2-kurs talabasi Ilmiy rahbari: Pardabayev Jasur


Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti



Yüklə 92,24 Kb.
səhifə2/3
tarix14.06.2023
ölçüsü92,24 Kb.
#130230
1   2   3
Ижтимоий педагокнинг касбий фаолияти воситалари

Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.
Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.
Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar.
Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabqalari bilan boqliqdir. Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq.
Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan..
Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya
IJTIMOIY
PEDAGOGIKA Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya Filosofiya-Mantiq-Iqtisod
Tarix-Etnografiya-huquq
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini o`rganadi.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi.
Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashadi.
Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir.
Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot irqlarining paydo bo`lishi, odamning tana tuzilishidagi farq-tafovut, o`zgaruvchanlik haqidagi fan.
Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr o`rtalaridan boshlab rivojlandi.
Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki jahonning turli mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shug`ullanadi. Sotsiologiya- insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir. Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to‘ldirib kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko‘pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin.
O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo‘lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining SHarq mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib qo‘shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo‘lgan davrda pedagogikadan voz kechish, so‘ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o‘rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro‘y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas.
Masalan, YU.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va o‘qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika-“barcha yosh guruhlar va ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogikasi”dir.
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb hisoblaydi.
I. Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “ ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rnatuvchi fan”.
YU.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o‘zi inson faoliyatining ob’ektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o‘rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o‘ziga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, ularni bitta sohaga birlashtirib turadi. Bu birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so‘nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo‘lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o‘rganadii. Biroq ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishlarda o‘rganadi. Bu fanning o‘ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so‘zida mujassamlashtiilgan.
“ Ijtimoiy” (lotinchada sotsialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning shakllari, ular o‘zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o‘sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog’liq xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi.
SHunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning o‘ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashishi ro‘y berdi. Umumiy pedagogikaning spetsifik vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi.
SHu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. SHu bilan birga o‘z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo‘ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g’amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagoglar faoliyatning turli sohalari: ekologiya, badiiy ijod, sog’lomlashtirish sohalarida ixtisoslashishadi.
SHunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar hisoblanadi. SHu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya tomonidan o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi ijtimoiyogik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. SHu bilan birga ijtimoiy pedagogika o‘zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi.
YUqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha:

  • ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.

SHuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’lif bersak ham bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab jarayon. Bir tomondan har qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat o`z tuzilishiga yega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir- biriga ta'sir etadigan davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil etish va boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning rivojlanishi va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi shaxsning shakllanishi uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular ijtimoiylashtirish institutlari nomini olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy instituti , oila vositasida odam asosiy ijtimoiy bilimlarni o`rganadi, axloqiy maxorat va malakaga ega bo`ladi, xayoti uchun zarur bo`lgan ma'lum qadriyat va makurani egallaydi. Bolalarning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir institut-ta'lim muassasasidir. Odam uzluksiz ta'lim orqali jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, boyliklar bilan munosabatda bo`ladi. Odam bilim olish jarayonida faqat aqliy jihatdan rivojlanib qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi.
Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari.
Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo‘limlardan iborat. Bu bo‘limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy amaliyoti turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish bo‘yicha muayyan yondashuv va tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya falsafasi falsafa, etika, ijtimoiyogiya va pedagogika to‘qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar.
Ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyat tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ma’lumotlarini inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima ekanligini va ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o‘zaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi.
Ijtimoiy tarbiya uslubiyati ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning inson mablag’iga ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo‘limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko‘rib chiqiladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrin bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko‘rsatadi: nazariy, insoniylikka oid va amaliy.
Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va hodisalarining to‘liq tasvirini tuzishga intilishida namoyon bo‘ladi.
Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog’liq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi:
1) bola (o‘smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o‘zaro tushunishga muhabbatni tarbiyalash;
2) inqirozdan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo‘yish, chiqish yo‘llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash;
3) atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
4) g’urur, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish;
5) bola (o‘smir)da insonlar bilan oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala qilishga ishtiyoqni oshirish. Bunda ijtimoiy pedagogika o‘z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlarini bilishi zarur. SHuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi nizolarni yechishga o‘rgatishi kerak. Bu vazifalarni yaxshilik qilish, o‘z hayotini tashkil qilishni o‘rgatish, o‘ziga xosligi va iqtidorini tashkil qilishga rivojlantirishda o‘z aksini topadi.
Insonparvarlik vazifasisi shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik emas, o‘zaro tushunishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
YU.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari sifatida tarbiyaviy, ijtimoiyhuquqiy va ijtimoiyreabilitatsion umumlashmalarni ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy- huquqiy vazifa davlatning bolalarga g’amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa-nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
SHu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
1) falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlash ham muhimdir;
2) bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganish;
3) bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili;
4) ijtimoiy pedagogning ijobiy tajribani tahlil qilish, tarqatish, targ’ib qilishga qaratilish;
5) u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
6) ijtimoiy pedagog bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug’ullanish;
7) ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.
Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish
XIX asrda yevropa va SHimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “ ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo‘lishini ta’minladi.
G`arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlanadi, biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyatlarida ko‘p umumiy jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi sinonim so‘zlardir. Bu mutaxassislar jamiyatda
tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo‘llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.
Ishchilarning bu toifalarini paydo bo‘lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarda ehtiyoj tug’ilgani bilan bog’liq.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. “Mehribonlik”, “hayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogik ham ijtimoiy ishda qo‘llanishi tasodif emas.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki ishchilar toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-birlarini to‘ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-masalan, bolalar bog’chalari, maktablarda hozirda ham ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ishlashlari mumkin. Biroq ulardan har biri o‘z majburiyatlariga ega.
Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli fanlardan kelib chiqishgan: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa ijtimoiyogiyadan.
Amaliy faoliyatda ularning farqlari ijtimoiy pedagoglar o‘z faoliyatlarida pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida, ijtimoiy ishchilar esa asosan ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanishlarida namoyon bo‘ladi. Bu ikki mutaxassisliklar shuningdek, faoliyat ob’ekti bo‘yicha ham farqlanadilar.
Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorida faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga keladi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo‘lishi mumkin. Ular ham insonga bog’liq bo‘lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq bo‘lishi ham mumkin. Bu holatda ijtimoiy ish ob’ekti o‘z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo‘lgan inson bo‘ladi.
SHunday qilib ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan insondir. Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga aylanishiga kerak bo‘ladigan yordamdir.
Ijtimoiy ishchi yordam ko‘rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy pedagogikada odatda “go‘dak” so‘zi ishlatiladi.
“Ijtimoiy ish” insonning insonga insoniy munosabatini namoyon bo‘lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinayapti.
Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini osonlashtirish qaratilgan tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va shuncha o‘xshash faoliyat doirasidan nafaqat kundalik muammolarni hal qilishga yordam berish, balki ehtiyojlarni qondirishga to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal qilishga yordam berish bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) ko‘rsatadigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko‘rsatma berish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining hamdardligiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ancha obro‘ e’tiborga ega. Biroq ijtimoiy ishchilarning maoshi yuqori emas va ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar soni ham ko‘p emas.
Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb desak bo‘ladi. Savol paydo bo‘ladi: ijtimoiy pedagog o‘zi nima bilan shug’ullanadi?
Ijtimoiy ishning o‘ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmandning “ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo‘ldi. Bu mumtoz asarda “YAxshi ijtimoiy ishchi odamlarni kambag’allikdan halos etish bilan shug’ullanmaydi, u kambag’allikni umuman bartaraf etish uchunnima qilish haqida o‘ylaydi”,-deb yozilgan. Richmonddan keyin izlanish, tashhis, davolash parofigmasi ijtimoiy ishda asosiy bo‘ldi.
Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida I.Karpf (1931 yil) o‘z rivojlanishida tayanish lozim bo‘lgan fanlarni sanab o‘tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. O’shandan buyon bu ro‘yxat deyarli o‘zgarmadi.
Amaliy ijtimoiy ishchi atamasi 1970 dan buyon qo‘llanilmoqda Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan ishlash, yerning yo‘naltirilganligi nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlari, kambag’allar, nogironlar, aqliy ojizlar, aroqxo‘rlar bilan ishlash. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kengroq yondashuvlar ham shakllandi.
Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to‘qnash kelishadi. Bu muammolarga aroqxo‘rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini berdi.
Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog’liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. U ishchi o‘z sohasida unga yordam so‘rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishini talab qiladi.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondashuv yetakchi yondoshuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy ishchilardan bir sohaga ixtisoslashuv mos, universallik turli usullarni uyg’unlashtira olish talab qilina boshladi. Pedagogik, ijtimoiyogik, nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj ijtimoiy ish tarkibida ham muhim o‘zgarishlar ro‘y berardi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug’ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy ishchilar bir vaqtning o‘zida bir qancha inson muammolarini hal qilishdi.
Butun dunyoda ijtimoiy xizmatlar ishchilari jiddiy o‘qitilmoqda. U milliy ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va YAponiyada katta farqlarga ega.
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ishda bilimlar zahirasiga oid sohada ishlangan va boshqa sohalardan o‘zlashtirishganlarning qo‘shiluvidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sotsiologiya, psixologiyadan ko‘p narsa olgan. SHaxs, ijtimoiy guruhlarning yurish-turishi, oila muammolari, hokimiyat, qo‘shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, stratifikatsiya va ijtimoiy qatlamlashish, murakkab tuzilmalar va turli madaniy tizimlarning turlarini ijtimoiy ishchilar psixologiya va ijtimoiyogiyadan o‘zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi xal qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo‘lishi lozimligini tushunish kengayib bormoqda. Bu kasb bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib
bormoqda, maxsus konferensiyalar o‘tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qo‘llash masalasi muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg’or yutuqlar almashuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha
Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o`z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport turlariga qamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi-bu qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi.
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak.
Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi omillarni ham o`rganadi.
Inson hayoti davomida o`zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o`smirlik va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv-funktsional faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib, bunda nasl-irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o`zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
“Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy- iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo‘llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.
XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida o‘rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi:
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o‘zgarishi bilan aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonidapaydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog’liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). SHu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. SHunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o‘z-o‘zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish;
v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. SHu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etish ham sodir bo‘ladi. SHunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari.
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g’amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari-muloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq- atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi::
-go‘daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go‘daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
-ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;
- o‘smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o‘spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari.
Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. YOshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush o‘rtog’i, hamkasblari ham qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari.
Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi:
1. I.P.Podlaso‘vga tasnifi bo‘yicha:
Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. /ayri ixtiyoriy mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir;
ajratish mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi.
o‘z-o‘zini cheklash mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi.
Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-o‘ziga hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu o‘z menini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. CHunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi; o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash loyihalash mexanizmining mohiyatini tashkil qiladi.
O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilga qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. SHubhali inson hammadan
gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi;
ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu-identifikatsiyadir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog’liq.Bunda boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi.
Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;
empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish. SHaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;
qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi.
Ratsianallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o‘z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini chiqaradi. YOsh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini qo‘llashadi.
fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi.
2. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi:
imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.
eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o‘zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo‘lish.
taqlid-biror bir namunaga o‘xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to‘plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir.
Refleksiya mexanizmi-ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘ e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va hayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi.
Bundan tashqari ijtimoiylashuvning
1) ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi: ijtimoiylashuvning an’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib taasurotlar yordamida sodir bo‘ladi.
2) institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to‘plashi mumkin.
Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham
aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga bo‘linadi;
1. Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo‘ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi.
2. Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.
3. Mezoomillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
4. Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
SHaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir- biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillarajratib ko‘rsatiladi.
Biologik omillar .Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg’u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. SHuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog’liq.
Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika o‘rganadi.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug’ilayogan bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og’ir kechadi. SHuning uchun ularga o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug’ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. SHuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. CHunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug’ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi.
Yosh ulg’aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. SHuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rgandilar.
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. SHu nuqtai nazardan inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. SHuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqe’larni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug’ma maqomlar bo‘lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega bo‘lgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qo‘lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo‘lamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. SHuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo‘ladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: o‘g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin.
Bola o‘z rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog’chasi va maktabda sport to‘garagida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, o‘rtoq, do‘st, o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. CHunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq o‘zlashtirishi lozim.
Yana bir muhim ijtimoiy rol-o‘z vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog’liqdir. SHu bilan birga bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak bo‘ladi. Katta shaharlar ko‘chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko‘nikishgan. O’tgan- qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o‘g’irlik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida
So‘nggi o‘n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalarining o‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Davlat mafkurasining o‘zgarishi sababli bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. SHu bilan birga ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishadi. Ba’zi olimlar esa ijtimoiylashuv deganda fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo‘lishi, uni ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv anglash sifatida ta’riflagan.
Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi. Tarbiya esa diskret (uzlukli) jarayondir. CHunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo‘ladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. SHunga qaramay tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini sabab qilib ko‘rsatsak bo‘ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Bu tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini to‘liq ochib bera olmaydi.
Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo‘lgan umumiyligini aks etishga harakat qilingan tarbiyaning ta’rifi keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi:
Tarbiya-insonning jamiyatga ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rif to‘liq to‘g’ri hisoblanmaydi. Bu faqat muallifning nuqtai nazarini aks ettiradi.
Ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lgan tarbiya o‘z xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda doimo bir maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar- muhit, OAV, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega hamda boshqa omillarning o‘rnini to‘ldira olmaydi ham, bekor qila olmaydi ham.
Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola qanchalik kichik bo‘lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi.
Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon- o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o‘z shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir.. SHuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi.
Tarbiya o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAV, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog’chasi va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayonini sodir etadi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik turli bo‘lsa, bola undan shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi.


Xulosa
Demak, bolaning rivojlanishi ikki yo`nalish asosida amalga oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish.
Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo`shib borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi.
Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o`z-o`zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan.
Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to`sqinlik qiluvchi ijtimoiy-ma'naviy fazilatlarning yo`qligi hamda ularning shakllanmay qolishi ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini olish hamda ma'lum chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo`ladi.
Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo`qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb ataladi.



Yüklə 92,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin