, mehribonlik o‘zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi ko‘pgina muammolar- sog’liqni saqlashni, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va sport majmualarini qurish, ko‘p bolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi.


1.1 Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi – yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda ShAXS bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin,
ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa
jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa
chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli jabqalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:


Ommaviy axborot vositalari Iqtisodiyot
Ko`cha-kuy, mahalladagi
Ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosbatlar SHAXS
Ishlab chiqarish jarayoni Ilm-fanning turli sohalari

voqe'liklar


Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo‘ldi.
Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o‘zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so‘ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga bog’liq bo‘lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi:
Birinchidan, Bugungi kunda ta'lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba'zi natijalari o`rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo`llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi munosabatlar bilan shug`ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini uyg`otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo`lgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining o`ziga xos ob'ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini, o`zligini anglashi, hayotiy-axloqiy me'yorlarni o`zida mujassam etishi jamiyatda shu ma'naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta'lim-tarbiyaning o`zi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir.
Ikkinchidan, ba'zi jamiyat a'zolarining ongidagi ma'naviy bo`shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va sub'ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o`z-o`zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma'lum ob'ektga yo`naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta'sir imkoniyatlari o`zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qzini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g`ururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o`zgartirish ijtimoiy- ma'rifiy jarayonlar bilan bog`liq bo`lib. Uni ilmiy jihatdan o`rganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar o`zbekistonlik olimlarning diqqat e'tiborini ham o`ziga tortmoqda.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning ma'naviyatida ro`y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil O`zbekistonda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so`zi» bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo`lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o`smirlar, tarbiyachilar bunday og`ir vaziyatda o`zlariga ruhan malham bo`ladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj bo`ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo`lgan ehtiyoji ham sezilmoqda.
Hayotdan umid uzgan, o`ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qayg`usiga sherik bqlishlarini kutadilar. O`z so`zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda o`ziga ishonch uyg`otish, o`z imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo`lgan ta'siri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yo`nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda.
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida namoyon bo`ldi.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo`ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Bir ob'ektni turli fanlar tomonidan qrganish mumkin. Ijtimoiy pedagogika- tarbiya va ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog`liq bo`lgan holat va xodisalarni o`rgatadi. Bu jarayon jamiyatga «kirish» va o`zaro munosabatda bo`lishni anglatadi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) oladilar, ya'ni ijtimoiylashtirish yuz beradi.
«Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya» kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, ma'naviy faktorlarni tekshirish shuningdek, mazkur fanning ob'ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.
Kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog kadrni hayotimizning barcha jabhalariga «pedagogik ko`z» bilan qarash, o`rganish, reabilitatsiya qilish yo`llarini aniqlash va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat.
Kursning asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga:
1. Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan biri sifatida Ijtimoiy pedagogika fani xaqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan muqoyasa o`rganish;
2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar;
3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining o`ziga xos spetsifik xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda jamiyatning roli, ba'zi jamiyat a'zolarining ma'naviyatida ro`y berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai nazardan o`rganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o`rganish va yanada takomillashtirish davr taqozasidir.
Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida. O`zbеkistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari.
Ijtimjiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti xalqning tarixiy-madaniy va etnik an’analari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bog`liq holda rivojlanadi va xalqning inson va insoniy qadriyatlar haqidagi qarashlariga tayanadi. Insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarida va barcha jamiyatlarda ham o`zini to`laqonli boshqarishga imkoni bo`lmagan kishilarga, masalan, bolalar, qariyalar, kasallar,jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida cheklanishlari bo`lganlarga munosabat masalasiga duch kelganlar. Bunday masalalar turli jamiyat va davlatlarda turlicha hal etilgan, ya’ni, ojiz va qarovsiz qolganlarni jismoniy yo`q qilishdan tortib ularni jamiyatga to`liq integratsiyasigacha yo`llar tutilgan.
O`zbеkistonda qadimdan bunday kishilarga nisbatan insonparvarlik yo`li tutilib, ularga doimo rahm ko`rsatib kelingan, ayniqsa, islom dini kirib kelganidan keyin rahmdillik va xayr-saxovatga e’tibor kuchaygan. Muhtojlarga doimiy yordam ko`rsatib kelingan.

Yüklə 92,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin