2-Ma’ruza. Fizikadan masalalar yechish darslarini tashkil etish
va o’tkazish metodikasi.
Reja:
1. Masala yechish - fizika o`qitish jarayonining ajralmas qismi.
2. Masalani yechishning turli uslublari orasidagi bog’lanish
3. Masalani yechishda foydalaniladigan metodlar
Fizika o`qitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega. Masala yechish - fizika o`qitish
jarayonining ajralmas qismi bo`lib, u fizik tushunchalarni shakllantirishga katta xissa qo`shadi, fizik
fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo`llash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish
quyidagi hollarda keng qo`llaniladi:
a) yangi axborotlar berishda;
b) muammoli vaziyat hosil qilish va o`quvchilarga muammo qo`yishda;
d) amaliy malaka va ko`nikmani shakllantirishda;
e) o`quvchilar bilimining mustaxkamligi va chuqurligini sinashda;
f) materialni mustaxkamlash, umumlashtirish va takrorlashda;
g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta‟lim berishda;
x) o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda.
Tinglovchilarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirishda masalalarning o`rni juda kattadir. Masala
yechish orqali o`quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil Mulohaza yuritishi, o`qishga
qiziqishi va xulqi, qo`yilgan maqsadga erishishdagi qat‟iyligi tarbiyalanadi.
Fizikadan masala yechish o`quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishga ijobiy ta‟sir
ko`rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikaning yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Masala
yechish ko`p hollarda fizika darslarining tarkibiy qismi bo`lib keladi.
O`qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustaxkamlashda, o`tilganlarni takrorlashda,
o`quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab ko`rishda masala yechishdan foydalanadi.
Fizikaga qiziquvchi o`quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg`ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular
olimpiadaga tayyorlanadi. Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o`z ichiga olgan
masalalar tanlanadi.
Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyotga qo`llashdir. Bu esa o`quvchilarning fizik
tafakkurini (fikrlashini) rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda, ular xaqidagi
ma‟lumotlarni umumlashtirishda, o`xshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Mantiqiy xulosalar, matematik amalllar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan xolda
yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo`yilgan
muammoni xal etish, masala yechishdan iboratdir
Masala yechish orqali talabalar bilimlarini kengaytiradilar. Qonun va formulalarni chuqurroq
bilishni o`rganadilar, ularni qo`llanish chegaralarini ko`rib chiqadilar. Umumiy qonuniyatlarni aniq bir
vaziyatlarga qo`llash malakasini egallaydilar. Masala yechish jarayonida hisoblash, adabiyotlar va
ma‟lumotnomalar bilan ishlash malakalari hosil bo`ladi. Masala yechish aqliy faoliyatni, fizik
hodisalarga maxsus yondashish yo`llarini shakllantiradi.
Tinglovchilar ma‟lum bir mavzuga oid masala yechishda keng hodisalar ko`lamini bilishga
jiddiy yondashishni o`rganadilar. Masalan, kinematikani o`rganishda masala yechish orqali talabalar
berilgan nuqtalar sistemasi uchun harakat qonunlarini bilish orqali harakatning hamma
xarakteristikalarini aniqlash mumkinligiga ishonch hosil qiladilar (tezlik, tezlanish, impuls, energiya,
...)• «Nuqta dinamikasi»ni o`rganishda o`qituvchi Nyutonning ikkinchi qonuni kuch, massa va
tezlanish orasidagi bog`lanish bo`lmasdan, u harakat tenglamasi ekaniga aloxida e‟tibor berishi lozim.
Uni differensial tenglama ekani ko`rsatib o`tiladi.
Tinglovchilar xali differensial tenglamalarni yechishni bilmasalar ham uni to`g`ri tasavvur qila
oladilar. Masala yechish bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda hisoblash malakasini oshirishga mashq-
masalalar, u yoki bu qonunlarning qo`llanishlarini namoyish qiluvchi masalalar, bilimni
mustahkamlash va nazorat qilish masalalari va bilimni orttirishga xizmat qiladigan masalalar ko`rib
boriladi. Bilimni mustaxkamlash va nazorat qilishga oid masalalar va mashqmasalalar ma’ruzadan va
kitobdan olingan tayyor bilimni qo`llashga 7 mo`ljallanadi. Bu masalalar asosan xotira va diqqat
mexanizmiga asoslanadi. Masalan, berilgan sharoitda (xaroratda) molekulalarning o`rtacha kvadratik
tezligini hisoblashga oid mashq-masala yechish orqali talaba molekula tezligining juda kattaligiga
ishonch hosil qiladi, formulalar takrorlanadi. Bularning hammasi molekular fizikani o`rganishda
foydalidir. Avval ma‟lum bo`lganlar bilan yangi no`malumlar orasida bog`lanishlar o`rnatuvchi
masalalar aqliy faoliyatni qo`zg`atuvchi bo`lib xizmat qiladi. Bunday masalalar bilimni orttirishga
xizmat qiluvchi masalalardir. Ularni yechish orqali talabalar yangi bilimlar oladilar. Agar talaba
nazariy jihatdan bo`sh bolsa, bunday masalalarni yecha olmasligi mumkin. Shuning uchun talabalar
nazariy tayyorgarligiga e‟tibor qilish lozim, aks xolda muvaffaqiyatga erishib bo`lmaydi.
Texnik sabablarga ko`ra (integral ololmaydi, tenglamani yechish yo`lini unutgan) talaba
masalani yecha olmasa, u bundan qo`rkmaydi. Lekin masalaning mohiyatiga tushunmasa, uni yechish
uchun ko`p ishlash lozimligini anglasa, mustaqil ishlashga xoxishi kamayishi mumkin. Shuning uchun
mashqmasalalardan sekin asta bilimni orttirishga xizmat qiluvchi masalalarga o`tib borish lozim, bunda
talabalarning ko`pchiligi ularni yecha oladigan bo`ladilar. Sifat masalalari Mantiqiy muhokama qilish
orqali yechiladi. Hisoblash masalalarini yechishda tenglamalar tuzilib, ular matematik usulda
yechiladi. Ba‟zi bir masalalar geometrik shakllar chizish orqali yechiladi. Masalani quyidagi reja
asosida yechish mumkin (ba‟zi masalalarni yechishda ayrim bandlari tushib qolishi mumkin):
1) masala sharti diqqat bilan o`qiladi;
2) masaladagi hamma so`zlarning ma‟nosi tushunarlimi? Noma‟lum so`z ma‟nosi kitobdan
yoki o`qituvchidan aniqlanadi;
3) masala sharti yoziladi (hammasi bir o`lchov birliklar sistemasidaligi aniqlanadi);
4) chizmasi chiziladi (agar u zarur bo`lsa);
5) masalani tahlil qilib, fizik ma‟nosi ochiladi;
6) bu masalani yechishda qanday qonuniyatlardan foydalanilishi aniqlanadi.
7) fizik kattaliklarni bog`lovchi tenglama tuziladi;
8) tenglamani yechib, noma‟lum kattalik topiladi va umumiy ko`rinishda javob olinadi;
9) kattaliklarning qiymatlarini SI sistemasiga keltirib, o`rniga qo`yib, hisoblab, son qiymati
topiladi;
10) olingan javob tahlil qilinadi, berilganlarning o`zgarishi bilan no`malum qanday o`zgarishi
ko`rib chiqiladi.
Masala doim shu reja asosida yechib borilsa, talabalar ko`nikib qoladilar. Biror bosqich qolib
ketsa, masala to`g`ri chiqmasligi mumkin. O`qituvchi uni ko`rsatib borishi lozim. Masalani odat
(an‟ana) bo`lib qolgan uslubda yechish talabada tipik masalalarni yechish maxoratini oshiradi. Odatda
masala yechish darsi asosan quyidagicha olib boriladi: Avval shu mashg`ulotda ko`riladigan mavzu
umumlashtiriladi, ya‟ni undagi asosiy qonun va formulalar takrorlanadi. Buni talabalardan so`rash
orqali amalga oshiriladi. Agar talabalar u yoki bu tushunchani yaxshi bilmasalar o`qituvchi o`zi uni
yaxshilab tushuntiradi va ma‟ruza o`qiydigan‟o`qituvchiga talabalarning qiyinchiliklarini aytadi.
Umumlashtirishga 5-7 minut etarli bo`ladi. Keyin o`qituvchi o`zi yoki uning yordamida doskada talaba
bir tipdagi masalani yechib to`la tahlil qilib beradi. Shunga o`xshash masala mustaqil yechish uchun
beriladi.
Qiynalayotgan talabaga yordam berib boriladi. Agar gurux kuchli bo`lsa, masala ko`proq
mustaqil yechiladi, kuchsiz bo`lsa ko`proq doskada yechib ko`rsatilib, ozroq mustaqil ishlatiladi. Agar
darsda ishlashga mo`ljallangan hamma masalalar yechilib ulgurilmasa, qolgani uyga vazifa qilib
beriladi. Bir turdagi (andozadagi, bir tipdagi) masalani yechish orqali biJimlar yaxshi o`zlashtiriladi,
uy vazifalarini bajarishga, nazorat ishiga tayyorlanishga yordam beradi.
Odatdagi uslubda masala yechish (o`qitish)ning asosiy kamchiligi shundaki, olingan bilim tez
esdan chiqadi va boshqa tip masalalarga ko`chirib bo`lmaydi. Bu rivojlantiruvchi o`qitish bo`la
olmaydi. Mehnat qilish orqali olingan bilim mustaxkamroq boladi va ongli ravishda o`zlashtiriladi.
Vujudga keladigan qiyinchiliklar talabadan yangi yo`llarni izlashga majbur qiladi. Bular ko`proq
mehnat qilishni talab etadi. Bu esa muammoli o`qitish orqali amalga oshiriladi. Muammoli o`qitishning
kamchiligi shundaki, muammoni yechishga hamma talabalar qatnashmaydi. Muammo ba‟zilarga oson
tuyulsa, ba‟zilarga qiyin bo`ladi.
Masala turli uslublardan foydalanilib yechiladi. Albatta iloji boricha muammoli o`qitishdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masala yechishga oid amaliy mashg`ulotlarning rejasi unga
ajratilgan vaqtga asosan tuziladi. Masala yechish tola ma‟ruza kursining asosiy mavzulariga oid
rejalashtiriladi. Uni albatta ma‟ruzachi o`qituvchi bilan kelishgan xolda tuziladi. Bir yoki ikkita nazorat
yozma ishi ham rejalashtiriladi. Rejada qisqacha nazariy material, auditoriyada yechiladigan va vazifa
qilib beriladigan masalalar ko`rsatilishi lozim.
Tinglovchilar ishini nazorat qilib borish uchun shaxsiy jurnal tutish yaxshidir. Birinchi
mashg`ulotda mashg`ulotlar rejasi bilan talabalar tanishtiriladi va qaysi mavzulardan keyin nazorat
yozma ishi olish aytib o`tiladi. Har bir koldirilgan dars ishlab chiqilishi uktiriladi. O`qituvchi masala
yechish darsiga tayyorlanishda avval nazariy materialni ko`rib chiqadi. Doskada yechiladigan,
mustaqil ishlashga beriladigan va yechiladigan va vazifa qilib beriladigan masalalar ko`rsatilishi lozim.
Tinglovchilar ishini nazorat qilib borish uchun shaxsiy jurnal tutish yaxshidir. Birinchi
mashg`ulotda mashg`ulotlar rejasi bilan talabalar tanishtiriladi va qaysi mavzulardan keyin nazorat
yozma ishi olish aytib o`tiladi. Har bir koldirilgan dars ishlab chiqilishi uktiriladi. O`qituvchi masala
yechish darsiga tayyorlanishda avval nazariy materialni ko`rib chiqadi. Doskada yechiladigan,
mustaqil ishlashga beriladigan va ahamiyat beriladigan hamda fanlararo bog`lanishga oid masalalarni
belgilab oladi.
Masalalar ma‟ruzada ko`rib chiqilgan materiallarga asosan yechiladigan bo`lishi lozim.
tushuntiradi va ma‟ruza o`qiydigan‟o`qituvchiga talabalarning qiyinchiliklarini aytadi.
Umumlashtirishga 5-7 minut etarli bo`ladi. Keyin o`qituvchi o`zi yoki uning yordamida doskada talaba
bir tipdagi masalani yechib to`la tahlil qilib beradi. Shunga o`xshash masala mustaqil yechish uchun
beriladi. Qiynalayotgan talabaga yordam berib boriladi. Agar gurux kuchli bo`lsa, masala ko`proq
mustaqil yechiladi, kuchsiz bo`lsa ko`proq doskada yechib ko`rsatilib, ozroq mustaqil ishlatiladi. Agar
darsda ishlashga mo`ljallangan hamma masalalar yechilib ulgurilmasa, qolgani uyga vazifa qilib
beriladi. Bir turdagi (andozadagi, bir tipdagi) masalani yechish orqali biJimlar yaxshi o`zlashtiriladi,
uy vazifalarini bajarishga, nazorat ishiga tayyorlanishga yordam beradi. 9 Odatdagi uslubda masala
yechish (o`qitish)ning asosiy kamchiligi shundaki, olingan bilim tez esdan chiqadi va boshqa tip
masalalarga ko`chirib bo`lmaydi. Bu rivojlantiruvchi o`qitish bo`la olmaydi.
Mehnat qilish orqali olingan bilim mustaxkamroq boladi va ongli ravishda o`zlashtiriladi.
Vujudga keladigan qiyinchiliklar talabadan yangi yo`llarni izlashga majbur qiladi. Bular ko`proq
mehnat qilishni talab etadi. Bu esa muammoli o`qitish orqali amalga oshiriladi. Muammoli o`qitishning
kamchiligi shundaki, muammoni yechishga hamma talabalar qatnashmaydi. Muammo ba‟zilarga oson
tuyulsa, ba‟zilarga qiyin bo`ladi.
Masala turli uslublardan foydalanilib yechiladi. Albatta iloji boricha muammoli o`qitishdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masala yechishga oid amaliy mashg`ulotlarning rejasi unga
ajratilgan vaqtga asosan tuziladi.
Masala yechish tola ma‟ruza kursining asosiy mavzulariga oid rejalashtiriladi. Uni albatta
ma‟ruzachi o`qituvchi bilan kelishgan xolda tuziladi. Bir yoki ikkita nazorat yozma ishi ham
rejalashtiriladi. Rejada qisqacha nazariy material, auditoriyada yechiladigan va vazifa qilib beriladigan
masalalar ko`rsatilishi lozim.
Tinglovchilar ishini nazorat qilib borish uchun shaxsiy jurnal tutish yaxshidir. Birinchi
mashg`ulotda mashg`ulotlar rejasi bilan talabalar tanishtiriladi va qaysi mavzulardan keyin nazorat
yozma ishi olish aytib o`tiladi. Har bir qoldirilgan dars ishlab chiqilishi uqtiriladi. O`qituvchi masala
yechish darsiga tayyorlanishda avval nazariy materialni ko`rib chiqadi.
Doskada yechiladigan, mustaqil ishlashga beriladigan va ahamiyat beriladigan hamda fanlararo
bog`lanishga oid masalalarni belgilab oladi. Masalalar ma‟ruzada ko`rib chiqilgan materiallarga
asosan yechiladigan bo`lishi lozim.
Nazorat savollari:
1. Fizika masalalarini yechish qanday hollarda keng qo`llaniladi?
2.Masalani yechishni 10ta reja asosida yechib borilishini tushuntiring.
3.Masalani yechishda qaysi metoddan foydalanish ma’qulroq?
Dostları ilə paylaş: |